Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti umumiy fizika kafedrasi



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/141
Sana04.02.2022
Hajmi0,98 Mb.
#429554
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
Fizika oqitish uslubiyati maruza ishlanmasi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
 
FIZIKA FAKULTETI 
 
UMUMIY FIZIKA KAFEDRASI 
 
 
”FIZIKANI O’QITISH USLUBIYATI”
FANIDAN MA’RUZA MASHG’ULOTI 
ISHLANMASI 
 
Bilim sohasi: 100 000 Gumanitar soha 
Ta’lim sohasi: 140 000 Tabiiy fanlar 
Ta’lim yo’nalishi: 5 140 200 Fizika
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
SAMARQAND
 


Fanning annotatsiyasi 
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, bozor iqtisodiga asoslangan 
jamiyat qurishga kirishildi. Ma’lumki, jamiyat bilan ta’lim tizimi o’rtasida o’zaro 
dialektik munosabat mavjud. Jamiyat ta’lim tizimining rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratib bersa, ta’lim tizimi o’z navbatida jamiyat taraqqiyotini amalga 
oshiradigan malakali kadrlarni yetkazib beradi. Ammo sovetlar davridan bizga 
meros bo’lib o’tgan ta’lim tizimi zamona talabiga javob bera olmas edi. Ta’lim tiz-
imidagi kamchiliklarni prezident I.Karimov 1997 yil 29 avgustdagi Oliy Maj-
lisning IX sessiyasida so’zlagan nutqida har tomonlama chuqur tahlil qilib berdi. 
Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish yuzasidan hukumatimiz tomonidan 
«Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi qonun qabul qi-
lindi. Ushbu davlat hujjatlarida ta’lim tizimining muhim qismi bo’lgan o’qitish 
uslubiyatiga ham keng e’tibor berilgan. Ta’lim jarayonini tubdan isloh qilish uchun 
yangi mazmundagi va zamona talabiga javob beradigan o’quv adabiyotlari, uslubiy 
qo’llanmalar yaratish va ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo 
etadi. Ta’lim tizimidagi kamchiliklar shu jumladan fizika fanini o’qitish uslu-
biyatini ham chetlab o’tmadi. Respublika DTM ning axborotida qayd etilishicha, 
keyingi yillarda abiturentlarning fizika fanidan to’plagan ballari fanlar orasida 
oxirgi o’rinlarni egallab kelmoqda. Respublika miqyosida maktab o’quvchilari 
o’rtasida o’tkaziladigan olimpiadalarda fizika fani bo’yicha 1 va 2 o’rinlar bo’sh 
qolmoqda. Bunday ahvol Respublikada fizika fanini o’qitish uslubiyatida jiddiy 
kamchiliklar mavjudligidan darak beradi. Bu muammoni hal etishning yagona 
yo’li fizikani o’qitishga ilmiy yondashuv-sistemali tahlil usuli hisoblanadi. 
Rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim tizimida sinovdan o’tib o’zining hayo-
tiyligini ko’rsatgan yangi pedagogik texnologiya (YaPT) bizning ta’lim tizimimiz-
da yaqinda kirib kela boshladi. Fizikani o’qitishda YaPT ni joriy etish
o’qituvchidan zamonaviy didaktik usullar (induksiya, deduksiya, sistema, model, 
analogiya)ni keng qo’llashni taqozo etadi. Ikkinchidan ta’lim jarayoni murakkab, 
takomillashib boruvchi, ochiq, boshqariladigan dinamik va nochiziqli sistema 
hisoblanadi. Bu sistemaning asosiy elementlari bo’lib o’qituvchi, o’quvchi, 
darsliklar, o’qitish uslubiyati va xokazolar hisoblanadi. Bu elementlarning har biri 
o’z navbatida murakkab sistema hisoblanadi. Ushbu elementlar o’rtasida funksion-
al bog’lanish mavjud. Funksional bog’lanishlarni tahlil qilib uning zaif tomonlarini 
aniqlash va uni bartaraf etish orqali fizikani o’qitishning samaradorligini oshirish-
ga erishish mumkin. 
Buning uchun fizika o’qituvchisidan fizika fanidan fundamental bilim va uni 
o’qitishning zamonaviy uslubiyatidan yetarli bilimga ega bo’lish talab etiladi. 
Hozirgi kunda fizika fanini o’qitish uslubiyatiga bag’ishlab yozilgan darsliklar za-
monaviy talablarga mutlaqo mos kelmay qoldi. Shuning uchun fizikani o’qitish 
uslubiyati fanidan zamonaviy talablarni e’tiborga olib darsliklar, uslubiy 
qo’llanmalar yaratish dolzarb muammo hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan mulo-
hazalarni e’tiborga olib, mualliflar tomonidan bir necha yillar davomida universi-
tetning fizika fakulteti talabalariga fizikani o’qitish uslubiyati fanidan o’qib kelin-
gan ma’ruzalarda to’plangan tajribalar asosida ushbu o’quv-uslubiy majmua 
tuzildi. Unda didaktikaning an’anaviy tomonlarini saqlab qolgan holda zamonaviy 
didaktika asosi YaPT ga keng e’tibor berildi. 



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish