4- operatsiya.
Sotib olingan materiallar shartnoma bahosi bo‘yicha
(60000 so‘m) omborga kirim qilindi. Ularning kirimi 1010-«Xomashyo
va materiallar» aktiv schotining debetida aks ettiriladi. 1510-
«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti debetida avval aks
ettirilgan faktura qiymati (60000 so‘m) uning krediti bo‘yicha hisobdan
chiqariladi.
D-t 1010-«Xomashyo va materiallar» schoti
– 60000 so‘m.
K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash va
xarid qilish» schoti
–
60000 so‘m
Muomalalarni sintetik schotlarda aks ettirish bilan bir vaqtning
o‘zida «A» va «B» materiallarni hisobga oladigan analitik schotlarda
ham ularning ulgurji baholari bo‘yicha, ya’ni «A» material – 20000
so‘m va «B» material 40000 so‘m aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |