Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

vertikal 
yo‘nalish 
hisoblanadi. Firma faoliyatining ikkinchi yo‘nalishi o‘z 
menejment uslubi, marketing konsepsiyasi, ilmiy izlanish va tajriba 
konstruktorlik ishlari (IITKI) hamda moliyaviy faoliyat asosida ishlab 
chiqarish va sotishning tashkil qilinishiga ega 
gorizontal yo‘nalishdir.
Firma o‘z faoliyatini davlat chegarasidan tashqarida olib borsa, 
xorijda faoliyat yuritish tavakkalchiliklari tadbirkorlik bilan bog‘liq 
madaniy tafovutlar (huquq, an’analar, axloq), tovar va xizmatlarga 
talabning xususiyatlari, kishilar o‘rtasidagi ishlab chiqarish va maishiy 


17 
munosabatlarning farqlanishi valyuta paritetlarining tebranishi, xalqaro 
terrorizmning yoyilishi kabi sabablarga ko‘ra bir necha barobar oshib 
ketadi. 
Xorijiy tadbirkorlik bilan bog‘liq qaltisliklarni kompleks baholash 
uchun xorijiy biznes bilan shug‘ullanuvchi firmalar faoliyatiga ta’sir 
qiluvchi omillarni turkumlash maqsadga muvofiqdir. Ushbu omillarga 
quyidagilar kiradi: 
– siyosiy-huquqiy omillar. Ushbu omillarga davlatni boshqarish 
shakli, siyosiy mafkura, soliq qonunchiligi, hukumatning barqarorligi, 
hukumatning xorijiy kompaniyalarga munosabati, xorijiy mulk haqidagi 
qonunchilik, oppozitsiyaning ta’siri, savdo qonunchiligi, proteksionizm 
darajasi, tashqi siyosat, terroristlarning faolligi, huquqiy tizim kiradi. 
Siyosiy-huquqiy omillar xorijiy firma uchun qabul qiluvchi mamlakat 
hukumatining harakatlari natijasida o‘z aktivlarini, o‘z firmalari 
nazoratini, bozordagi ulushini yo‘qotish bilan bog‘liq. 
– iqtisodiy omillar. Ushbu omillarga mamlakatning iqtisodiy 
rivojlanish darajasi, aholi jon boshiga daromad, YaMM dinamikasi va 
yo‘nalishi, hukumatning moliya siyosati, ishsizlik darajasi (aholining 
xarid quvvatini va qabul qiluvchi mamlakatdagi firmada mahalliy 
mutaxassislarni ishlashga jalb qilish imkoniyatini aniqlashda zarur) 
valyuta almashinuvi, mehnat haqining darajasi, raqobat muhiti, iqtisodiy 
birlashmalar va mintaqaviy integratsion tashkilotlarda ishtirok etish kiradi. 
Oxirgi omil mahalliy sheriklarning mustaqil qaror qabul qilishini 
qiyinlashtiradi, chunki mintaqaviy integratsion guruhlarda ishtirok etish 
prinsipial qarorlarni integratsion birlashmadagi sheriklar bilan kelishishni 
taqozo etadi; 
– ijtimoiy-madaniy omillar. Ushbu omillarga milliy urf-odatlar, til, 
demografiya, hayot tarzi, din, ajnabiylarga munosabat, turmush darajasi, 
ijtimoiy muassasalar va me’yorlar, savodlilik darajasi kiradi. Ushbu 
omillar o‘z firmasida mehnat qilishga mahalliy aholini jalb qilishni 
ko‘zlagan menejerlar uchun, ayniqsa, muhim hisoblanadi; 
– 
texnologik 
omillar. 
Ushbu 
omillarga 
texnologiyalarni 
ayirboshlashning huquqiy me’yorlari, energiya tashuvchilarning 
mavjudligi va qiymati, tabiiy resurslar, transport tarmog‘i, ishchi 
kuchining malakasi, patent himoyasi, infratuzilma, axborot oqimlari 
kiradi. Zamonaviy sharoitlarda axborotning birinchi darajali ahamiyatini 
hisobga olib, ayrim korporatsiyalar (Yapon kompaniyalari) xorijda yangi 
texnologiyalar, asosiy raqobatchilar faoliyatining ahvoli, qonunchilikdagi 


18 
o‘zgarishlar va hokazolar haqidagi axborotni olish maqsadida o‘z 
bo‘limlarini tashkil qiladi. 
Xorijiy adabiyotlarda ushbu omillarni o‘rganish STEP– Тahlil yoki 
PEST– Тahlil deb ataladi. PEST– Тahlil (PEST analysis) tashqi 
makroiqtisodiy muhit tahlilining asosiy qismi bo‘lib, u o‘z ichiga yuqorida 
ko‘rib o‘tilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-demografik va texnologik 
omillarni tahlil qilishni oladi. Tashqi muhitni tahlil qilish xalqaro 
menejerlarning asosiy funksional vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu 
firmaning xorijiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun qabul qiluvchi 
mamlakatni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish