Qorbobo :(6-shart.) Eng oddiy shartlarimdan biri, men sevgan
muzqaymoq nomlarini ketma-ket sanab o‘tishingiz kerak. 5 soni-
yadan ortiq to‘xtab qolgan ishtirokchi o‘yinni tark etadi.
Qorqiz: Yaxshi, endigi 7-shart aqliy va jismoniy qobiliyatlaringizni
ochib beradi. Hozir bobojonim bir bolakayning xatini o‘qib beradi.
Siz esa eshitganlaringizni harakatga ko‘chirishingiz kerak bo‘ladi.
Masalan, “menga sakrog‘ich sovg‘a qiling” deyilgan bo‘lsa sakraysiz.
Hamma so‘ralgan narsalar xarakatlarda o‘z ifodasini topishi kerak.
Bunda har bir harakat to‘xtatilmasdan keyingisi bilan birga davom
etishi kerak.
Qorbobo: Qadrli bobojon, iltimos Yangi yilga adajonimga
mashinalariga qo‘yib qo‘yishlari uchun boshini sarak-sarak qilib
o‘ynatadigan kuchukcha, bobojonimga taroq, akamga yugurish-
lari uchun sport oyoq kiyimi, oyijonimga go‘sht qiymalagich men
ga (ko‘zlarini pirpiratib), “oyijon, dadajon, ha-ha-ha” deb kulib
qo‘yadigan qo‘g‘irchoq sovg‘a qilishingizni iltimos qilaman....
Do'stlaringiz bilan baham: |