G’uslning sunnatlari G’uslning o‘n ikkita sunnati bor.
1. G’uslni "Bismilloh" bilan boshlamoq.
2. Niyat qilmoq.
3. Qo‘llarni oshig‘i bilan yuvmoq.
4. Badanga najosat tekkan bo‘lsa, avval uni tozalamoq.
5. Avratlarini yuvmoq.
6. G’usldan avval tahorat qilmoq (xuddi namozga tahorat qilgandek, a’zolarini uch martadan yuvadi va
boshga mash tortadi, faqat oyoqlari ostiga suv to‘planadigan bo‘lsa, oyoq yuvishni g‘usl oxiriga
qoldiradi).
7. Har bir a’zoga uch martadan suv quymoq, oqava suv yoki uning hukmidagi suvda sho‘ng‘ib
cho‘milsa, (tahorat va g‘usl qilishga ketgan muddat miqdoricha suvda qolsa) sunnat bajarilgan bo‘ladi.
8. Suv quyishni boshdan boshlamoq.
9. So‘ngra o‘ng yelkadan quymoq.
10. So‘ngra chap yelkadan quymoq.
Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
11. Birinchi quyishda badanni ishqalamoq.
12. Barcha a’zolarni beto‘xtov, ketma-ket yuvmoq.