Parda kuyga monand ochiladi.
Ekranda Nizomiddin Mir Alisher Navoiy asarlari haqida tasviriy
lavha. Sahnaga boshlovchilar kirib keladilar:
1-boshlovchi
So’z mulkida garchi ko’p o’tgan shohlar
Siz kabi muzaffar kishvariston yo’q
Xoqondek siylagan oliy dargohlar
Sizga teng donishmand israv nishon yo’q
2-boshlovchi
Yo’qdir sizdek buyuk va tabarruk zot
Ahli dilga shafe komil inson yo’q
Yo’qdir ahli jonga berguvchi najot,
Kalom kishvarida faxri dayron yo’q.
(Ekranda slayd:
Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari haqida
tasviriy lavha namoyish qilinadi)
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum aziz mehmonlar, institu-
timizning hurmatli professor o ’qituvchilari! Nizomiddin Mir Alisher
Navoiy tavulludining 574 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bo-
burning 532 yilligiga bag’ishlangan “Ajdodlar merosi-ma’naviyat
k o ’zgusi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy kechaga
xush kelibsizlar!
2-boshlovchi:
Sahnamizga Navoiyshunos va Boburshunos olim-
larimizdan......................................................................................... ni taklif
etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |