korxonaning nomi va manzili;
hisob-kitob schoti;
xodimlarning tabel raqamlari va b.
O‘zgaruvchan rekvizitlarga xo‘jalik muomalalarining vaqtinchalik
miqdor va sifat mazmunini begilaydigan rekvizitlar kiradi. Bularga
quyidagilarni kiritish mumkin:
xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lgan vaqti;
ishlab chiqarishga berilayotgan materiallar miqdori;
xodimlarga hisoblangan ish haqi summasi va b.
Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda axborotlarga
ishlov berish uchun dastlabki hujjatlarning rekvizitlari xos raqamlar
bilan belgilangan (kodlashtirilgan) bo‘lishi mumkin.
Dastlabki hujjatlar, agar ular mavjud standart (shakl) bo‘yicha
tuzilgan bo‘lsa, hisobga qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |