???? Perindopril atm toshkent aptekalarida narxlari, dori haqida malumot, qollanishi va analoglari Apteka uz saytida apteka uz



Download 119,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana03.02.2022
Hajmi119,81 Kb.
#426482
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
????Perindopril ATM Toshkent aptekalarida narxlari, dori haqida malumot, qollanishi va analoglari Apteka

Qo‘llash usuli va dozalari
Perindopril tret-butilaminning tavsiya etilgan dozasi kunina bir marta, ertalab yetarli
miqdordagi suyuqlik (masalan suv) bilan qabul qilinadi.
Doza pasientning profili va qon bosimining darajasini o‘zgarishiga qarab shaxsiy ravishda
tanlanishi kerak.
Arterial gipertenziya:
Perindopril tret-butilamin monoterapiya sifatida yoki antigipertenziv vositalarning boshqa
sinflari bilan majmuada qo‘llanishi mumkin.
Tavsiya etilgan bonlang‘ich dozasi kuniga bir marta ertalab 4 mg ni tashkil qiladi.
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimining yaqqol faollashuvi (ayniqsa renovaskulyar
gipertenziya, aylanib yuruvchi qon xajmini kamayishi, yurak faoliyatini dekompensasiyasi
yoki og‘ir gipertenziyasi) bo‘lgan pasientlarda preparatning boshlang‘ich dozasi
yuborilgandan keyin arterial bosimni ortiqcha pasayishi kuzatilishi mumkin.
Bunday pasientlarga 2 mg boshlang‘ich doza tavsiya etiladi, davolashni shifokor nazorati
ostida boshlash kerak.
Bir oy davolangandan keyin doza kuniga bir marta 8 mg gacha oshirilishi mumkin.
Perindopril bilan davolash boshlanganidan keyin klinik jahatdan yaqqol namoyon bo‘lgan
gipotenziya rivojlanishi mumkin, diuretiklar bilan yondosh davolanayotgan pasientlarda
uning ehtimoli yuqori. Bunday pasientlarga aylanib yurayotgan qon xajmini kamayishi
va/yoki elektrolitlar tanqisligi ehtimoli tufayli preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari
kerak.
Imkoniyati bo‘lganida perindopril bilan davolashni boshlashdan 2-3 kun oldin diuretiklarni
bekor qilish kerak.
Diuretiklarni bekor qilish mumkin bo‘lmagan AG li pasientlarda perindopril bilan
davolashni 2 mg dozadan boshlash kerak. Buyrak faoliyati va qonda kaliy darajasini
nazorat qilish kerak. Perindoprilning keyingi dozalarini arterial bosim tomonidan javobga
qarab muvofiqlashtirish kerak. Zarurati bo‘lganida diuretiklar bilan davolash tiklash
mumkin.


Keksa yoshdagi pasientlarda davolashni 2 mg dozadan boshlash kerak, bir oydan keyin 4
mg gacha, so‘ngra zarurati bo‘lsa buyrak faoliyatiga qarab 8 mg gacha oshirish mumkin
(quyidagi jadvalga qarang).
Simptomatik yurak yetishmovchiligi:
Perindopril ko‘pincha kaliyni saqlab qolmaydigan diuretiklar va/yoki digoksin va/yoki
beta-blokatorlar bilan birga qo‘llanadi; bunday hollarda preparatni 2 mg tavsiya etilgan
boshlang‘ich dozadan boshlab, sinchkovlik bilan shifokor nazorati ostida qabul qilish
kerak. Normal o‘zlashtirilganida kamida 2 xaftadan keyin bu dozani sutkada bir marta 4
mg gacha 2 mg ga oshirish mumkin. Dozani tanlash pasientning klinik javobiga
asoslanishi kerak.
Klinik jihatdan yaqqol namoyon bo‘lgan gipotenziyasi bo‘lgan pasientlarda (ya‘ni
giponatriemiya bilan/yoki usiz, gipovolemiya bilan kechuvchi elektrolitlarni yo‘qotilishi
bo‘lgan pasientlarda yoki yondosh diuretiklar bilan faol davolashda bo‘lgan pasientlarda)
perindopril bilan davolashni boshlashdan oldin iloji boricha bu xolatlarni
muvofiqlashtirish kerak. Perindopril bilan davolashdan oldin va davolash vaqtida arterial
bosim, buyrak faoliyati va zardobdagi kaliyning darajasini nazorat qilish kerak.
Yurakning stabil ishemik kasalligi:
Preparatni ikki xafta davomida sutkada bir marta 4 mg dozada buyurish kerak,
keyinchalik dozani sutkada bir marta 8 mg gacha (buyrak faoliyatiga qarab va 4 mg doza
yaxshi o‘zlashtirilganda) oshirish kerak.
Dozani sutkada bir marta 8 mg gacha oshirishdan oldin keksa yoshdagi pasientlarda
buyrak faoliyatiga qarab preparatni bir xafta davomida sutkada bir marta 2 mg buyurish,
keyinchalik keyingi xafta davomida sutkada bir marta 4 mg ga oshirish kerak (Buyrak
faoliyatini buzilishida dozaga tuzatish kiritish jadvaliga qarang). Dozani faqat agar
avvalgi pastroq doza yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lsagina oshirish mumkin.
Buyrak yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish:
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozalash quyidagi 1 jadvalda ko‘rsatilgan
kreatinin klirensiga asoslanishi kerak:
1 jadval: buyrak yetishmovchiligida doza tuzatish kiritish

Download 119,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish