Qorqiz: 9-shart. Endi esa 2 ishtirokchi oyoqlaridan bir biri-
ga bog‘lab qo‘yiladilar. Har bir ishtirokchi yon tomonida turgan
sovg‘aga yetib olish uchun raqibini o‘z tomoniga “tortib ketish”ga
urinishi kerak.
Qorbobo: Ajoyib, mana g‘olib Qorbolamiz ham aniqlandi. Qoyil,
u juda zukko, epchil va xushchaqchaq bola ekan. Hatto sendan ham
shaddodroq ekan-a, qizim?
Qorqiz: Hechamda, baribir men chaqqonroq va uddaburonroqman,
bobojon. Mana ko‘rasiz, hozirgi so‘nggi hazilomuz o‘yin-shartimizda
men Qorbolani yengaman. Biron shartni ayting, bobojon...
Do'stlaringiz bilan baham: |