Qaytarilmaydigan xarajatlar –
boshqaruv qarorlari orqali ta’sir qilish
mumkin bo‘lmagan xarajatlar.
Kiritiladigan xarajatlar –
kelgusida daromad olib keladigan sotib olingan va
mavjud bo‘lgan rusurslar.
Qoplashning ichki koeffitsent –
kapital quyilmaning sof keltirgan qiymati
nolga teng bo‘lgan holatidagi foiz darajasi (diskonti). Ushbu koeffitsent izlanish va
xatolar usulida aniqlanadi, uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko‘rinishida
keltirilishi mumkin.
Marjinal xarajatlar va daromadlar –
ishlab chiqarilgan birlik mahsulotga
tegishli qo‘shimcha xarajatlar va daromadlar.
Marjinal daromad – “
Direkt - kosting“ tizimida ishlab chiqarilgan mahsulot
va buyumning tannarxini hisoblash usulini qo‘llashda ushbu mahsulotni sotishdan
olingan daromadning summasidan o‘zgaruvchan xarajatlarni qo‘shgan holda
hisoblangan mahsulotning tannarxi chegirilgandan keyin qolgan summa.
Do'stlaringiz bilan baham: |