Direkt - kosting (Direct–Costing-System) – bevosita xarajatlarni ishlab
chiqargan mahsulot yoki buyumlar bo‘yicha umumlashtiradigan boshqaruv
hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to‘liq bo‘lmagan tannarxini kalkulatsiya
qilish usuli bo‘lib ushbu usulni qo‘llaganda mahsulotning tannarxiga faqat
o‘zgaruvchan xarajatlar qo‘shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar esa hisobot
davrining moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi.
Diskontlangan qiymat – joriy qiymat va diskontlash koeffitsentini qo‘llash
orqali aniqlangan pul mablag‘larining kelgusidagi tushumi miqdorini hisoblash.