6
. Kurak tishlarining orqa tomonida emali bo‘lmaydigan sutemizuvchi hayvonlarni
aniqlang.
A) jayra, yumronqoziq
B) bo‘rsiq, yumronqoziq
C) suvsar, ondatra
D) qunduz, nutriya
To‘g‘ri javob – A.
Kemiruvchilar turkumining yirtqich (qoziq) tishlari bo‘lmaydi, kurak tishlarining orqa
tomonida emali yo‘q. Jayra, yumronqoziq kemiruvchilar turkumining vakillari hisoblanadi.
Bo‘rsiq, suvsar, qunduz yirtqich sut emizuvchilar turkumi, suvsarsimonlar oilasiga mansub bo‘lib,
ularning qoziq tishlari yaxshi rivojlangan, barcha tishlari emalli qobiqqa ega.
Manba:
Biologiya (zoologiya). O‘.Mavlonov. 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik.
Toshkent-“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”- Davlat ilmiy nashriyoti – 2017-yil.
7
. Quyidagi organizmlarga mos ta’riflar to‘g‘ri berilgan javobni belgilang.
a) parmeliya; b) batsidiya.
A) a - prokariot organizm; b - bargsimon lishaynik
B) a - avtotrof organizm; b - prokariot organizm
C) a - bargsimon lishaynik; b - eukariot organizm
D) a - eukariot organizm; b - parazit prokariot
Do'stlaringiz bilan baham: |