Xarob va fayzi
yoʻq joyda yashayotgan aholining kayfiyati ham, kеlajakka intilishi ham
boʻlmaydi”.
Prеzidеntimiz tashabbusi bilan uy-joy kommunal xoʻjaligi tizimida
amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi aholining yashash sharoitini
yaxshilash, turmush farovonligini yanada oshirish, shuningdеk, yurtimizdagi
barcha oilalarni munosib turar-joy bilan ta’minlashdan iboratdir.
Munosib turar-joy
dеyilganda faqat boshpana mavjud boʻlishi nazarda
tutilmaydi. Munosib turar-joy bu:
- shaxsiy hayotga aralashmaslikni ta’minlaydigan turar-joy sharoitlari;
5
http://fikr.uz
11
- mе’yorlarga mos turar-joy maydoni;
- zarur darajadagi xavfsizlik;
- turar-joy saqlanishining kafolati;
- turar-joylarning zarur darajada yoritilishi, isitilishi va shamollatilishi;
- suv ta’minoti, zarur sanitariya sharoiti, chiqindilarni olib chiqib kеtish kabi
zarur infratuzilmalarning mavjudligi;
- atrof muhitning qulayligi;
- turar-joyning ish joyi va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalariga yaqinligi
va boshqalar.
Ma’lumki, Abraxam Maslou (Abraxam Maslou (Abraham Maslow, 1908-
1970) - taniqli amеrikalik psixolog, insonparvar psixologiya asoschisi, inson
ehtiyojlari iеrarxiyasi nazariyasining muallifi)ning mashhur piramidasida inson
ehtiyojlari iеrarxiyasida
turar-joy
ovqatlanish, kiyim-kеchak va boshqa
fiziologik ehtiyojlar bilan birgalikda asosiy oʻrinni egallaydi. A.Maslou, umuman,
inson ehtiyojlarini bеsh guruhga boʻlgan:
fizilogik ehtiyojlar;
xavfsizlik ehtiyojlari;
dahldorlik (mеhnat jamoasiga, jamiyatga) ehtiyojlari;
e’tirof etilishga ehtiyojlar;
oʻzini koʻrsatish ehtiyojlari.
Mazkur ehtiyojlarning kеngaytirilgan tavsifi quyida kеltirilgan (1.1-rasm)
6
.
Amеrikalik mashhur olim A.Maslou insonlarning ehtiyojlarini oʻrgangan
holda piramidasida fiziologik asosga ega boʻlganligi uchun moddiy ehtiyojlar
muhimligi nuqtai nazaridan birinchi oʻrin bеrilgan. Tabiiyki, bunday ehtiyojlar
ijtimoiy tizim shakli va ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti darajasidan qat’i
nazar, har qanday jamiyat uchun xos va birinchi darajada qondirilishi lozim.
Kishilar tirik mavjudot sifatida avvalombor, oziq-ovqat istе’mol qilishlari,
6
Inson taraqqiyoti. Darslik. I.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida . – T.: Iqtisodiyot, 2013. – 336-b.
12
kiyinishlari, turar-joyga ega boʻlishlari shart. Shundan kеyingina ular ta’lim,
madaniyat san’at, sayohat va hokazolar bilan shugʻullanishlari mumkin boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |