Tovar siyosati - tadbirkorlik maksadlarini belgilash va ularga erishishga
yunaltirilgan tadbir va strategiyalar majmui, yangi tovar yoki tovarlar guruxini bozorga
olib kirish (innovatsiya), bozorda mavjud bo’lgan tovarlarni zamonaviylashtirish
(variatsiya) yoki ishlab chikarish dasturidan tovar ishlab chikarishni chikarib tashlash
(eliminatsiya), shuningdek, assortiment siyosatidan iborat.
Tovar strategiyalari - 1) tovar siyosatining korxonaga tovar xayotiylik
davrining istalgan boskichida foyda olish va savdo xajmining barkaror bulishini
ta’minlashi mumkin bo’lgan asosiy printsipial yunalishlari. Tovar strategiyasining
asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovatsiyasi, variatsiyasi, eliminatsiyasi; 2) tovar
nomenklaturasini optimallashtirish yunalishlarini ishlab chikish xamda firmaning
samarali faoliyat kursatishi va rakobatbardoshligini ta’minlash uchun sharoitlar
yaratuvchi tovarlar assortimentini aniklash.