Navoiy davlat konchilik instituti "elektr energetikasi" kafedrasi



Download 8,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/141
Sana03.02.2022
Hajmi8,18 Mb.
#427830
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   141
Bog'liq
Yo-nalishga-kirish-(Elektr-energetikasi)

Nazorat savollari 
 
1. AES ning ishlash prinsipi tushuntirib bering 
2. IES va AES ning farqi nimadan iborat? 
3. AES ning istiqboli va ishonchliligi haqida nimalarni bilasiz? 


9 – MA`RUZA. Gidro elektr stansiyalari (GES). Suv yig„ish elektr 
stansiyalari (SyES, GAES). MGD-generator. 
Reja: 
1.Gidro elektr stansiyasining ishlash prinsipi. 
2.Gidro elektr stansiyalarda to‗g‗on qurish va tayziq hosil qilish jarayoni.
3.Turbinalarning gidro elektr stansiyasidagi o‗rni.
4.O‗zbekistonda mavjud gidro elektr stansiyalar. Suv yig‗ish elektr stansiyalari 
(SyES, GAES).
5.Suv to‗lqini elektr stansiyalari (STES). MiniGESlar va ularning ishlash 
jarayonlari. MGD-generator va uning ishlash prinsipi. 
GES suv energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi. Uning ish asoslarini 
o‗rganuvchi fan 
gidravlika
deb nomlanadi, u o‗z ichiga gidrostatika (suyuqliklarni 
muvozanat holatlari) va gidrodinamikani (suyuqliklarni harakatlarini) oladi, kesilish 
suv oqimining quvvati - ma‘lum tabaqa orqali oqayotgan, suv sarifi 
Q
qurilgan 
to‗g‗on suv havzasining yuqori oqim balandligi va past oqim balandliklari orqali 
ifodalanadi. YUqori va past havzalar darajalarning farqi tayziq deb ataladi. Oqimning 
tabaqadagi quvvvatini (kVt) sarf (m
3
/s) va tayziq (m) orqali hisoblashimiz mumkin. 
QH
.
P


81
9
GES dvigatellar, gidrotexnik qurilmalar, turbinalar va generatorlarda sodir 
bo‗layotgan quvvat yo‗qotishlari tufayli, suv oqimi FIK 

ni hisobga olgan holda 
quvvatini faqat bir qismidagina foydalanish mumkin. GES ning taxminiy quvvati 

QH
.
P


81
9
Tayziq 
N
tekislidagi daryolarda to‗g‗on orqali amalga oshiriladigan, tog‗li 
joylarda anlanma o‗zanlardan foydalaniladi, ular 
og‘dirgich
deb nomlanadi. 
Gidravlik turbinalarda suv energiyasi turbina valini aylantirib mexanik 
energiya hosil qiladi va o‗z navbatida elektr energiyasi hosil qilinadi. Agarda 
turbinada suvni dinamik bosimidan foydalanilsa u 
aktiv turbina
deb ataladi, statik 
bosimdan foydalanilsa 
reaktiv turbina
deyiladi. 
Aktiv turbina cho‗michida torayuvchi kiydirmada - soploda, gidrostatik 
bosimning potensial energiyasi suv harakatining kinetik energiyasiga to‗liq o‗tadi. 
Turbinaning ishchi g‗ildiragi disk, atroflariga cho‗michsimon kurakchalar 
joylashtirilgan ko‗rinishida yasaladi. 
Suv, kuraklar yuzasidan o‗tib, harakat yo‗nalishini o‗zgartiradi. Bu erda 
kuraklar yuzasiga ta‘sir etuvchi markazdan qochma kuchlar hosil bo‗lib suvning 
harkat energiyasi turbina g‗ildiragini aylantiruvchi energiyaga aylanadi. 


Rasm 19. Tayziq hosil qilish sxemasi: 
a) to‗g‗on yordamida; b) aylanma o‗zan yordamida; 
1-kanal; 2-tayziq havzasi; 3-turbina suv og‗dirgichi; 4-GES binosi; 5-daryo 
o‗zani; 6-to‗g‗on. 
Reaktiv gidravlik turbina ishchi kuraklarida suvning ham kinetik, ham 
potensial energiyalari turbinani mexanik energiyasiga aylantiriladi. 
Turbina ishchi kuraklariga kelayotgan suv ortiqcha bosimga ega bo‗lib, ishchi 
g‗ildirak yo‗lidan o‗ta borib kamayadi. Bu erda suv turbina kuraklariga reaktiv bosim 
bilan ta‘sir etadi va suvning potensial energiyasi turbina ishchi g‗ildiragining 
mexanik energiyasiga aylanadi. Reaktiv turbinaning ishchi g‗ildiragi, aktivdan farqli 
o‗laroq, to‗liq suvda joylashgan bo‗ladi. 
Elektr stansiyalarda turbina va generator umumiy val bilan biriktirilgan. 
Ularning aylanish chastotalarini ixtiyoriy tanlash mumkin emas. Ular generator 
rotorining qutublar juftligi soniga va o‗zgaruvchan tokning standart chastotalariga 
mos kelishi kerak. 
Past chastotalarda aylanuvchi turbinalar tannarxi qimmat bo‗lib, ular katta 
joyni egallashni ham hisobga olish kerak. Maqbul qiymatlarga yaqin agregat 
tezliklarni olish uchun, katta bosimlarda tez aylanish koeffitsenti kichik bo‗lgan 
turbinadan va katta bosimlarda esa bu koefitsentini katta qiymatlardan foydalaniladi. 
Turli xil tabiiy sharoitlarda bunyod etiladigan GES larning turbinalari 
konstruktiv ishlash jihatidan turlicha bo‗ladi. Turbina quvvati bir necha kilovattdan 
500 MVt gacha, aylanish chastotasi 16 2/3 dan 1500 min
-1
gacha bo‗ladi. 
Oxirgi vaqtlarda gorizontal agregatlar (kapsulalar) qo‗llana boshladi, ularda 
generator suv o‗tmaydigan germitik kapsulaga joylashtirilgan. 
Bu agregatlar gidravlik xususiyatlarining yaxshiligi hisobiga ularning FIK 
yuqori (95-96%). 

Download 8,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish