Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/439
Sana03.02.2022
Hajmi7,25 Mb.
#427725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   439
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

1-bob.
ERKIN 
IQTISODIY 
HUDUDLARNING 
MAZMUNI, 
MAQSADLARI VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
1.1.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fanining 
predmeti va vazifalari
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hudud (EIH)larning tashkil 
etilishi ko„payib, rivojlanishi tobora kengayib bormoqda. Bu esa dunyo mamlakatlari 
orasida EIHlarni tashkil etish ko„lami va turlarining yildan-yilga ortib borishiga 
sabab bo„lmoqda. 
EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishiga bir qator omillar ta‟sir ko„rsatsa-da, 
ular ichida tashkil etilgan EIHlar faoliyati samaradorligining jahon iqtisodiyoti va 
alohida davlat iqtisodiyoti o„sish darajasidan ham bir necha barobarga yuqori 
ekanligini alohida keltirib o„tish lozim. Jumladan, “EIHlarda foyda me‟yori o„rtacha 
25-30 %ni, Osiyodagi EIHlarda 35-40 %dan yuqorini tashkil etadi. Mazkur 
hududlarda kapital qo„yilmalarning qoplanish muddati 2-3 martaga qisqa hisoblanadi. 
Odatda, kiritilgan mablag„lar 3-3,5 yilda qoplansa, bunday qo„yilma me‟yordagi 
hisoblanadi. 
Ko„pgina 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda EIHlar 
orqali 
ular 
iqtisodiyotiga jami xorijiy investitsiyalarning 30 %dan 80 %gacha qismi kirib 
keladi”
1

Shu jihatdan O„zbekistonda ham so„nggi yillarda milliy iqtisodiyotni, uning 
tarmoqlari va hududlari orqali rivojlantirishd EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga 
alohida e‟tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada oxirgi vaqtlarda amalga oshirilayotgan 
islohotlar endilikda o„z samarasini berayotganligi bilan g„oyatda ahamiyatli 
hisoblanadi. Mazkur islohotlar ijrosi va samaradorligini yanada oshirishda ushbu 
sohada samarali faoliyat ko„rsata oluvchi mutaxassislarning mavjudligi va 
yetarliligini ta‟minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Xususan, EIHlarni tashkil 
etish va rivojlantirishda investitsiyalar, jumladan, xorijiy investitsiyalarning 
ahamiyati yuqoriligidan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotning EIHlar faoliyati va ularga 
jalb etiluvchi xorijiy investitsiyalar orqali jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyasini 
faollashtirishga xizmat qiluvchi malakali, zamonaviy bilimga ega, raqobatbardosh 
kadrlarga bo„lgan ehtiyoj bugungi kunda tobora yaqqol namoyon bo„lmoqda va ortib 
bormoqda. 
Shunga muvofiq, bugungi kunda respublikamizda mazkur sohaga oid 
zamonaviy bilim, malaka va ko„nikmalarga ega bo„lgan, milliy va jahon iqtisodiyoti 
integratsiyasini jadallashtirishda muhim o„rin tutuvchi zamonaviy kadrlarni 
tayyorlash yo„lga qo„yilgan bo„lib, hozirgi vaqtda Toshkent davlat iqtisodiyot 
universitetida “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta‟lim 
yo„nalishi bo„yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Ularga esa mutaxassislik fani 
sifatida “Erkin iqtisodiy hududlar” fanining o„tilishi yuqorida qayd etib o„tilgan 
dolzarb vazifa yechimida muhim omil bo„lib xizmat qiladi. 
“Erkin iqtisodiy hududlar” fanining predmetini EIHlarni tashkil etish, ular 
faoliyatini amalga oshirish, rivojlantirish, tartibga solish va qo„llab-quvvatlash bilan 
1
Зименков Р.И. Свободные экономические зоны: Учеб. пособие. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2005. – С. 17. 



bog„liq huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig„indisi tashkil qiladi. 
“Erkin iqtisodiy hududlar” fanining obyekti milliy va jahon iqtisodiyotida tashkil 
etilgan va faoliyat ko„rsatayotgan EIHlar hisoblanadi. 
Fanni o„rganish uning obyekti va predmeti asosida o„rganiladi. Shunga ko„ra, 
“Erkin iqtisodiy hududlar” fani bo„yicha yaxshi bilimga ega bo„lish uchun uning 
obyekti va predmetini chuqur o„rganish maqsadga muvofiqdir. 
Erkin iqtisodiy hududlar” fani o„qitishdan 
maqsad
EIHlarni tashkil etish va ular 
faoliyatini 
samarali 
yo„lga 
qo„yishning 
milliy 
va 
jahon 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishdagi hamda milliy iqtisodiyotning xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuvini 
faollashtirishdagi ahamiyatini oshirishdan iborat. 
Kengroq ma‟noda esa, “Erkin iqtisodiy hududlar” fanining maqsadi talabalarda 
EIHlarning mazmuni, maqsadi, ahamiyati, rivojlanish tarixi, bugungi holati va 
kelgusidagi rivojlanish istiqbollari to„g„risidagi bilimlarni shakllantirish, EIHlarning 
jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rnini baholashda tahliliy yondashuv ko„nikmalarini 
rivojlantirish, shuningdek, EIHlarni tashkil etish orqali O„zbekistonning xorijiy 
mamlakatlar bilan o„zaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishni baholash 
bilimlarini rivojlantirishdan iborat bo„ladi. 
Fanning maqsadiga erishishni ta‟minlash uchun quyidagi vazifalar bajariladi: 
-
fanning mohiyati, mazmuni va ahamiyatini o„rganish; 
-
EIHlarning iqtisodiyotni rivojlanitirishdagi o„rni ahamiyatini o„rganish; 
-
EIHlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab tasniflash va turlarini 
o„rganish; 
-
EIHlarning rivojlanish tarixini o„rganish; 
-
EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishdagi sabab, omil va muammolarni 
o„rganish; 
-
jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga EIHlar ta‟sirini o„rganish; 
-
EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishining jahon tajribalarini o„rganish, 
ularni qiyosiy tahlil qilish asosida milliy iqtisodiyotda qo„llash mumkin bo„lgan 
tajriba va yutuqlarini aniqlashni o„rganish; 
-
O„zbekistonda EIHlar tashkil etilishi va rivojlanishi amaliyotini tahlil qilish, 
mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo„yicha tavsiyalar bildirishni 
o„rganish; 
-
fanda o„rganiladigan muammolar yuzasidan bahs-munozaralarni olib borish, 
shuningdek, ziddiyatli vaziyatlardan chiqish yechimini topish malakalarini 
shakllantirish va rivojlantirish;
-
talabalar o„z fikrlarini yozma shaklda aniq va mazmunli bayon qilishga 
o„rganishlari uchun ularda esse yozish malakalarini shakllantirish va rivojlantirish; 
-
iqtisodiy samaradorlikni hisoblash malakalarini shakllantirish va rivojlantirish; 
-
jamoaviy ishlash malakalarini shakllantirish va rivojlantirish; 
-
malakaviy amaliyotlarga chiqish orqali EIHlar faoliyati bilan bog„liq masalalar 
yechimi, EIHlarni rivojlantirish va ularga investitsiyalarni jalb etishni yanada 
faollashtirish bilan bog„liq amaliy ko„nikma va tajribalarni shakllantirish. 
“Erkin iqtisodiy hududlar” fani 5231100 – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro 
iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoloyat turlari bo„yicha) bakalavriat ta‟lim 



yo„nalishi talabalariga ikkinchi kursda o„qitiladi. 
“Erkin iqtisodiy hududlar” fanini o„rganishda uning boshqa fanlarga bog„liqlik 
jihatlariga ham e‟tiborni qaratish zarur. Zero, har bir fan boshqa fanlar bilan uzviy 
bog„liqlikda shakllanadi va rivojlanadi. Shu sababdan mazkur fanni o„rganishda 
boshqa fanlarni ham yaxshi o„zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ta‟lim 
yo„nalishining o„quv rejasiga ko„ra, “Erkin iqtisodiy hududlar” fani quyidagi 
iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog„liqlikda o„qitiladi: “Xorijiy mamlakatlar 
iqtisodiyoti”, “Xorijiy investitsiyalar”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va 
tizimlari”, “Iqisodchilar uchun matematika”, “Iqtisodiy nazariya”, “Kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik” va boshqalar. Talabalar “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini 
o„zlashtirish barobarida ushbu fanlarni ham puxta o„zlashtirishlari kerak bo„ladi. 
Chunki, ular ushbu “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini muvaffaqiyatli o„zlashtirish 
uchun ko„maklashadigan bilimlarni shakllantirish imkonini beradi. 
“Erkin iqtisodiy hududlar” fani juda qiziqarli fan bo„lib, bugungi kunda 
ko„pchilikni qiziqtirayotgan EIHlar bilan bog„liq bo„lgan ko„plab savollarga yechim 
topishga imkon beradi. Talaba ushbu fanni puxta o„zlashtirishi uchun o„z ustida 
ko„proq ishlashi kerak bo„lib, u, nafaqat, o„zbek tili, balki, rus tili va chet tillari, 
ayniqsa, ingliz tilidagi manbalardan ham keng miqyosda foydalana bilishi lozim. 
Shuni alohida ta‟kidlash joizki, ushbu fanni puxta o„zlashtirish talabalarga 5231100 – 
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoloyat turlari 
bo„yicha) bakalavriat ta‟lim yo„nalishi bo„yicha juda zarur bilimlarga ega bo„lish va 
kelajakda o„z kasbining yetuk va malakali mutaxassisi bo„lib etishish, shuningdek, 
egallagan bilimi, ko„nima, malaka va tajribalari bilan O„zbekiston iqtisodiyotining 
rivojlanishi va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtirokini oshirish va xalqaro 
hamjamiyatdagi nufuzini mustahkamlashga o„zining munosib hissasini qo„shish 
imkonini beradi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   439




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish