Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment


VIII bob. XALQARO VA TRANSMILLIY KOMPANIYALAR



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

VIII bob. XALQARO VA TRANSMILLIY KOMPANIYALAR,
ULARNI BOSHQARISH TIZIMI 
8.1. Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o‘tish 
evolyutsiyasi 
Xalqaro kompaniyalar milliy kapitalni boshqa davlatlarga tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish maqsadida olib chiquvchi tashkilotlardir. 
Zamonaviy xalqaro kompaniyalarning ko‘pchilik qismi transmilliy 
korporatsiyalarni, tashkiliy shakli bo‘yicha esa konsernlarni ifoda etadi. 
Ular ilgarigi turli davlatlar kapitalining oddiy birlashuvi va ishtirokchilari 
o‘z kapitallarining mulkdori bo‘lib qolgan kartellar, sindikatlar, trestlardan 
ma’lum darajada farqlanadi. Ularga teskari holda XXI asrning tipik 
konserni, odatda, turli tarmoqlar va hududlar bo‘yicha diversifikatsiya-
langan kapitalning yagona mulkdoridir. Zamonaviy xalqaro kompaniyalar 
transmilliy, ya’ni o‘z millatiga ega bo‘lgan yoki ko‘pmillatli bo‘lishi 
mumkin. Transmilliy korporatsiyalar bosh kompaniya (odatda, u 
kompaniya millatini aniqlaydi) va uning xorijiy filiallarini o‘z ichiga 
oluvchi subyektlar tizimini ifodalaydi. Bosh kompaniya boshqa 
davlatlardagi o‘zining xorijiy filiallari aktivini nazorat qiladi va odatda, 
ularning kapitalida o‘z ulushiga ega bo‘ladi. 
Ko‘p millatli kompaniyalarda har xil millatlar kapitallarining 
birlashuvi vujudga keladi. Birinchi ko‘p millatli kompaniya “Yunilever” 
1929-yili “Margarin Yuni” (Daniya) va “Lever Brazers” (Buyuk 
Britaniya) firmalarining birlashishi natijasida vujudga keldi. Shu davrdan 
boshlab, u deyarli 60 ta davlatda 500 dan ortiq xorijiy filiallari bo‘lgan 
eng yirik xalqaro kompaniyalardan biri darajasigacha o‘sib yetdi. 
“Yunilever” kompaniyasi ikkita shtab-kvartiraga ega bo‘lib, ularning biri 
Londonda, ikkinchisi Rotterdamda joylashgan. 
Milliy kompaniyalarning xalqaro kompaniyalar darajasiga o‘tishini 
rag‘batlantiruvchi uchta asosiy omilni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1. Tovar ayirboshlashning va shu bilan birga, daromadning o‘sishi. 
Bunda kompaniya ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish va ko‘lam 
samarasini ishlatish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari u qaltislikni 
kamaytirish uchun xorijiy hamkorlar bilan o‘rnatilgan aloqalardan 
foydalanishi mumkin. 
2. Qabul qilayotgan davlatda xomashyo va ishchi kuchining nisbatan 
arzonligi hisobiga ishlab chiqarish va sotish xarajatlari kamayishi. Bundan 
tashqari, mahalliy firmalar bilan qo‘shma korxonalar tuzish yo‘li bilan 


166 
savdo-sotiq bozorini va yangi samarali texnologiyalarga erishish 
imkoniyatlarini kengaytirish. 
3. Qabul qilayotgan mamlakatning sanoati, moliya-kredit tizimi, 
savdo kanallari va infratuzimasidan foydalanish. 
Ko‘pchilik xalqaro kompaniyalar uchun milliy firmalardan transmilliy 
korporatsiyalarga o‘tish jarayonida ularning tashqi iqtisodiy faoliyatining 
muayyan ketma-ketligi (bosqichlari) odatiy hol bo‘lib qoldi (8.1-rasm). 
Birinchi bosqich o‘z ichiga bir martalik eksport-import bitimlarida 
aks etuvchi, turli davlatlardan bo‘lgan hamkorlar orasidagi shartnoma 
munosabatlarini oladi. Bu bosqichda hamkorlar hali yetarli darajada bir-
birlarining moliyaviy imkoniyatlari, ilmiy-sanoat potensiali va ishbilar-
monlik uslubini bilmaydilar. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish