Janubi-G’arbiy iqtisodiy rayon
tarkibiga Baden-Vyurtemberg, Reynland-
Pfalьts, Gessen va Saar yerlari kiradi. Tabiiy sharoiti sanoat va qishloq xo’jaligini
rivojlantirish uchun juda qulay. XX asr 50-yillaridan boshlab sanoatning yangi va
o’ta yangi tarmoqlari – mashinasozlik (avtomobilsozlik), elektrotexnika va
elektronika, kimyo va neftni qayta ishlash, an’anaviy tarmoqlar – toshko’mir qazib
chiqarish , qora metallurgiya, aniq mexanika va optika, yengil va oziq-ovqat
sanoati rivojlangan. Frankfurt, SHtutgart, Mangeym, Karlsrue shaharlari yirik
sanoat markazlaridir.
Qishloq xo’jaligida uzumchilik, bog’dorchilik, sabzavotchilik, tamakichilik
rivojlangan bo’lib, mamlakatning boshqa sanoat rayonlarini ushbu mahsulotlar
bilan ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |