92-rasm. XX asr 30-yillar ayollar kostyumlari
Libosdagi demokratlashuv ansambl tushunchasiga tegishli edi: u haqidagi
avvalgi tasavvur xarajattalab bo’lgani uchun inqiroz davri uchun noo’rin edi. 30-
yillar modasidagi ansambl uni tashkil etuvchi kostum barcha elementlari rangining
o’xshashligi (mushtarakligi) bilan emas, balki aksessuarlar: shlyapa, sumkacha,
poyabzal, qo’lqoplar hisobiga mujassamlangan. Iloji boricha bu to’ldiruvchilarning
109
bir xil rangda bo’lishi nazarda tutilgan. Bunday garniturni (odatda, qora yoki
jigarrangda, yozda esa – oq) ixtiyoriy ko’ylak yoki kostum bilan kiyish mumkin edi.
Moddiy qiyinchiliklar tufayli qimmatbaho ziynatlarni hech kim sotib olmagani
uchun, modada arzon bijuteriya keng tarqaldi.
Erkaklar modasiga aksincha, konservativlik – asr boshidagiga o’xshash fraklar
qaytib keldi. Gollivudda esa fraklar o’sha davr kinoaktyorlaridan eng eleganti
hisoblangan Fred Astor tufayli urf bo’ldi. Ommaviy modada erkaklar uchun belga
yopishib turuvchi keng yelkali pidjak va qaytarma pochali shimdan tashkil topgan
standart kostyumlar keng yoyildi(93-94-rasmlar).
93-rasm. XX asr 30-yillar erkaklar kostyumi
Sport kiyimi haqiqiy dam olish kiyimiga aylandi. Tennis va yelkan ostida
so’zish kabi yozgi sport turlarining rangi – oq rang 1930-yillarning birinchi yarmida
eng ko’p urf bo’lgan ranglardan edi. Sport kiyimining o’zida ham o’zgarishlar ro’y
berdi: u kaltalashdi va nisbatan qulaylashdi. Ham ayollar, ham erkaklarning sport
bilan shug’ullanish uchun kiyimi sifatida shorti
1
lar keng tarqaldi.
1
Shorti, short
– ingl. (short – qisqa, kalta) – aslida erkaklarning trusiksimon kalta shimi, bu
yerda tizzadan yuqori darajagacha qisqartirilgan shim ma’nosida. Umuman olganda, eng kalta
shim – bu shorti.
110
94-rasm. XX asr 30-yillar erkaklar liboslari
Trikotaj va undan tikilgan buyumlar: sviter, kardigan, jemper, puloverlar o’z
dolzarbligini yo’qotmagan edi. Kundalik libosga yozgi oyoq kiyimni sport kiyimidan
olingan kalta oq paypoqchalar bilan kiyish usuli kirib keldi.
Ilk bor yoz paytida norasmiy sharoitda ayollar chulki (kapron paypoq)
kiymasliklari mumkin bo’ldi.
Yangi urushga tayyorgarlik ko’rilishi shu davrdagi zamonaviy libosda harbiylar
kiyimi ta’sirining kuchayishiga olib keldi: jaketlarda charm belbog’lar paydo bo’ldi,
charm palto va trenchkotlar, to’ldiruvchilar sifatida hatto oqshom liboslarida ham
pilotkalar modaga kirib kela boshladi.
1930-yillarning birinchi yarmidagi kundalik liboslarda, ayniqsa, ko’ylaklarda,
qiyalama bichimning konstruktiv chiziql arini bo’rttirib ko’rsatuvchi geometrik –
katak-katak va yo’l-yo’l rasmlar ommabop bo’lgan. 1934-yillarda esa E.Moline,
Meynboxer va Nyu-yorklik mo delyer Valentinalar sharofati bilan modaga Uzoq
Sharq uslubi – kimono yenglar, bambukdan yasalgan tugmachalar, konussimon poxol
shlyapachalar kirib keldi.
1930-yillar ikkinchi yarmining yozgi modellarida «alpiycha» («Bavarcha» yoki
«Tirolcha» degan nom bilan ham atalgan) va «Lotin Amerikacha» mavzudagi folklor
uslubi ommalashdi. Yozgi modada bunday ko’ylaklar 1950-yillar oxirigacha saqlanib
kelgan.
111
«Bavarcha» moda o’rniga ba’zi mamlakatlarda «Lotin Amerikacha» uslubdagi
yorqin rangli, keng, qo’shetak yubkali ko’ylaklar, keng soyaboni gullar bilan
bezatilgan poxol shlyapachalar taklif etilgan.
1930-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab esa modada istorizm
1
(neoviktorian
uslubi yoki neoromantik uslub) ustun kela boshladi.
1939-yilda Ikkinchi jahon urushining boshlanishi nafaqat dunyoning qiyofasini,
dunyo bilan birga modaning ko’rinishini ham o’zgartirib yubordi. Ayollar ishlay
boshlashdi, moda esa amaliy jihatdan qulaylik tomonga yuz tutdi. Harbiy forma kirib
kelishi bilan bu jihat, ayniqsa, kuchaydi.
Matolar va kiyim taqchilligi ko’pchilikni tikish bilan shug’ullanishga majbur
etdi. Urush paytida eski kiyimdan qanday qilib boshqa kiyim tikish, shlyapani qanday
yangilash, sviterni qanday to’qish haqida – «Boricha epla va tuzat» shiori ostidagi
tavsiyalar ko’plab broshyura va jurnallarda berib borildi. Kiyimlarni sochiqlardan
yostiq jildlaridan, mebel chexol (qoplama)laridan, gardinlardan tayyorlandi.
«Utiliti»ga o’xshash rejalar qator boshqa mamlakatlarda ham qabo’l qilingan va
ulardagi ba’zi bandlar Ikkinchi jahon urushi tugagandan so’ng ham 4–5 yilgacha
bekor qilinmagan.
Nemis armiyasi Parijni ishg’ol qilgandan keyin amerikalik modelyerlar Yevropa
modasidan o’zlarini (alohida) mustaqil his eta boshladilar, chunki taslim bo’lgan
Parijning modasi ommabop bo’lmay qolgan, Britaniya bilan esa bog’lanish, aloqa
qilish qiyin edi. 1940-yil iyundan 1941-yil dekabrgacha amerikalik modely erlar
(masalan: «Valentina» modalar uyi, Charlz Djeyms, X. Karnegi) go’zal va o’ziga xos
to’plamlar yaratdilar
Urush yillarida modada amerikacha uslub shakllandi. Amerikalik modelyerlar
o’z an’analariga suyanib ajoyib shakllar yaratishga harakat qildilar. Jurnallar
kovboylar, yovvoyi g’arb pionerlari kiyimlari va (lotin) janubiy amerikacha «kantri
end vestrn», «quyoshli Kaliforniya modasi», «gavay uslubi», «kaktuskantri»,
«meksikacha uslub» kabi amerikacha uslublarni reklama qilardilar. Jinsi, kovboylar
1
Istorizm
– 1) tarixiylik prinsipi (har bir narsa yoki hodisaga tarix nuqtayi nazaridan, tarixiy
jihatdan yondashish; 2) san’atda: o‘tmishga (tarixga) berilish.
112
ko’ylaklari, futbolkalar yoshlarbop kiyimga aylandi. Shu bilan birga AQSHdagi
urushdan so’nggi davr yoshlari modasiga urush paytida asos solindi.
95-rasm. II jaxon urush yillari erkaklar va ayollar kostyumlari
Urush paytida birinchi yoshlar antimodasi vujudga keldi. AQSHda uni qoratanli
va lotinamerikalik o’smirlar yaratishdi, ular o’zlarini «Oq Amerika» qatnashayotgan
urushga daxlsiz deb hisoblashgan. Bu antimoda ularning irqchilik jamiyatiga qarshi
noroziligini ifodalardi. Nyu-Yorkdagi Garlem yoshlari esa «zut» kostumi – uzunligi
tizzagacha bo’lgan keng pidjaklar, beli burma shimlar kiyib, och rangdagi
bo’yinbog’lar taqib, sochlarini uzun qilib yurishgan (askarlarning kalta soch uslubiga
teskari). «Zut» uslubi jazmenlar orasida keng yoyildi, uni Lui Armstrong va Dizzi
Gillespi ham kiygan. Bu antimoda 1943-yilda avj oldi. AQSHda «zut» kostumi 1950-
yilgacha saqlanib qoldi.
«Moda teatri». Ikkinchi Jahon urishi paytida Parij modasiga yana e’tiborni jalb
etish maqsadida «Moda teatri» loyihasi amalga oshirildi, unda barcha moda uylari
qatnashdilar. To’liq kolleksiya (to’plam) yaratish uchun gazlamalar yetishmas edi.
Shunda qo’g’irchoqlar o’lchamida kolleksiya qilish g’oyasi paydo bo’ldi. Bu loyiha –
«Moda teatri» deb nomlandi. 1945-yilda bahor – yoz kolleksiyasi 68,5 sm
balandlikdagi 200 ta qo’g’irchoq orqali ko’rsatildi. Bu qo’g’irchoqlar uchun moda
uylarining har biri palto, kostum, kunduzgi va oqshom ko’ylaklari modellarini
tayyorlashdi, oldingi kolleksiyalardan qolgan gazlamalar ham ishlatildi va maxsus
gazlamalar to’qildi. Har bir qo’g’irchoq uchun ipakdan ichki kiyimlar, shlyapalar,
oyoq kiyimlari, sumkalar, taqinchoqlar tayyorlandi. 1945-yil 17-martda ochilgan bu
ko’rgazmani 100 mingdan ortiq odam kelib ko’rdi, keyin ko’rgazma Yevropa va
113
AQSH bo’ylab turnega jo’nab ketdi. Bu ajoyib g’oya urush vaqtida o’z ta’sirini
yo’qotgan fransuz modasiga yana e’tiborni jalb etdi.
Lekin haqiqiy o’zgarishlar faqat 1947-yil fevralida sodir bo’ldi, aynan shu
paytda urushdan so’nggi moda yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |