Gotika uslubidagi kostyumlar.
Ilk o’rta asrlardagi roman uslubi liboslarda ham
o’z aksini topgan. Roman uslubi ikki madaniyat – Rim, antik va mahalliy
bosqinchilik madaniyati uyg’unligida shakllandi. Unga og’ir vaznlilik, shakllarning
kattaligi, yarim doira arkalar, og’ir devorlar, oynalar va eshiklarning katta bo’lmagan
o’ymalari xosdir. Qadalmaydigan kiyimlarning sodda bichimi Yevropa kiyimlarida
58
X–XI asrlargacha yashab keldi. XII asr – XIV asrning birinchi yarmida erkaklar va
ayollar liboslari uzun bo’lib, ular qomatga yopishib turgan. Qomatga libosning
yopishib turishini bichish usulida amalga oshirilgan. Qomatga libosning yopishib
turishi uchun kiyimda 3 ta chok qilingan, ya’ni ikki yon va bitta orqa chok orqali
amalga oshirilgan. Kiyimning past qismi esa uchburchak shakldagi klinlar yordamida
etak qismi tomon kengaytiriladi
Endilikda belbog’lardan belni tortib turish uchun emas, balki belni ta’kidlab
ko’rsatish uchun va dekorativ bezak sifatida foyda lanilgan. Liboslar faqatgina
nakladnoy, ya’ni ustiga tashlanadigan bo’lgan. Faqatgina plashlar drapirovkalangan,
ya’ni burmalangan.
XIV
asrning ikkinchi yarmi – XV asrning birinchi chora-gi (gotika davri)
erkaklar kalta kiyimining paydo bo’lishi va ayollar uzun kiyimining yanada boyishi
bilan xarakterlanadi. Bu davrda tugmalari qadalmaydigan kiyimlarning turli xillari
keng tarqaldi. Kenglikni hosil qilish uchun vitachkalar qilina boshladi. Yengning
o’mizi oval shaklida bichila boshladi. Yeng o’mizga butunlay tikilmay, balki uning
ba’zi o’rinlari shnur yoki tesmalar yordamida biriktirila boshladi. Liboslar bel
chizig’i bo’ylab ajratilib bichiladigan bo’ldi. Gotika davri kiyimlarini bichish va
modellashtirish, modani shakllantirishda gullab-yashnagan davr bo’ldi. Aynan mana
shu davrga kelib, kiyimlarda umumiy badiiy uslublar doirasida liboslar shakli
tezlikda almashdi.
XV asrning ikkinchi yarmi – frank-burgund modasining davri bo’ldi. Bu davrda
yergacha uzaytirilgan, osilib turgan yengli, harakatlanishni cheklaydigan, qomatni
ko’rsatib turuvchi tor liboslar, uzun tumshuqli poyabzallar, ajoyib, hashamdor bosh
kiyimlar urfga kirdi, g – shaklidagi qomat siluetiga erishish uchun ayollar qorinlariga
unchalik katta bo’lmagan yostiqlar – boslar bog’lab yurishgan. Bo’yinlarini uzaytirib
ko’rsatish uchun ayollar orqa tomondan quloqlari atrofini, yuzlarini oval ko’rsatish
uchun manglayni qirtishlab yurishgan.
Erta o’rta asrlar davrida zig’ir tolasidan tayyorlangan mato, uyda kanopdan
to’qilgan mato, movut, mo’yna, charm, Sharq va Vizantiya shoyilari keng tarqalgan.
Ranglar jilosi yorqin, toza: olov rang qizil, karmin (och qizil), moviy-zangori, yashil
59
ranglar. Kech gotika davriga kelib o’ziga xos to’q va xiraroq ranglar ham kirib kela
boshladi. Xususan, fon rangi – kul rang, jigarrang.
Do'stlaringiz bilan baham: |