Standart kost (Standard Costs) – hamma xarajatlarni qattiq meyorlashtirgan
va mahsulotning standart (me’yoriy) tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadigan
kalkulatsiya qilish tizimi. Xarajatlarning sarflanishi jarayonida chetga chiqishlarni
nazorat qilish, mas’uliyat va xarajat markazlari, xarajat moddalari bo‘yicha
hisobga olish, chetga chiqishning sabablarini aniqlash maqsadida chuqur tahlil
qilish hamda nazoratni o‘rnatish imkoniyatini yaratadigan tizim. Hozirda
amaliyotda qo‘llanilayotgan meyoriy hisobga olish va tannarxni kalkulatsiya qilish
usuliga o‘xshaydi.
377
Smeta – subektning ma’muriyati tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarish
yuzasidan tuzilgan moliyaviy reja.