161
aktiv tartibga soluvchi schotlar; b) kontr-passiv tartibga soluvchi
schotlarga bo‘linadi.
Kontr-aktiv tartibga soluvchi schotlar balansning aktiv qismida
alohida moddalar sifatida o‘zi bilan bog‘liq
aktiv schotlardan keyingi
satrda ko‘rsatilib, aks ettirilgan xo‘jalik mablag‘larining summasini
tartibga soladi, ya’ni aktivlarning sof qiymatini aniqlash uchun xizmat
qiladi. Kontr-aktiv tartibga soluvchi schotga «Asosiy vositalarning
eskirishini hisobga oluvchi schotlar» misol bo‘lib, uning qoldig‘i
tartibga solinuvchi «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar» asosiy
aktiv
schotidan ayrilib, keyingi satrda balansning aktiv tomonida
ko‘rsatiladi, ya’ni uni tartibga solib turadi.
Boshqacha qilib aytganda, «Asosiy vositalarning eskirishini
hisobga oluvchi schotlar» asosiy vositalarning
eskirishi haqidagi
ma’lumotlarni olishda foydalaniladi. Bu schotning kreditida asosiy
vositalarning ishlatilish davridagi eskirishi hamda oldin boshqa
korxonalarda ishlatilib, tekinga olingan
asosiy vositalar eskirishi;
debetida esa ishdan chiqqan yoki o‘zimizda ishlatilib boshqa
korxonalarga tekinga berilayotgan asosiy vositalarning hisobdan
o‘chirilishi ko‘rsatiladi. «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga
oluvchi schotlar»ning qoldig‘i faqat kreditda bo‘ladi va xo‘jalikdagi
mavjud asosiy vositalarning eskirish summasini bildiradi.
Bu qoldiq
yordamida asosiy vositalarning qoldiq qiymati aniqlanadi, ya’ni asosiy
vositalarning balans summasi («Asosiy vositalarni hisobga oluvchi
schotlar»ning debet qoldig‘i)dan eskirish summasini («Asosiy
vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schotlar»ning kredit qoldig‘i)
ayrib tashlanadi.
Kontr-passiv tartibga soluvchi schotlar
balansning passiv qismida
alohida moddalar sifatida ko‘rsatilib, balansning passivida aks ettirilgan
ma’lum schotlarning qoldiqlarini tartibga soladi. Bunga «Ustav kapitali»
passiv schotini tartibga solib turadigan «Sotib olingan xususiy
aksiyalarni hisobga oluvchi schotlar» misol bo‘la oladi.
To‘ldiruvchi
tartibga
soluvchi
schotlar
ma’lum
xo‘jalik
muomalalarini alohida-alohida hisobga olib, asosiy schotlarda hisobga
olingan obyektlarni baholashda foydalaniladi.
Tartibga solinishi kerak
bo‘lgan schotlarning ma’lumotlari balansning qaysi qismida ko‘rsatilsa,
to‘ldiruvchi tartibga soluvchi schotlarning ma’lumotlari ham ana shu
qismida aks ettiriladi.
162
To‘ldiruvchi tartibga soluvchi schotlar aktiv va passiv to‘ldiruvchi
tartibga soluvchi schotlarga bo‘linadi. Masalan, «Materiallarni
tayyorlash va xarid qilish» schoti.
Aktiv to‘ldiruvchi tartibga soluvchi schotga Materiallarni hisobga
oluvchi schotlar asosiy aktiv schotlarni to‘ldiradigan «Materiallar
qiymatidagi farqlar» schoti misol bo‘la oladi. Unda shartnoma baholar
bo‘yicha hisobga olinadigan materiallarni baholashni to‘ldiradigan
summalar aks ettiriladi. Binobarin, sotib olingan materiallarning haqiqiy
tannarxini
aniqlash
uchun
asosiy
aktiv
schotlar
hisoblangan
«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar»da
hisobga olingan shartnoma
bahosiga «Materiallar qiymatidagi farqlar» degan aktiv to‘ldiruvchi-
tartibga soluvchi schotdagi qoldiqlar summasi qo‘shiladi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida to‘ldiruvchi tartibga soluvchi
schotlar vazifasini analitik schotlar ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: