Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
6.1- topshiriq.
Matn bilan tanishing
. Ijodkorning kuzatuvchanlik mahorati
haqida fikr yuriting.
Bog‘dagi yumush uchun hamma narsani: tokqaychi, qo‘larra, tesha,
belkurak, iskana, zambilgacha taxt qilib qo‘ydim. Ishga kirishishdan oldin bi
-
roz atrofni tomosha qildim. Bo‘ta ko‘z, qo‘ng‘iroqgul, gul safsarlar isi atrofni
tutgan. Ariq bo‘yidagi tog‘ olcha va ko‘k sultonga rang kirib qolibdi. Havoda
zarg‘aldoq, havo rang, och sariq, tim qora, xol-xol kapalaklar o‘ynaydi. Oyoq
ostidagi maysalar ochko‘zlik bilan quyoshga intiladi. Qayoqdandir qizilishton
-
ning „to‘q-to‘q“ ovozi kela boshladi. Orom baxsh havodan chuqur nafas oldim-
da, yeng shimarib ishga tushib ketdim.
6.2- topshiriq.
Gaplardagi qo
‘shma so‘zlar bilan bog‘liq xatolarni tuzatib
ko‘chiring
.
http://eduportal.uz
23
Do'stlaringiz bilan baham: |