Xo‘jalik jarayonlarini va moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini
hisobga oluvchi schotlar
mablag‘larning ta’minot, ishlab chiqarish va
realizatsiya jarayonlaridagi harakatini aks ettirish hamda yakuniy
moliyaviy natijalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu schotlarda
korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining turlari bo‘yicha hisobot davrining
boshidan to oxirigacha axborotlar to‘planib, hisobot davrining oxirida
ular taqqoslanadi va tezkor tahlil o‘tkazish hamda zarur boshqaruv
qarorlari qabul qilish maqsadida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |