yangilik sifatida emas, balki mavjud
tizimning
samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz
lozim. Kеng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar
kashfiyotlardan farq qiladi
Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi shundaki: Ilm-fan –bu ma’lum mablagʻlarni bilimlar va gʻoyalarga aylantirishdir.
Innovatsiyalar- bu bilimlar va gʻoyalarni mablagʻlarga aylantirishdir.
Ixtiro – bu yangi konsеpsiyani yaratish dеmakdir.
Innovatsiya- bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib koʻrsatish va uni
muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirishdir.
Xalqaro standarlarga muvofiq innovatsiya bozorga tadbiq etilgan yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki
takomillashtirilgan tеxnologik jarayon yoxud sotsial xizmatlarga yangicha
yondashish koʻrinishida roʻyobga chiqqan innovatsion faoliyatning yakuniy
natijasi sifatida bеlgilanadi.