41-§. GEOSIYOSAT FANI HAQIDA TUSHUNCHA
Geosiyosat — turli siyosiy jarayonlarning geografik sharoit
(muhit)ga bog‘liq holda rivojlanishini o‘rganadigan fandir. XX
asrda dunyo siyosiy xaritasining tubdan o‘zgarishi, hududiy, ijti-
moiy-ekologik va demografik muammolarning keskinlashuvi
geosiyosat faniga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirib yubordi.
Geosiyosat fanini o‘rganish geografiya, tarix, demografiya,
etnografiya, dinshunoslik, ekologiya, sotsiologiya, harbiy fanlar,
116
www.ziyouz.com kutubxonasi
siyosatshunoslik va boshqa fanlar bo‘yicha ham bilimlarga ega
bo‘lishni taqozo etadi.
Geosiyosat tushunchasini fanga birinchi bo‘lib, 1916-yilda
shvetsiyalik olim
Rudolf Chellen
kiritgan. Uning fikricha, har qan-
day davlat bir butun geografik organizm sifatida qaralmog‘i lozim.
Geografik organizmni ma’lum bir landshaft sifatida o‘rganish
mumkin. Landshaft o‘z navbatida tabiiy, hududiy, ijtimoiy, iqti-
sodiy majmua bo‘lib hisoblanadi.
Geosiyosat fani siyosiy geografiya asosida shakllandi va rivoj-
landi.
Siyosiy geografiya jahondagi davlatlarning turg‘un (statik)
holatdagi tavsifini tuzish bilan shug‘ullanadi. Siyosiy geografiyani
ko‘proq davlatlarning joylashishi, hududining shakli, o‘lchamlari,
chegaralari, xo‘jaligi, aholisining savodxonlik darajasi, madaniyati
qiziqtiradi.
Geosiyosat fani siyosiy jarayonlarning geografik makondagi
o‘zaro aloqalarini, ularning Yerga va madaniy omillarga ta’sirini
o‘rganadi. Geosiyosat fani asosiy e’tiborni tabiiy muhit omillarini
harbiy-siyosiy, iqtisodiy va ekologik xavfsizlik maqsadlarida faol
foydalanishga qaratadi.
Geosiyosat fanining o‘rganish obyekti: sayyoraviy (planetar)
makon, geosiyosat jarayonlar va hodisalardir. Sayyoraviy makonga
quruqlik, suvlik (Dunyo okeani), havo qobig‘i, davlatlar va ular-
ning resurslari kiradi.
Geosiyosatning asosiy vazifasi, ya’ni o‘rganish predmeti say-
yoraviy makonni nazorat qilishdir.
Bunda geosiyosiy omillarni o‘rganish va baholash muhim
ahamiyatga ega. Geosiyosiy omillarga quyidagilar kiradi.
— geografik (geografik o‘rni, tabiiy resurslari);
— siyosiy (siyosiy tuzumi, davlat chegaralari, jamiyatning ijti-
moiy tarkibi, asosiy erkinliklarning mavjudligi);
— iqtisodiy (ishlab chiqarish kuchlarining quvvati va tarkibi,
aholining turmush darajasi, strategik zaxiralar va zafarbarlik (mo-
bilizatsion) quvvatlari;
— harbiy (qurolli kuchlarning kattaligi, quvvati, harbiy tayyor-
garligi, harbiy kadrlarni tayyorlash holati);
— ekologik (cheklangan yoki tugaydigan va tiklanmaydigan)
resurslarga bo‘lgan demografik bosim, xomashyo resurslarining
kamayishi va tugashi, aholi turmush darajasining o‘zgarishi);
117
www.ziyouz.com kutubxonasi
— demografik (aholi soni, o‘sish sur’ati, zichligi va tarkibi);
— madaniy-ma’rifiy (konfessalar, millat va elatlar, mehnat
an’analari, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlashning rivojlanganligi,
urbanizatsiya darajasi va boshqalar). Yuqoridagi omillarni
geosiyosiy jihatdan tahlil qilish uchta yo‘nalishda olib boriladi: a)
ijtimoiy-siyosiy vaziyatni ularning ma’lum bir hudud va davr
doirasida rivojlanishi bilan bog‘liq holda tadqiq etish; b) ma’lum
bir hudud to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlarni ayrim hollarda
tamomila qarama-qarshi tasavvurlar bilan taqqoslash; d) makonni
o‘zgartirish bo‘yicha siyosiy strategiyani amalga oshirishni basho-
ratlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |