Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
40
Quyidagi o‘n sakkiz holatdan birining mavjudligi jamoat namoziga borolmaslikka uzr bo‘ladi:
1.
Yomg‘iryog‘ishi.
2.
Shiddatli sovuq,
3.
Dushman (yirtqich hayvon)ga o‘xshash narsadan qo‘rqish.
4.
Qorong‘ulik.
5.
Qamoqxonada bo‘lish.
6.
Ko‘rlik.
7.
Falaj bo‘lish.
8.
Bir qo‘l yoki bir oyoqning kesilgan bo‘lishi.
9.
Kasallik.
10.Yurishga ojizlik.
11.Botqoqlik.
12.Muttasil dard.
13.Qarilik.
14.
Jamoatga
chiqilsa, fiqh ilmidan bahs olib borayotgan
guruhning namozga qayta jam
bo‘lmaydigan hodda tarqab ketishidan saqlanish.
15.Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida.
16.Safarga jo‘nab ketish oni.
17.Biror bemorga qarab turish majburiyati.
18.Tunda esayotgan qattiq shamol.
Jamoatni
tark etishni muboh qilgan, uzr tufayli undan qolgan kishi yolg‘iz namoz o‘qisa
jamoatda
o‘qiganchalik savob oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: