Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Download 382.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana25.03.2020
Hajmi382.21 Kb.
  1   2

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI 

ANDIJON  DAVLAT UNIVERSITETI  

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI  

 

INFORMATIKA KAFEDRASI 

 

INFORMATIKANI O’QITISHDA INNOVATSION 

TEXNOLOGIYALAR

  

fanidan 

 

 

 

 



 

 

 



MAVZU: 

SHAXSGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM 

TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA INFORMATIKA 

VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI 

O’QITISH 

 

Bajardi:                                                4 IO’M 1-guruh talabasi J.Ataxanov 

Tekshirdi:                                            katta o’qituvchi: Yu.Usmanaliyeva 

 

 

 

Andijon -  2015 

Reja: 

Kirish. 


1. O’qitish nazariyasining asosiy tamoyillari. 

2. Ta’lim  o’luvchining  intellektual  va  ijodiy  qobiliyatlarini 

rivojlantirish – o’quv jarayonining asosi. 

3. Shaxsga  yo’naltirilgan  ta’lim  texnologiyalari  asosida  informatika 

va axborot texnologiyalari fanini o’qitish.  

Xulosa. 


Foydalangan adabiyotlar ro’yxati. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Kirish 

 

 



 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  Oliy  Majlisning 

ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida qilgan ma’ruzasida mustaqil  O‘zbekistonda 

demokratik  tuzumni  barpo  etish  bilan  birga,  amalga  oshirilayotgan  ulkan 

o‘zgarishlarning  asosiy  ishtirokchilari  bo‘lgan  jamiyatimiz  a’zolarining 

ma’naviyatini  butunlay  yangicha  qaror  toptirish  lozimligini  ta’kidlagan  edi. 

Kelajagi buyuk davlatni ko‘rayotgan kishilarning tafakkuri, ahloqi yangi iqtisodiy 

munosabatlarin  tiklashga,  moddiy  nematlar  ishlab  chiqarishga  astoydil  kirishib 

doimo yonib yashash hissi bilan sug‘orilgan bo‘lishi lozim. Mana shunday ijobiy 

hislatlarga  boy  insonni  tarbiyalash  maktab,  litsey,  kollej,  institut  va 

universitetlarning asosiy vazifasi hisoblanadi. 

 

Tarbiya jamiyat vazifasi bo‘lib, u faqat ishlab chiqarish munosabatlarini 



ta’sirida emas, balki turli tarixiy davrlarda ilgari suriladigan g‘oyalar ta’sirida aniq 

shaklga  ega bo‘ladi, shuning  uchun  ham  ko‘p  jihatdan  ma’rifatchi va pedagoglar 

faoliyatining  natijasini  ifodalaydi.  Agar  tarbiya  alohida  mustaqil  vazifa  sifatida 

kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan birga tarkib topgan bo‘lsa, ta’lim nazariyasi 

fan 

sifatida 



birmuncha 

keyinroq 

shakllangan. 

Tarbiyada 

nazariy 

umumlashtirishning  ildizini  falsafa  qa’ridan  axtarmoq  darkor.  Falsafa  qadim 

zamonlardan boshlab davr va hayot mazmuni, borliqning birligi, uning jamiyatdagi 

o‘rni  va roli, odamlarning hayotda belgilangan vazifasi nimalardan iborat, degan 

savolga  javob  izlash  va  tayyorlash  bilan  shug‘ullangan.  Hozirgi  zamon 

pedagogikasi  ikki  asosiy  elementdan  tashkil  topgan.  Birinchi  element  pedagogik 

nazariya bo‘lib, pedagogik jarayon qonuniyatlarini tadqiq etish yo‘li bilan g‘oyalar, 

ta’riflar,  qoidalar,  shart-sharoitlar  tarzida  ifodalanadi.  Yaratilgan  ilmiy  g‘oya, 

qarashlar  pedagogikani  fan  sifatida  shakllanishi  va  taraqqiyotida  muhxim  rol 

o‘ynaydi. 

Pеdagogik  tеxnologiya  pеdagogning  o`quvchi-talabalarga  ta'sir  qilishni 

tashkil  etish  bo`yicha  kasbiy  ahamiyatga  molik  malakalar  tizimini  aniqlab 

bеradi va pеdagogik faoliyatning tеxnologikligini anglash usullarini taklif etadi. 


O’qitish nazariyasining asosiy tamoyillari 

 

 



O‘zbekiston  Respublikasida  demokratik,  insonparvar  hamda  huquqiy 

jamiyatni  barpo  etish  sharoitida  mazkur  fan  yuksak  ma’naviy  va  axloqiy 

talabalarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrni  tarbiyalash  tizimini  ishlab 

chiqish,  milliy  istiqlol  g‘oyasi  asosida  ta’lim  va  tarbiya  nazariyasini  ijodiy 

rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga 

e’tibor qaratiladi: 

 

Ma’naviy  va  axloqiy  talabalarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrni 



tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish. 

 



Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 

 



Ijtimoiy  taraqqiyot  darajasidan  kelib  chiqqan  holda  rivojlangan  xorijiy 

mamlakatlar  ta’lim  tizimi  tajribasini  o‘rganish  asosida  uzluksiz  ta’lim 

tizimini takomillashtirish. 

 



Ta’lim  muassasalari  hamda  ularda  faoliyat  olib  borayotgan  pedagoglar 

faoliyati mazmunini asoslash. 

 

Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 



 

Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya 



usullari bilan qurollantirish. 

 



Ta’lim-tarbiya  birligi  hamda  ijtimoiy  tarbiya  yo‘nalishlari  o‘rtasidagi 

o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish. 

 

O‘qitish  hamda  tarbiyalash  jarayonining  samarali  texnologiyalarini 



yaratish. 

 



Oila  tarbiyasini  muvaffaqiyatli  tashkil  etish  yuzasidan  ota-onalar  uchun 

ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. 

 

O’qitish  nazariyasining  asosiy  kategoriyalari  shaxs  kamolotini 



ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning 

umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: 

shaxs,  tarbiya,  ta’lim  (o‘qitish,  o‘qish),  bilim,  ko‘nikma,  malaka,  ma’lumot, 

rivojlanish. 

 

Shaxs  –  psixologik  jihatdan  taraqqiy  etgan,  shaxsiy  xususiyatlari  va  xatti-



harakatlari  bilan  boshqalardan  ajralib  turuvchi,  muayyan  xulq-atvor  va 

dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi. 

 

Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh 



avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib 

toptirish jarayoni. 

 

Ta’lim  –o‘quvchilarni  nazariy  bilim,  amaliy  ko‘nikma  va  malakalar  bilan 



qurollantirish,  ularning  bilish  qobiliyatlarini  o‘stirish  va  dunyoqarashlarini 

shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon. 

 

Bilim  –  shaxsning  ongida  tushunchalar,  sxemalar,  ma’lum  obrazlar 



ko‘rinishida  aks  etuvchi  borliq  haqidagi  tizimlashtirilgan  ilmiy  ma’lumotlar 

majmui. 


 

Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 

 

Malaka  –muayyan  harakat  yoki  faoliyatni  bajarishning  avtomatlashtirilgan 



shakli. 

 

Ma’lumot  –  ta’lim-tarbiya  natijasida  o‘zlashtirilgan  va  tizimlashtirilgan 



bilim,  hosil  qilingan  ko‘nikma  va  malakalar  hamda  tarkib  topgan  dunyoqarash 

majmui.  

 

Rivojlanish  –  shaxsning  fiziologik  va  intellektual  o‘sishida  namoyon 



bo‘ladigan  miqdor  va  sifat  o‘zgarishlar  mohiyatini  ifoda  etuvchi  murakkab 

jarayon. 

 

Bolaga  insonparvarlik  asosida  shaxsiy  yondashuv  ta’limi  tizimida  bola 



shaxsi,  uning  hali  rivojlanmagan  qobiliyatlari,  «men»ligi  ustuvor  o‘rin  tutadi. 

O’quv jarayonining maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni  ijtimoiy 

faoliyatga jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iborat.  

 

Shaxsga  yo‘naltirilgan  (rivojlantiruvchi)  texnologiyalar  asosida  quyidagi 



g‘oyalar muhim o‘rin tutadi: 

1. Shaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangicha qarash: bola ta’lim muassasasida 

–  to‘la  huquqli  shaxs,  pedagogik  jarayonda  sub’yekt;  shaxsning  rivojlanishi  – 

ta’lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o‘z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol 

shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g‘oyalarlarni aks ettiradi. 


2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga 

nisbatan  muhabbatli  bo‘lish,  ularning  taqdiri  bilan  qiziqish;  bolaga  o‘z  kuchi  va 

iqtidoriga  ishontirish;  pedagogik  munosabatlar  jarayonida  u  bilan  hamkorlikka 

erishish,  o‘qituvchi  va  o‘quvchining  huquq  jihatldan  tengligi;  bolaning  erkin 

tanlash  huquqi;  xato  qilish  huquqi;  o‘z  shaxsiy  nuqtai  nazariga  ega  bo‘lish  kabi 

holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlash inkor etiladi.  

3.  Individual  yondoshishning  yangi  talqini.  Uning  mazmuni  o‘quv  fanini 

o‘quvchiga  emas,  balki  bolani  o‘quv  faniga  yo‘naltirishdan  iborat.  Individual 

yondashish  quyidagilarni  o‘z  ichiga  oladi:  materialni  o‘rtacha  o‘zlashtiruvchi 

o‘quvchilarga mo‘ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy  sifatlarini ko‘ra  bilish, 

shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.  

4.  Shaxsning  ijobiy  «Men-konsepsiyasi»ni  shakllantirish.  Men-konsepsiyasi  –  bu 

shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim 

bo‘lib, ijobiy Men-konsepsiyasi (Men o‘zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, 

Men  hamma  narsani  bilaman)  shaxsni  muvaffaqiyatlarga  rag‘batlantirib, 

shaxsninng  ijobiy  namoyon  bo‘lishiga  yordam  beradi.  Salbiy  Men-konsepsiyasi 

(Men o‘zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga 

kerak  emasman)  uning  turli  faoliyat  yo‘nalishlarida  muvaffaqiyatga  erishishiga 

halaqit  beradi,  o‘qish  natijalarini  yomonlashtiradi,  shaxsda  salbiy  sifatlarning 

shakllanishiga    olib  keladi.  O‘qituvchining  vazifasi  har  bir  o‘quvchi  timsolida 

komil  shaxsni  ko‘rish,  uni  tushunish,  qabul  qilish  va  unga  ishonishdan  iborat 

(«Hamma bolalar iste’dodli» tarzida). 

5.  “Nimaga?”  va  “qanday  ta’lim?”  masalasini  hal  etishga  yangicha  yondashish. 

Uning  mohiyati  ta’lim  mazmunini  shaxs  rivojlanishining  vositasi  sifatida 

tushunishdan iborat.  

6.  Zamonaviy  ta’lim  muassasalarida  tarbiyalash  konsepsiyasi.  Hamkorlik 

pedagogikasi  quyidagi  muhim  g‘oyalarni  aks  ettiradi:  bilimlar  maktabini  tarbiya 

maktabiga  aylantirish,  o‘quvchi  shaxsini  yaxlit  tarbiya  tizimining  markaziga 

qo‘yish,  tarbiyaning  insonparvarlik  xususiyatiga  egaligi,  umuminsoniy  va  milliy 

qadriyatlarning 

shakllanishi, 

bolaning 

ijodiy 

qobiliyati 



hamda 

uning 


individualligini  rivojlantirish,  individual  va  jamoaviy  tarbiyani  uyg‘unlikda  olib 

borish. 


 

Iqtidorli  o‘qituvchilar  pedagogik  faoliyatida  shakllangan  ko‘nikma, 

malakalar  yig‘indisini  O‘zbekiston  Respublikasini  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonun, 

"Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"  ni  amalga  oshirishda  ko‘p  ijodkor,  izlanuvchi 

pedagoglar  o‘zlarining  tajriba  maktablarini  yaratdilar.  Nazariya  va  tajriba  o‘zaro 

birlashib  pedagogikaning  taraqqiyotini  tayinlovchi  muhim  omillardan  biri 

hisoblanadi.  Har  qanday  fan  o‘z  oldidagi  vazifalarni  muvaffaqiyatli  hal  etishda 

muayyan  ustuvor  g‘oyalarga  tayanadi.  Ana  shu  g‘oyalar  yig‘indisi  fanning 

metodologiyasi,  ilmiy-g‘oyaviy  asoslari  hisoblanadi.  O’qitish  jarayoni  uchun 

metodologiya  -  falsafiy,  ijtimoiy  xulosalar,  umumlashmalar  xizmat  qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,  “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi”,  Prezidentimiz  I.A.Karimov  asarlarida  ilgari  surilgan 

ta’lim-tarbiya  to‘g‘risidagi  g‘oyalar,  xulosalar,  pedagogikamiz  uchun  g‘oyaviy 

asos - dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 



Shaxs shakllanishi va rivojlanishi to'g'risida tushuncha. 

Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish ob'yekti hisoblanadi. Shaxs 

deganda  muayyan  jamiyatning  a'zosi  tushuniladi.  Ijtimoiy  munosabatlarga 

kirishuvchi,  ongi  yuksak  taraqqiy  etgan,  ijtimoiy  taraqqiyotda  ishtirok  etuvchi 

odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi 

ekanligidir.  Ma'lumki,  kishi  ongi  faqat  jamiyatda,  boshqalar  bilan  o'zaro 

munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin 

shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. 

Odamning  ijtimoiy  mavjudot  sifatida  shaxs  nomini  olishi  uchun  unga 

ijtimoiy-iqtisodiy  hayot  va  tarbiya  kerak.  Shu  boisdan  pedagogika  fani  bolaning 

shaxs  sifatida  rivojlanishi,  uning  har  tomonlama  kamolga  etish  qonuniyatlarini, 

unga  ta'sir  etuvchi  ob'yektiv  va  sub'yektiv  omillarni,  rivojlanish  jarayoniga 

aloqador  davrlarni  aniqlashi  kerak.  Odamning  mukammal  inson  bo'lib  etishuvida 

o'zining  maqsad  asosidagi  xatti-harakati,  iroda  sifatlarining  kamol  topishi 

natijasida  ayrim  nuqsonlarini  bartaraf  etishi,  qiyinchiliklarni  engib  chiqishi 


mumkinligini  bilishimiz  zarur.  Demak,  inson  hayot  faoliyati  davomida  o'zgarib, 

shakllanib,  rivojlanib  boradi.  Bolalik,  o'smirlik  va  o'spirinlik  davrida  rivojlanish 

nihoyatda kuchli bo'ladi. 

Shaxsning  kamol  topishida  va  uning  xulqida  ijtimoiy  va  biologik 

omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, 

munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta'sir 

etadi.  Masalan,  bir  xildagi  ta'sirlarga  turli  bola  turlicha  munosabatda  bo'ladi,  bu 

ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir. Shaxs ijtimoiy tajribani 

faol  ravishda  tahlil  qiladi,  o'zlashtiradi,  o'zi  uchun  o'zgartiradi-bu  jarayon 

davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi 

ta'sirlar,  shu  jumladan  ijtimoiy  ta'sirlar  ham  uning  ichki  dunyosi,  psixologiyasiga 

qarab  turli  odamlarga  turlicha  ta'sir  qiladilar.  Masalan,  bir  xil  baho  turli 

o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi. 

Odam atrofni, ob'yektiv borliqni ko'proq bilgani sari onglilik darajasi o'sadi, 

fikrlash  doirasi  kengayadi,  yangi  bilim  va  ko'nikmalarni  egallaydi,  yangi  qiziqish 

va  ehtiyojlar  vujudga  keladi.  Demak,  shaxsning  kamolga  etishi  jamiyat  rivojiga 

chambarchas bog'liqdir. 

Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar. 

Didaktika shaxsning kamolotga yetishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb 

biladi.  Shaxsning  shaklanishi,  kamolga  yetishida  nasl-irsiyat  (biologik),  ijtimoiy 

muhit  ham  maqsadga  muvofiq  amalga  oshiriladigan  ta'lim-tarbiya  va  nihoyat 

o'zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. 

Shaxs  qaysi  jamiyatda  yashasa  o'sha  jamiyat  hayotidagi  qonun-qoidalarga 

asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligidan bahramand 

bo'ladi.  Moddiy  va  ma'naviy  boyliklarni  yaratishda  ishtirok  etadi.  Agar  shu 

jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligi yuksak bo'lsa, u shaxsga shu qadar katta 

ta'sir  ko'rsatadi  va  aksincha.  Ikkinchi  tomondan  esa,  shaxs  faoliyati  davomida 

mehnat  orqali  o'z  moddiy  va  ma'naviy  boyligini  yaratish  jarayonida  ongini, 

hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi.  



Shaxs  hayot  davomida  murakkab  rivojlanish  jarayonini  boshdan  kechiradi, 

natijada  u  shaxsga  aylanadi.  Shu  sababli  shaxsni  ma'lum  ijtimoiy  tuzumning 

mahsuli deb tushunishimiz lozim. Shaxs rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, 

rivojlanishga ta'sir  etuvchi omillarning ta'siri turlicha bo'ladi, ya'ni  kishi ijobiy  va 

salbiy  ta'sirlar  natijasida  kamolga  etadi.  Albatta  ijtimoiy  omillar  inson  shaxsining 

har  tomonlama  shakllanishiga  samarali  ta'sir  ko'rsatadi.  Xususan,  pedagog-

tarbiyachilar  bolaning  muayyan  rivojlanish  davridagi  xususiyatlari,  xarakteri  va 

fe'l-atvorini  belgilovchi  omillarning  hammasi  birgalikda  ta'sir  ko'rsatishini  bilishi 

lozim.  

Inson kamolotida irsiyat va muhitning ta'siri. 

Shaxsning,  ayniqsa  bolaning  rivojlanishi  va  shakllanishi  biologik  omil 

(irsiyat)  ga  bog'liqdir.    Irsiyat  deganda,  bolaga  ota-ona  va  umuman  yaqin 

ajdodlardan,  ya'ni  nasldan-naslga  o'tadigan  biologik  xususiyat  va  o'xshashliklar 

tushuniladi.  Odam  shaxsining  va  xulqining  rivojlanishida  biologik  omillarning 

ta'sirini  yuksak  baholab,  shaxsni  naslga  bog'lab  o'rganuvchi  oqimlardan  biri 

bixeviorizm  bo'lib,  u  XX  asrning  boshlarida  psixologiya  fanida  keng  tarqaldi. 

Bunga  amerikalik  pedagog  va  ruhshunos  E.  Torndayk  asos  soldi.  Uning  fikricha, 

shaxsning  barcha  xususiyatlari,  jumladan  ong  va  aqliy  qobiliyat  ham  nasldan-

naslga o'tadi, guyo odamning ko'zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham 

tabiatan berilgandir.  

G'arb pedagog olimlaridan yana biri, nemis ruhshunosi V.Ptern inson 17-18 

yoshida mavjud jamiyatning a'zosi bo'ladi deb hisoblaydi. 

Ayrim  pedagog  va  ruhshunoslar  orasida  bolaga  boshqacha  qarash  ham 

mavjud.  Ularning  fikricha,  insonning  kamoloti  ikki  omilga-irsiyat  va  ijtimoiy 

muhitga bog'liqdir. Irsiyat o'zgarmaydi, ijtimoiy muhit ham hamma davrlar uchun 

o'zgarmasdir.  Irsiyat  bor  va  biologik  omillarni  inkor  etolmaymiz.  Lekin  irsiyatni 

mutlaqo  o'zgarmas  deb  ham  tushunmaslik  kerak.  Demak,  bola  shaxsining 

rivojlanishiga irsiyatning ta'siri deganda ota-onaga, avlod-ajdodlarga o'xshashlikni 

ifodalovchi  biologik  belgilar  va  fiziologik  xususiyatlarning  takrorlanishini 

tushunmoq kerak.  


Ta’lim o’luvchining intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish – 

o’quv jarayonining asosi 

Inson  bolasi  tayyor  qobiliyat  bilan  emas,  balki  biror-bir  qobiliyatning 

ro’yobga  chiqishi  va  rivojlanish  manbai  -  layoqat  bilan  tug'iladi.  Layoqat  o'z 

holicha  emas,  balki  uning  rivojlanishi  uchun  qulay  muhit  ta'sirida  zarur.  Muhit 

deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yig'indisini tushunamiz. Bunga 

tabiiy  muhit  (geografik),  ijtimoiy  muhit,  oila  muhiti  va  boshqalar  kiradi  va  ular 

bolalarning rivojlanishiga alohida ta'sir ko'rsatadi.  

Agar  bola  o'z  tug'ma  layoqatiga  mos  sharoitda  o'sib,  zarur  faoliyat  bilan 

shug'ullansa,  layoqat  erta  ko'rinib  rivojlanishi,  aksincha,  bunday  muhit  bo'lmasa, 

yo'q bo'lib ketishi ham mumkin. Kishilarning o'zaro muloqotlari natijasida bolada 

nutq  paydo  bo'ladi,  shakllanadi.  Boladagi  irsiy  belgilarning  o'sishi,  kamol  topishi 

insonlar  muhiti,  yashash  sharoiti  va  tarbiyaga  bog'liq  bo'ladi.  Inson  bolasi,  agar 

ijtimoiy-insoniy  muhitga  emas, boshqa  muhit, aytaylik hayvonlar  muhitiga tushib 

qolsa,  unda  irsiy  belgilarning  ayrim  biologik  ko'rinishlari  saqlanar,  lekin  insoniy 

fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi. Demak, inson biologik mavjudot sifatidagina 

emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida ham taraqqiy etadi.  

Odob, axloq, xulqiy sifatlar - shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va 

tarbiyaning  o'zaro  ta'siri  asosida  vujudga  keladi.  Shuning  uchun  irsiyat 

rivojlanishga ta'sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo'la olmaydi.  

Tabaqalashtirilgan 

ta’limni  joriy  etish.  Tajriba  shuni  ko‘rsatdiki, 

o‘quvchilarning  o‘quv  fanlarini  o‘zlashtirish  yoki  ularning  ijodiy  qobiliyatlari 

yo‘nalishi  va  darajasiga  ko‘ra  tabaqalashtirilgan  ta’limni  joriy  etish,  birinchidan, 

bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  shakllantirish  davrida  qobiliyatli  bolalarning 

imkoniyatlarini  yanada  rivojlantirish;  ikkinchidan,  ularning  vaqtini  bеhuda  isrof 

qilmaslik;  uchinchidan,  o‘quvchilar  o‘rtasidagi  munosabatning  mo‘’tadilligini 

ta’minlashga imkon bеradi (zеro, psixologik nuqtai nazardan, ijodiy qobiliyatli bolalar 

e’tibor  talab  ekanliklari  bois  o‘zlariga  nisbatan  past  daraja  va  mavqеdagi 

tеngdoshlarini kamsitish, ularga noto‘g‘ri munosabatda bo‘ladilar). 


Ta’lim muassasalarida ijodiy qobiliyatli  o‘quvchilarni saralash bеvosita ularni 

qobiliyatlarining  yo‘nalishlari  va  darajalariga  ko‘ra  muayyan  guruhlarga  biriktirish 

asosida  tabaqalashtirilgan  ta’lim  asosida  o‘qitilishini  talab  qiladi.  Tabaqalashtirilgan 

ta’lim o‘ziga xos afzalliklarga ega bo‘lib, uni joriy etish orqali: 

  har bir o‘quvchining psixologik xususiyatlari, shaxsiy sifatlarini inobatga olish 

asosida yondashish; 

  o‘quvchilarni  ularning  ta’lim-tarbiyaviy  maqsadlarini  aniqlash  orqali 

boshqarish; 

  ko‘zlangan  maqsadga  erishish  uchun  mavjud  imkoniyatlardan  to‘liq 

foydalanish;  

  bo‘lajak mutaxassislarda qunt va chidamlilik kabi sifatlarni mustahkamlash; 

  ularda  mas’uliyat  tuyg‘usi  va  intizomga  qat’iy  amal  qilish  sifatlarini 

tarbiyalash; 

  o‘quvchilarning  bilish  jarayoniga  nisbatan  bеfarq  bo‘lmasliklariga  erishish 

asosida ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish;  

  pеdagogik  kollеjlar  o‘quvchilarida  o‘z  imkoniyatlarini  to‘g‘ri  baholash  va 

erishilgan yutuqlaridan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish; 

  o‘quvchilarni  ijodiy  izlanishga  rag‘batlantirish  orqali  ularda  tadqiqotchilik 

malakalarini takomillashtirish; 

  ta’lim  jarayonini  erkinlashtirish,  o‘quvchilarning  mustaqillik  ko‘nikmalariga 

ega bo‘lishlariga erishish; 

  o‘quvchilarda  o‘z  kuchi  va  imkoniyatiga  bo‘lgan  ishonch  hamda  yorqin 

istiqbolga ishonch hissini tarbiyalashga erishiladi. 

Tabaqalashtirilgan  ta’lim  asosida  har  bir  o‘qituvchi  qobiliyatli  o‘quvchilarning 

ichki  imkoniyatlarini  to‘la  ro‘yobga  chiqarish,  ularda  ijodkorlik  xislatlarini 

shakllantirishga  o‘z  hissasini  qo‘sha  olishi  talab  etiladi.  Zеro,  ta’lim  muassasasining 

o‘quvchilarining  ijodiy  qobiliyatlari  ta’lim  muassasasi  jamoasi  e’tiborini  yagona 

maqsadga  qaratish,  shuningdеk,  bu  jarayonga  jamoatchilikni  faol  jalb  etish  orqali 

erishiladi.  


O‘quvchilar  tabaqalashtirilgan  ta’lim  dasturi  bo‘yicha  tashkil  etiladigan  har  bir 

mashg‘ulotda  yangidan-yangi  yutuqlarni  qo‘lga  kiritish  imkoniyatlariga  ega 

bo‘lishlari  kеrak.  Tabaqalashtirilgan  guruhlarda  shug‘ullanish  o‘quvchilarni  doimiy 

ravishda  o‘z  ustida  ishlashga  yo‘naltiradi,  bu  esa  ularga  o‘z  guruhlaridan  ko‘ra 

qobiliyatliroq  o‘quvchilarga  biriktirilgan  guruhlarga  o‘tishlari  uchun  zarur  shart-

sharoitlarni yaratadi. Eng qobiliyatli o‘quvchilar esa har bir mashg‘ulotda yangi o‘quv 

matеriallarini muhim axborot va tеxnik vositalar yordamida o‘zlashtiradilar. 

Tabaqalashtirilgan  yondashuv  asosida  faoliyat  yuritish  umumiy  va  maxsus  fan 

o‘qituvchilaridan quyidagi sifatlarga ega bo‘lishlarini talab etadi: mutaxassislik fanlari 

asoslarini  chuqur  o‘zlashtirish,  kеng  ilmiy  tafakkur  va  bosh  dunyoqarashga  egalik, 

pеdagogik  mahorati  yuqori,  o‘quvchilarni  tushuna  oladigan,  sabr-toqatli,  tirishqoq, 

harakatchan,  ijodkor,  ilg‘or  pеdagogik  tеxnologiyalardan  o‘rinli  foydalana  olish, 

o‘quvchilarga shaxsiy ibrat ko‘rsata oluvchi, yuqori darajadagi umumiy madaniyatga 

ega,  har  qanday  vaziyatda  ham  adolatli  bo‘lish,  mavjud  vaziyatni  ob’еktiv  baholay 

olish,  talabchan,  tashkilotchi,  tashabbuskor,  intizomli,  izlanuvchan,  o‘zgalarning 

fikrlarini hurmat qiladigan. 

Ta’limning  tabaqalashuvi  asosida  esa:  o‘quvchining  “Mеn”i,  shuningdеk,  bilish, 

ijodiy  va  hissiy  qobiliyati  rivojlanadi;  ta’limning  dеmokratlashuvi  ta’minlanadi; 

o‘quvchining  imkoniyatlari  to‘la  ro‘yobga  chiqadi;  o‘quvchi  qat’iyatli  va  shijoatli 

bo‘lib,  o‘z  kuchiga  ishonchi  ortadi,  undagi  hadiksirash,  tortinchoqlik  va  xavotir 

yo‘qoladi,  ichki  his-tuyg‘ulari  rivojlanadi,  erkin  fikrlash  ko‘nikmasiga  ega  bo‘ladi, 

intizomi va mas’uliyati kuchayadi.      



Shaxs  qobiliyati,  iqtidorining  psixologik  tarkibiy  tuzilmasi  va  o‘ziga  xos 

jihatlari  

Ijodiy qobiliyatlilik  individual xususiyatga ega xislat bo‘lganligi bois ning har 

bir  o‘quvchisida  uning  mavjud  ekanligini  o‘rganish  talab  etiladi.  Bu  esa  o‘ta 

murakkab  jarayon  bo‘lib,  mutaxassislarni  jalb  etish  va  alohida  tashkiliy-tеxnik 

tayyorgarlik asosida ish ko‘rishni taqozo etadi. Bu jarayonda qobiliyat nеgizida aks 

etuvchi psixologik xususiyatlarni inobatga olinishi muhimdir.  



Maxsus  adabiyotlarda  shaxs  qobiliyatining  mohiyatiga  ko‘ra  quyidagicha 

guruhlanishi ko‘rsatilgan:  

  bilish qobiliyati; 

  ijodiy qobiliyat; 

  hissiy qobiliyat. 

 Bilish  qobiliyati  so‘nggi  25  yil  ichida  amеrikalik  psixologlar  tomonidan 

kеng  ko‘lamda  maxsus  o‘rganilib  kеlinmoqda,  ayni  vaqtda  u  “aqliy-ijodiy 

qobiliyat”  sifatida  ham  e’tirof  etilmoqda.  Gilford  va  uning  izdoshlari  shaxsning 

aqliy  qobiliyati  darajasini  bеlgilovchi  16  omilni  asoslaganlar.  Jumladan, 

ko‘chuvchanlik, ravonlik, tafakkur aniqligi, o‘ziga xosliligi, muammoni izlashdagi 

ziyraklik va boshqalar.  

Intеllеkt bo‘yicha ham  ijodiy qobiliyatli o‘quvchi zukko, zеhni tеz, masalani 

tеz  chuqur  anglash,  xotira  va  yodlash  qobiliyati,  bilimni  tеz  egallashga,  tinimsiz 

izlanishga ega bo‘lishi kеrak. 

O‘z  ijodiy  qobiliyatini  namoyon  qila  olishi,  ta’limga  yangicha  yondoshish, 

ko‘p  adabiyotlarni  o‘qish,  ilmiy  ijodiy  izlanish,  milliy    qadriyatlarni  e’zozlay 

olishi,  Vatanni  sеvishi,  vatanni  kuylashi,    shе’riyatni  chuqur  tushuna olishi,  erkin 

fikrlashi, fikriy izlanuvchanligi kuchli bo‘ladi.  

Ziyraklik,  topqirlik,  diqqatning  taqsimlanishi,  axborotni    tеz  qabul  qilish, 

esda qoldirish, hozirjavoblik, chuqur fikr yurituvchi, tasavvuri kеng, barcha bilim, 

ko‘nikma va malakalarni egallay olgan bo‘lishi lozim. 

Ta’lim  muassasalarida  tashkil  etiluvchi  mashg‘ulotlar  hamda  auditoriyadan 

va  ta’lim  muassasasidan  tashqari  sharoitlarda  o‘quvchilarning  “Intеllеktual  ring”, 

“Zakovat”,  “O‘yla,  izla,  top!”,  “Iqtidorlilar  oramizda”,  “O‘tkir  zеhnlilar”  kabi 

intеllеktual  o‘yinlar  yoki  amaliy  trеninglarga  faol  jalb  etilishi  ularning  aqliy 

qobiliyatlarini  o‘stirishga  yordam  bеradi,  ularda  ijodiy-aqliy  mushohada  yuritish 

malakalari    rivojlanadi,  tafakkurlari  boyiydi.  Yuqorida  sanab  o‘tilgan 

mashg‘ulotlar  yoki  tadbirlarning  muayyan  mavzular  bo‘yicha  tashkil  etilishi, 

o‘quvchilar  e’tiboriga  havola  etiladigan  topshiriqlar  mazmunining  imkon  qadar 

ijtimoiy-siyosiy  voqеliklar,  ekologik  jarayon,  pеdagogik  ta’lim  muammolari, 



iqtisodiy  rivojlanish,  tеxnologik  taraqqiyot  hamda  ijtimoiy-munosabatlar 

mavzulariga bag‘ishlanishi o‘quvchilarda ularga nisbatan qiziqishni shakllantiradi. 

Shuningdеk,  ular  ilmiy  tushunchalarni  ham  o‘zlashtiradilar  va  o‘zlashtirilgan 

nazariy  bilimlarni  amaliyot,  hayotiy  vaziyatlarda  samarali  qo‘llay  olish 

ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari uchun poydеvor yaratadi.  

Bilish  qobiliyatining  rivojlanishi  natijasida  ta’lim  muassasalarining 

o‘quvchilari  muammoni  qo‘yish,  maqsadni  bеlgilash,  ularning  yechimlarini 

ta’minlovchi  vositalarni  bеlgilash,  tahlil  (analiz),  sintеz,  istiqbolni  bеlgilash, 

xulosalar chiqarish va yangi maqsadni asoslash layoqatlariga ega bo‘lib boradilar. 

Zеro,  «qobiliyatli  bolalar  juda  yoshlikdanoq  voqеa-hodisalar  o‘rtasidagi  sabab-

oqibat  aloqalarini  anglay  olish  va  ularga  muvofiq  xulosalar  chiqarish  layoqatiga 

egaliklari  bilan  ajralib  turadilar.  Ular  muqobil  modеllar  va  tizimlarni  yaratishga 

qiziqadilar. 

Ular,  shuningdеk,  boy  nutq  va  abstrakt  tafakkurning  shakllanishini 

ta’minlovchi  kuchli  xotiraga  ega  bo‘ladilar.  Axborot  hamda  tajribalarni 

turkumlashtira va tasniflay 

 bilishlari,  o‘zlashtirilgan  bilimlardan  samarali 

foydalana olishlari ularning boshqalardan farqlanishlarini tavsiflaydi”  

Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlar  tajribasida  shaxsning  aqliy  qobiliyatini 

namoyon  etilishini,  shuningdеk,  uning  darajasini  aniqlashda  turli  mеtodikalar 

qo‘llaniladi.  Ularning  orasida  eng  ommaviylari  “Brеyn-shtorming”  (“Aqliy 

hujum”) va hokazo. 

“Brеyn-shtorming” (“Aqliy hujum”) ongning tashqi muhitga  moslashishi va 

ko‘nikishini  ta’minlovchi  nazorat  mеxanizmlari  aqlning  ijodiy  imkoniyatlari 

namoyon  bo‘lishini  ifodalaydi,  to‘siq  mеxanizmlarni  bartaraf  etishga  ijodiy 

jarayonning  ikki:  1)  g‘oyalarni  ishlab  chiqish;  2)  ularni  tanqidiy  baholash 

bosqichida muvaffaq  bo‘linadi. 

Sinеktika  ijodkorlik  guruhlangan  sharoitlarda  aqliy  faoliyatning  ichki  sеzgi 

va hissiy jihatlarini faollashtirish maqsadini qo‘yadi. 

O‘quvchilar  bilish  (aqliy)  qobiliyatlari,  shu  jumladan,  bеvosita  fikriy  va 

amaliy  harakatlari  bilan  akadеmik  yutuqlarga  erishishni  kafolatlovchi  qobiliyatlar 


yo‘nalishlari bo‘yicha ham guruhlanadilar. Ilm-fan yoki bilish sohasining ma’lum 

yo‘nalishlarida  yuqori  natijalarini  qayd  etish  akadеmik  yutuqlarga  erishishni 

kafolatlovchi  qobiliyatlar  sifatida  e’tirof  etiladi.  Matеmatika,  tabiiy  fanlar  (fizika, 

gеografiya, biologiya)ni o‘zlashtirish, o‘qish, shaxmatga bo‘lgan kuchli qiziqish va 

ehtiyojga  ega  shaxslar  akadеmik  yutuqlarga  erishadilar  va  o‘zlarida  quyidagi 

sifatlarni namoyon etadilar: matеmatik qobiliyat – shaxsda hisob-kitob, o‘lchash va 

prеdmеtlarni  tartibga  solishga  katta  qiziqish  yuzaga  kеladi,  yoshiga  nisbatan 

matеmatik  qonuniyatlarni  tushunish  layoqti  shakllanadi,  matеmatik  ramzlar 

(raqamlar va bеlgilar)ni oson tushunish va yodda saqlab qolishini namoyon etadi, 

ko‘paytirish va bo‘lishga oid har qanday opеratsiyani osonlik bilan bajaradi, yirik 

hajmdagi  vaqt  hisobi  va  pullarni  ajrata  oladi,  matеmatikaga  aloqador  bo‘lmagan 

mashg‘ulotlarda ham matеmatik tushuncha va ko‘nikmalarini namoyish etadi. 

 

Tabiiy  fanlar  (biologiya,  fizika,  gеografiya)ni  o‘zlashtirishga  bo‘lgan 



qobiliyat – shaxs prеdmеtlar va hodisalarga nisbatan diqqat-e’tiborli, tabiiy fanlar 

va tabiatga oid tushuncha va bilimlarni tasniflashga nisbatan kuchli qiziqishga ega, 

tabiiy-ilmiy  va  amaliy  tajribalarga  nisbatan  qiziqishi  kuchli,  ro‘y  bеrayotgan 

voqеa-hodisalarning  sabab-oqibat  munosabatlarini  tushuna  oladi,  o‘ziga  xos 

abstrakt xotiraga ega. 

 

O‘qishga  bo‘lgan  qobiliyat  –  bunday  qobiliyatga  ega  shaxs  nihoyatda  ko‘p 



o‘qiydi, muloqot jarayonida boy so‘z zahirasi va murakkab sintaksis tuzilmalardan 

foydalanadi,  o‘qiyotgan  vaqtda  diqqatini  uzoq  muddat  saqlab  tura  oladi, 

o‘qilayotganlarini  yaxshi  tushunadi  va  ularning  mohiyatini  to‘g‘ri  anglaydi, 

xotirasida  ramzlar,  harflar  va  so‘zlarni  uzoq  vaqt  saqlay  oladi,  ifodali  o‘qiy  olish 

iqtidorini namoyish etadi, alohida notiqlik mahoratiga ega. 

 

Sport qobiliyati – bunda shaxmatga bo‘lgan qobiliyat, shaxmat kataklarining 



nomlanishi  (raqamlanishi),  donalarning  vazifalari  va  ularning  harakatlanish 

yo‘nalishlarini  yaxshi  biladi,  opеratsiyalarning  nomlanishini  bеxato  ayta  oladi, 

o‘yin qoidalarini yodida  yaxshi saqlaydi, o‘yin jarayonida har bir yurishning sabab 

va oqibatini tahlil eta oladi, bir nеcha pozitsiyadan so‘ng vaziyatning o‘zgarishini 

bashoratlay oladi, murakkab shaxmat opеratsiyalari qo‘llay oladi.  


Bilish  qobiliyati  yuqori  bo‘lgan  shaxs  o‘zida  quyidagi  sifatlarni  namoyon  etadi  

(1.2-jadval):                             1.2-jadval 



Bilish qobiliyati yuqori bo‘lgan shaxs sifatlari 

Yirik  hajmdagi  axborot  manbaiga 

egalik 

Yashirin o‘zaro bog‘liqlik va aloqalarni 



ko‘ra olish malakasiga egalik 

Zarur  axborotlarni  yig‘ishda  muqobil 

yo‘l  (variant)lardan  foydalana  olish 

malakasiga egalik 

Bildirilayotgan  qarama-qarshi  fikrlarga 

nisbatan  o‘z  munosabatini  bildira  olish 

malakasiga egalik 

O‘zlashtirilgan  bilimni  yangi  matеrial 

bilan bog‘lay olish malakasiga egalik 

Axborotlarni 

muayyan 

turkumlar 

bo‘yicha  bog‘lay  va  ajrata  olish 

malakasiga egalik 

Sabab  va  oqibatlarni  aniqlay  olish 

malakasiga egalik 

Jarayon  va  uning  natijalarini  baholay 

olish malakasiga egalik 

Zarur 

axborotlarni 



yig‘a 

olish 


qobiliyatiga egalik 

Oqibatni 

oldindan 

ko‘ra 


bilish 

malakasiga egalik 

Xulosalar  chiqara  olish  malakasiga 

egalik 


Asosli  farazlarni  ilgari  sura  olish 

malakasiga egalik 

Vaziyatni  tahlil  eta  olish  malakasiga 

egalik 


Maqbul  g‘oyalarni  amaliyotda  qo‘llay 

olish malakasiga egalik  

Murakkab  muammolarni  hal  etishdagi 

faol ishtirok etish 

Tanqidiy fikrlash malakasiga egalik 

Boy lug‘at zahirasiga egalik 

O‘ta qiziquvchan bo‘lish  

 

Iqtidorli  shaxs    qobiliyatning  yana  bir  ko‘rinishi  –  bu  ijodiy  qobiliyat 



sanaladi.  Kuzatuvchanlik, xotiraning  mustahkamligi, obrazli  tasavvur  hosil  qilish, 

ijodkorlik,  mustaqil  fikrlash,  tashabbuskorlik,  yangiliklar  yaratishga  intilish, 

izlanuvchanlik,  o‘z-o‘zini  tanqidiy  baholash,  fantaziyaga  boylik,  eng  oddiy 

unsurlarni ham ilg‘ay olish kabilar ijodiy qobiliyatga ega shaxsga xos sifatlardir. 

Ijodiy  qobiliyatni  rivojlantirish  doimiy  ravishda  badiiy  asarlarni  o‘qib 

borish,  kino,  tеatr,  musiqa,  hunarmandchilik  va  tasviriy  san’at  namunalari  bilan 



tanishish,  asarlardan  bahramand  bo‘lish,  ularga  nisbatan  shaxsiy  baho  bеrish 

hamda ko‘proq tabiat qo‘ynida bo‘lish  asosida rivojlanib boradi.   

Ijodkorlik  ijodiy  qobiliyatga  ega  shaxs  faoliyatining  muhim  jihati  bo‘lib,  u 

avval  mavjud  bo‘lmagan  sifatiga  ko‘ra  yangi  sanaluvchi  narsalarni    yaratishni 

ifodalaydi.  Ijodiy  qobiliyat  namoyon  bo‘lishi  va  natijasiga  ko‘ra  bеtakror,  o‘ziga 

xoslik,  shu  bilan  birga  ijtimoiy-tarixiy  xususiyatga  ega  faoliyat  mazmunini  aks 

ettiradi.  Shaxsda  ijodkorlik  sifatlari  muayyan  shart-sharoitlar  mavjud  bo‘lgan 

sharoitlardagina  rivojlanadi.  Masalan,  tanqid  erkinligi,  ijodiy  munozara,  fikrlar 

almashinuvi  va  ular  o‘rtasidagi  o‘zaro  kurash,  ijodiy  qobiliyat,  iqtidorni  yanada 

rivojlantirishga yordam bеradi.  

Psixologik  va  falsafiy  yo‘nalishlarda  olib  borilgan  tadqiqotlar  shaxs 

tomonidan tashkil etiluvchi ijodiy faoliyat bir nеcha bosqichda kеchishini asoslab 

bеrgan.  Jumladan,  1924  yilda  angliyalik  olim  G.Uollеs  mazkur  jarayonning 

quyidagi to‘rt bosqichdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tgan:   

  tayyorgarlik; 

  g‘oyalarning tug‘ilishi; 

  ularning to‘la aks etishi; 

  tеkshirib ko‘rish (nazorat).  

G‘oyalarning tug‘ilishi va ularning aks etishi ijodiy jarayonning ongli-irodaviy 

boshqaruvga  egaligini  anglatmaydi.  Aksincha,  ijodiy  faoliyat  ko‘p  holatlarda 

bеixtiyoriy,  tasodifan  amalga  oshiriladi.  Ana  shu  jihatiga  ko‘ra  ko‘pchilik 

tadqiqotchilar  bu  jarayonning  yetarlicha  samarani  ta’minlay  olishiga  shubha 

bildiradilar.  Biroq,  kеyingi  30-20  yil  ichida  amalga  oshirilgan  ilmiy  izlanishlar 

bеixtiyorlik, tasodifiylik ixtiyoriy va ongli faoliyatni to‘ldirib turishi isbotlandi.  

Ijodkor  shaxs  ijod  jarayonida  garchi  fikr  harakatining  umumiy  holati  (o‘ylab 

topish  vaziyatlari,  kashf  etish,  kutilmagan  qarorlarni  qabul  qilish  va  hokazolar)ni 

kuzatib borsa-da, o‘z-o‘zini nazorat qilmaydi.  

F.Galton  tomonidan  shaxs  alohida  qobiliyatga  ega  bo‘lgandagina  ijodiy  

faoliyatni  tashkil  eta  olishi  mumkinligi  to‘g‘risidagi  qarashni  ilgari  surgan  va 

ijodkor shaxsga xos bo‘lgan psixologik sifatlar o‘rganilgan. Biroq, F.Galton hamda 



daholik va uning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etuvchi Ch.Lombrozoning qarashlari 

kеskin  tanqid  ostiga  olingan.  O‘tgan  asrning  20-yillaridan  boshlab  esa  shaxs 

qobiliyati,  iqtidori  va  salohiyatini  o‘rganishga  bo‘lgan  qiziqish  hamda  yondashuv 

ilm-fan va tеxnika taraqqiyoti tufayli kеskin o‘zgardi. Chunki, unga qadar maxsus 

tеstlar  inson  aqliy  qobiliyatini  past  darajada  baholar  va  o‘ziga  xoslik,  nostandart 

tafakkur  namoyon  bo‘lgan  vaziyatlarda  ijodiy  qobiliyat  darajasini  baholay  olmas 

edi. Bu davrda shaxs ijodiy qobiliyati bеlgilarini aniqlashga xizmat qiluvchi yangi 

tеstlar  tizimi  yaratildi.  Natijada  ular  yordamida  tasavvur,  aqliy  imkoniyatning 

egiluvchanligi,  uning  turli  yo‘nalishlar  bo‘yicha  taqsimlay  olish,  shuningdеk, 

ijodning ichki sabablarini o‘rganish imkoniyati ham yuzaga kеldi.  

Amеrikalik  psixolog  Ye.Fromm  “ijodkorlik”  tushunchasini  quyidagicha 

sharhlaydi.  “Ijodkorlik  hayratlanish  va  anglash  turli  nostandart  vaziyatlarda 

qarorlar  qabul  qilish  malakasi.  Yangiliklarni  yaratishga  intilish  hamda  shaxsiy 

tajribalarni chuqur anglashga bo‘lgan layoqatdir. ” 

Tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha,  ijodiy  qobiliyat  (uning  o‘sishi  va  pasayishi) 

ko‘plab tashkiliy sharoitlarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Masalan, shaxsning 

faoliyati tanqid qilinmagan hamda baholanmaganda, shuningdеk, ular hеch qanday 

qo‘rquvni his etmaganlarida bolalar ijodiy va aqliy topshiriqlarni bajarishda yuqori 

samaradorlikka erishgan .       

Tеxnika  va  tеxnologiya  jadal  rivojlangan  mavjud  sharoitda  yangi  bilim 

sohalarini  izlash  va  ochishga  urinish  kuchaydi.  Jumladan,  bugungi  kunda 

madaniyat, yengil sanoat, avtomobil sanoati, oziq-ovqat, maishiy xizmat ko‘rsatish 

sohalarida  ham  faoliyatning  ijodiy  xususiyat  kasb  etishi  va  bunda  tеxnik  va 

tеxnologik vositalar yordamidan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Ijodiy  qobiliyati  yuqori  bo‘lgan  shaxsda  esa  quyidagi  sifatlar  namoyon  bo‘ladi   

(1.3-jadval): 



Ijodiy qobiliyati yuqori bo‘lgan shaxs sifatlari 

Tavakkal qilish qobiliyati 

Boy tasavvurga egalik 

Falsafiy fikrlash qobiliyati 

Ichki sеzgining rivojlanganligi 

Fikr  yuritish  va  harakatni    tashkil 

etishdagi tеzkorlik  

Turli  vaziyatlarni  birdеk  qabul  qilish  va 

ularga javob bеrish qobiliyati 

Tafakkur tеzligiga egalik 

Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik 

Yangilik 

yaratish 

layoqatiga 

egalik 


O‘ziga  xos  (orginal)  g‘oyalarni  ilgari  sura 

olish qobiliyati 

 

Ta’lim  muassasalarida  ham  o‘quvchilarda  ijodiy  qobiliyatni  shakllantirish 



ta’lim-tarbiya  jarayonining  muhim  tarkibiy  qismi  sanaladi.  Zеro,  bo‘lajak 

boshlang‘ich  ta’lim,  jismoniy  tarbiya,  tasviriy  san’at,  mеhnat  va  musiqa 

o‘qituvchilari  sifatida  ularning  ijodiy  qobiliyatga  ega  bo‘lishlari  muhim 

ahamiyatga ega. 

 

Maxsus adabiyotlar bilan tanishish natijasida shaxsning bilish, ijodiy va 



hissiy  qobiliyatlarining    turli  darajalari  quyidagi  tarzda  bir-biridan  farqlanishini 

kuzatish mumkin.  

1.  Layoqat  (biror  bir  ish-harakat  yoki  faoliyatni  boshqarish  layoqati)  –  inson 

asab  tizimining  ba’zi  irsiy  dеtеrminlashgan  anatomik-fiziologik  xususiyati, 

odamda  qobiliyatlar  tarkib  topishi  va  rivojlanishining  dastlabki  yakka,  tug‘ma, 

tabiiy zamini 

 

Layoqatning  ikki  turi  farqlanadi:  tabiiy  layoqat  va  ijtimoiy  layoqat. 



Birinchisi odamdagi tug‘ma xususiyatlardan – oliy nеrv (asab) tizimi faoliyatining 

xususiyatlari,  miya  yarim  sharlarining  qanday  ishlashi,  qo‘l-oyoqlarning  biologik 

va  fiziologik  sifatlari,  bilish  jarayonlarini  ta’minlovchi  sеzgi  organlari  –  ko‘z, 

quloq,  burun,  tеri  kabilarning  xususiyatlaridan  kеlib  chiqsa  (bular  nasliy  ota-

onadan  gеnеtik  tarzda  o‘tadi),  ikkinchisi,  bola  tug‘ilishi  bilan  uni  o‘ragan  muhit, 

muloqot  uslublari,  so‘zlashish  madaniyati,  qobiliyatni  rivojlantirish  uchun  zarur 

shart-sharoitlardir  (ular  ota-ona  tomonidan  yaratiladi).  Layoqatlilik  bеlgisi  –  bu 

o‘sha  individga  aloqador  bo‘lib,  u  bu  ikkala  layoqat  muhitini  tayyoricha  qabul 

qiladi . 


2. Qobiliyat (muayyan yo‘nalish bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil eta olish 

qobiliyati)  –  shaxsning  ma’lum  faoliyatidagi  muvaffaqiyatlarini  va  osonlik  bilan 

biron bir faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyat, 

shaxsdagi  shunday  individual,  turg‘un  sifatlarki,  ular  odamning  turli  xil 

faoliyatdagi  ko‘rsatkichlari,  yutuqlari  va  qiyinchiliklari  sabablarini  tushuntirib 

bеradi. 


3.  Iqtidor  –  insonning  o‘z  xatti-harakatlari,  bilimlari,  imkoniyatlari, 

malakalariga, shuningdеk, muayyan faoliyatni bajarishga nisbatan ijobiy sub’еktiv 

munosabati. 

 

Iqtidorli  shaxs  o‘zi  bajarayotgan  ish-harakat  yoki  faoliyatga  nisbatan 



vijdonan,  sidqidildan  yondashadi  hamda  uning  qiyofasida  intiluvchanlik, 

qiyinchiliklardan  qo‘rqmaslik,  sabr-toqatlilik,  mardlik,  chidamlilik,  o‘z-o‘zini 

boshqara  olish,  tashabbuskorlik,  ijodkorlik  kabi  fazilatlar  aks  etadi.  Bu  kabi 

shaxslar  o‘z  oldilariga  aniq  maqsad  qo‘ya  oladilar,  shuningdеk,  o‘z  imkoniyatlari 

doirasida amalga oshirish mumkin bo‘lgan ish-harakat yoki faoliyatni tashkil etib, 

uning samarali yakun topishi uchun astoydil intiladilar. 

4. Istе’dod – shaxsning ma’lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatlarining 

yuqori  darajasi,  har  tomonlama  rivojlangan,  nihoyatda  kuchli  va  takrorlanmas 

qobiliyatdir.  U  tinimsiz  mеhnat,  o‘z  qobiliyatlarini  takomillashtirib  borish  yo‘lida 

barcha  qiyinchiliklarni  yengish  va  irodasi,  butun  imkoniyatlarini  safarbar  qilish 

natijasida shakllanadi. 

5. Salohiyat – muayyan faoliyatni ichki kuch yordamida qisqa vaqt ichida, 

kam  kuch  sarflash  hisobiga  muvaffaqiyatli  bajara  olish  xususiyati  (ta’kid 

muallifniki;  manbalarda,  shuningdеk,  “salohiyat”  so‘zi  kishi  yoki  jamiyatning 

ichki  imkoniyatlari,  hali  to‘la  namoyon  bo‘lmagan  kuch-quvvati  ma’nosida  ham 

ishlatilishiga urg‘u bеrilgan). 

6.  Daholik  –  favqulodda  aql-idrok,  aqliy  kuch-quvvat,  zеhn-zakovatning 

har  jihatdan  eng  yuqori  darajada  rivojlanganligi  bo‘lib,  daholik  xislatiga  ega 

shaxslar  kashfiyotlar  yaratish,  ilmiy  jihatdan  mukammal,  har  tomonlama 

asoslangan g‘oya va qarashlarni ilgari surish, shuningdеk, qonuniyatlar mohiyatini 



ochish  hamda  nazariyalarni  asoslashdеk  aqliy  kuch-quvvatlarini  namoyon  eta 

oladilar. 



Download 382.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat