Gutra
– arablarning bosh kiyimi.
Geta
– taxtadan bo’lgan, skameykasimon Yaponiya oyoq kiyimi.
«Haute Couture»
(fransuz talaffuzda «ot – kutyur») – yuqori darajadagi tikish
yoki yuqori san’at darajasidagi tikish ma’nosida.
Inro
– yapon erkaklari libosidagi belbog’ning majburiy qismi.
Ichik
– qirg’iz ayollarining ustki kiyimi.
Ishbop kiyim uslubi
– dam olish, bog’ ishlari bilan shug’ullanish va qisman
mehnat faoliyati uchun mo’ljallangan liboslarda ishchilarning maxsus kiyimlarining
shakli va hususiyatlari saqlanadi. Misol uchun, modaga ishlab chiqarish «kelgan»
kombinezon uyda va ko’chada ham o’zining qulay cho’ntak va pistonlarini saqlab
qoladi.
Jargak
– qozoq libosida mo’ynasi tashqariga qaratib, echki yoki ot terisidan
tikilgan ust kiyim.
Ja’dani
– uzun va tor soxta yengli yoping’ich, uni Xorazm ayollari kiygan.
Jeyde
– qozoq erkaklari ko’ylagi, o’tmishda ustma-ust kiyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |