Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston
sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. -Т.: O‘zbekiston,
2009.
2.
Nazarova G.G., Nazarova R.R., Salixova N.M., Muxamedjanova
G.A., Ismailova N.S. Xalqaro menejment. O‘quv qo‘llanma. T.: TDIU,
2009.
3.
Пивоваров
С.Э.,
Тарасевич
Л.С.
Международный
менеджмент. Учебник. 4-е изд.- СПб: Питер, 2008.
4.
Иваненко А.Г. Инновационный менеджмент. Учебное
пособие. – М.: КНОРУС, 2009.
143
VI BOB. XALQARO BIZNES ETIKASI VA XALQARO
ALOQALAR MENEJERIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
6.1. Global menejer uchun etikaning ahamiyati
Global menejer uchun turli mamlakatlar va qit’alar sharoitida mehnat
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan axloq, ma’naviy talablar va me’yorlarning
umuminsoniy ko’rinishini tushunish ichki milliy va xalqaro
nizolarning oldini olishga yordam beradi. Bunday ziddiyatlar ehtimoli
kompaniya boshqaruvchisiga nisbatan xalqaro menejer uchun
yuqoriroq hisoblanadi.
Xalqaro menejerning o‘z kundalik faoliyatida duch keladigan
davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy tafovutlar ko‘pincha sayyoramiz-
da yashovchi etnik guruhlarning ijtimoiy-madaniy rivojlanishidagi
farqlarning natijasi ekanligiga ishonch hosil qiladi. Bu tafovutlar
menejment uslubiga, ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishga, mahalliy
mutaxassislar bilan ishlab chiqarish munosabatlariga va pirovardida
qabul qiluvchi mamlakatda mehnat unumdorligi va xalqaro kompaniya
xorijiy filiali haqidagi ommaviy fikrga bevosita ta’sir etadi.
Ziddiyatlar xalqaro menejerning bir tomondan qabul qiluvchi
mamlakat ijtimoiy fikrini inkor etib, faqat iqtisodiy yutuqga erishishga
qaratilgan faoliyat yuritganda, boshqa tomondan esa, ko‘p sonli shaxslar
guruhlarini o‘z faoliyatining to‘g‘riligi, foydaliligi yoki hech bo‘lmaganda
zararsiz ekanligiga ishontira olmaganda vujudga keladi. Bunday
guruhlarga masalan, qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyaning
filiali ishchi va xizmatchilari, mahalliy hissadorlar, hukumat mansabdor-
lari, tegishli kasaba uyushmalar rahbariyati va hokazolar kiradi.
Menejer va ular o‘rtasida ba’zan maxsus mahalliy qonunchilik yordamida
hal qilish mumkin bo‘lmagan bahsli ziddiyatlar vujudga keladi.
Bu holda global menejer jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini
anglashi va har qanday yo‘l bilan foyda olish prinsipini cheklash
yo‘li bilan o‘z xatti-harakatlarini axloqiy jihatdan qoralanishiga yo‘l
qo‘ymasligi zarur. Bu foyda olish prinsipini umuman inkor etishni emas,
balki qabul qiluvchi mamlakatdagi mavjud ijtimoiy me’yorlarni
buzishga olib kelganda, iqtisodiy samaradorlik mantiqi bilan rivojlanayot-
gan taraqqiyot kishilar uchun xavf-xatar manbaiga aylangan holda uni
cheklashni nazarda tutadi.
Axloqiy me’yorlar korxona rahbarining xatti-harakatlarini ma’lum
darajada, jumladan, xalqaro menejer nuqtayi nazaridan iqtisodiy jihatdan
144
maqsadga muvofiq bo‘lgan tadbirlar kishilar, atrof-muhit uchun xavf-xatar
tug‘dirishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda ham cheklaydi. Bu qarashlarga
global menejer faoliyatida ustunlik berilishi kerak, chunki qabul qiluvchi
mamlakatlarda xorijiy va qo‘shma korxonalar tobora ko‘proq darajada
jamoatchilikning kuchli e’tibori ostida amal qilmoqda.
Xalqaro menejerning axloqiy jihatdan qo‘pol xatolariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
–
qabul qiluvchi mamlakatlarda ishbilarmonlik muhiti va madaniy
hayot xususiyatlarini o‘rganishni inkor etish;
–
xorijiy faoliyat natijalarini oshirib kutish;
–
xorijiy sheriklar bilan o‘zaro tushunishga erishishga intilmaslik;
–
xorijiy sheriklar bilan muntazam muloqot qilmaslik, shu
jumladan, ular bilan iliq shaxsiy munosabatlar ahamiyatini yetarli
baholamaslik;
–
vujudga kelgan muammolar va kelishmovchiliklarning sabablarini
yaxshi o‘rganmasdan turib, xorijiy sheriklar bilan munosabatni uzish.
Jahon iqtisodiyotining zamonaviy bosqichida global menejer malakasi
iqtisodiy va texnik bilimlardan tashqari ijtimoiy sohadagi bilimlar va
muloqotga kirishuvchanligini ham o‘z ichiga olishi kerak. Ziddiyatlar
vujudga kelganda tinchlik o‘rnatilishini kifoya deb biluvchi an’analar
eskirib qoldi. Hozirgi vaqtda xalqaro menejer duch keladigan
muammolarning hal qilinishi bundan manfaatdor bo‘lgan barcha shaxslar
va huquq subyektlari o‘rtasida kelishuvga, ya’ni konsensusga
erishish
bilan bog‘liq.
Ratsional konsensusga erishish vositasi sifatida muammo hal
qilinishidan barcha manfaatdorlarni qat’iy argumentatsiyalash (isbotlash)
asosida sog‘lom tafakkur ovoziga murojaat qilish nazarda tutiladi. Bunda
global menejer o‘z faoliyatining ijtimoiy oqibatlarini hisobga olishi shart.
Bunga xalqaro kompaniya xorijiy filialining boshqarish loyihasi va
qarorlar qabul qilish qaltisligi bilan bog‘liq munozaralar ularning amalga
oshirilish darajasi nuqtayi nazaridan yordam berishi mumkin. Qarorlar
qabul qilish usuliga bunday yondashuv qarorlarning boshqa manfaatdor
shaxslar uchun keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan qaltislik darajasini
jiddiy pasaytiradi.
Bir vaqtning o‘zida konsensus muhim qarorlar qabul qilinishida
tadbirkorlik omadini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shadi, chunki u ma’lum
darajada noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishidan, noratsional kapital
qo‘yilmalarni amalga oshirishdan, xavfli vaziyatlar tug‘ilishidan
kafolatlaydi. Xalqaro menejerlarda qabul qilinayotgan qarorlarni axloqiy
145
baholash va isbotlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida rivojlangan
davlatlarning ko‘pgina o‘quv yurtlarida biznes-etika majburiy fan sifatida
o‘qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |