16-MAVZU
ZICHLIK VA UNING BIRLIKLARI. BERUNIY
VA HOZINNING ZICHLIKNI ANIQLASH USULLARI
Menzurkaga ma’lum miqdorda iliq suv quyaylik. Hajmini belgi-
lab, unga choy qoshiqda shakar solib eritaylik. Bunda suvning hajmi
o‘zgarmaganligini ko‘ramiz. Shakar qayoqqa ketdi? Shakarni tashkil
etgan zarralar suv zarra
lari oralig‘iga tarqalib ketdi. Demak, moddani
tashkil etgan zarralar bir-biridan ma’lum masofada joylashar ekan.
Ayrim moddalarda zarralar yaqin joylashsa, ayrimlarida esa uzoqroqda
bo‘ladi. Bundan tashqari turli moddalar zarralarining massasi turlicha
bo‘ladi. Moddaning bu xususiyati zichlik deb ataluvchi fizik kattalik
orqali ifoda lanadi.
Zichlik
Do'stlaringiz bilan baham: |