Musofir namozining hukmi
Musofirning namozni qasr qilib o‘qishi bizning hanafiy mazhabda azimatdir.
Izoh: "Azimat " lug‘atda bir narsaga qat’iy qaror qi moq va uni bajarishga bor kuchi bilan intilmoq
deganidir Fiqh istshyuhida esa, shar’iy amr va nahiylarni, hech qanda uzrli sabablarga e’tibor
qshshasdan, asl shaklida ado qilmoq: dir. Buning ziddi bo‘lgan ruxsat esa, uzrli sabablar tufayl
shar’iy amr va nahiylarni qulaylashtiruvchi, ruxsat berilgan yo‘lni tanlashdir. Masalan, tahoratda har
safar oyoqni yuvish azimat, mahsi kiyganida mash tortish ruxsatdir.
To‘rt rakatli farz namozlarini to‘liq o‘qigan yo‘lo" chi, agar ilk qa’dada o‘tirgan bo‘lsa, namozi
sahihdir. Fa; qat (vojib bo‘lgan salomni kechiktirgani uchun) makruhdir (bu holatda so‘nggi ikki rakat
nafl o‘rniga o‘tadi); Birinchi qa’dada o‘tirmagan bo‘lsa, farzni tark etgan uchun namozi sahih
bo‘lmaydi. Faqat uchinchi rakatga turayotganida muqimlikka niyat qilsa, namozi sahih bo‘ladi.
Lekin vojib bo‘lgan birinchi tashahhudni tark etgani uchun sahv sajdasi qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |