Kegl cc pechat indd



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/205
Sana04.02.2022
Hajmi1,89 Mb.
#428686
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   205
Bog'liq
fizika 6 uzb

termometr
 
deyiladi. 
Uning ixtirochisi Galiley hisoblanadi. Sizning salomatligingizni shifokor 
tekshirganda tempe 
raturangizni o‘lchagan termometrni ko‘rgansiz. 
Albatta, hozirgi termometr Galiley ixtiro qilgan termo 
metr (termoskop)
dan farq qiladi. Termometrlarda moddalarning issiqlikdan kengayishi 
xossasidan foydalaniladi. Galiley termometrida havoning kengayishi-
dan foydalanilgan edi (80-rasm). Keyinchalik fransiyalik olim 
Rey
1631-yil da suvli termometrni yasaydi. Hozirgi kunda ishlatiladigan 
termometrlarda asosan simob va spirt ishlatiladi. Ulardan biri rasmda 
keltirilgan (81-rasm). Isitilganda naychadagi modda kengayib, yuqoriga 
ko‘tariladi, soviganda torayib, pastga tushadi. Bu termometrlarning 
ko‘rsatishi graduslarda ifodalanadi. Shved olimi 
A. Selsiy
(1701–1744) 
tempera turani o‘lchashda hisob boshi bo‘lgan 0 (nol) uchun eriyotgan 
muz temperaturasini oladi (82-
a
rasm). Normal atmosfera bosimida 
qay nayotgan toza suv temperaturasini 100 gradus deb qabul qilinadi 
(82-
b
rasm). Ular oralig‘ini 100 bo‘lakka bo‘lib, bir bo‘lagini 1
°
C deb 
qabul qilinadi. Xonadagi yoki idishdagi suyuqlik temperaturasini 
o‘lchash uchun termometrni o‘lchana 
yotgan muhitda biror muddat 
ushlab turish kerak. Shun da termometrdagi suyuqlik temperaturasi 


113
muhit temperaturasiga tengla 
shadi. Idishdagi suvning temperaturasini 
termometrni suvdan chiqarmasdan ko‘rish kerak. Aks holda, termometr 
suvdan olinishi bilanoq uning ko‘rsatishi o‘zgarib ketadi.
80-rasm. 
81-rasm. 
82-rasm.
Bemorning temperaturasini o‘lchaydigan tibbiyot termo 
metri bunday 
kamchilikdan xoli. Shifokor termometrni bemordan olib, bema-
lol ko‘rishi mumkin. Chunki undagi simob ustuni pastga tushib ket-
maydi. Bunga erishish uchun termometr naychasining quyi qismi 
ingichka qilib yasaladi. Bunda isigan simob ustuni bemalol ko‘tarilsa-
da, soviganda ingichkalashgan joyda simob ustunchasi uzilib qoladi. 
Termometr ko‘rsatishi aniqlab olingandan so‘ng, uni silkitiladi. 
Shunda yuqori qismida qolgan simob bo‘lagi pastga tushib qo‘shiladi. 
Tibbiyot termometrining o‘lchash chegarasi 35
°
C dan 42
°
C gacha 
bo‘ladi. Sog‘lom odamning temperaturasi ~36,6
°
C bo‘ladi. Tana 
temperaturasining bun 
dan chetlashishi kasallikdan darak beradi. Uy 
hayvonlari – qo‘y, sigir, ot, quyon larning temperaturasi 38–40
°
C, 
qushlarniki 41–42
°
C atrofida bo‘ladi.
Modda temperaturasining quyi yoki yuqori chegarasi bormi? Yerda 
tabiiy sharoitda Antarktikada minus 88
°
C temperatura qayd etilgan 
(1960-y. ilmiy stansiyada). Hisob-kitoblarga qaraganda temperaturaning 
quyi chegarasi minus 273,15
°
C ga teng. Uy sharoitida biz qanday 
temperaturalar bilan ish ko‘ramiz? Suv 100
°
C da qaynaydi. Uni 
qaynatish uchun ishlatilgan tabiiy gaz alangasida temperatura 1500–
1800
°
C ga boradi. Cho‘g‘lanma elektr lampochkasidagi temperatura 
2500
°
C atrofida bo‘ladi. Avtomobil dvigatelida yoqilgan yonilg‘i hosil 
qilgan temperatura ~1700
°
C bo‘lsa, elektr payvandlashda 7000
°
C gacha 
boradi. Yuqori chegara qayd qilingan emas.


114
1. Agar havoning temperaturasi odam tanasining temperaturasidan 
yuqori bo‘lsa, tibbiyot termometri vositasida bemor temperatu-
rasini qanday o‘l chash mumkin?
2. Termometr naychasining diametri kichraytirilsa, termometr ko‘r-
sa tishining aniqlik darajasi qanday o‘zgaradi?
3. Tibbiyot termometrini qanday suvda yuvish kerak? Sovuq suvda-
mi yoki issiq suvdami?

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish