Blits-so’rov savollari
1. Inson hayotida sezgilar qanday o‘rin egallaydi?
2. Sezgi nima va uning asosiy belgilari nimalardan iborat?
3. Sezgilarning fiziologik mexanizmi nimadan iborat?
4. Analizator qanday qismlardan iborat?
5. Sezgilarning qanday konsepsiyalari va nazariyalarini bilasiz?
6. Sezgilarning qanday tasniflarini bilasiz?
7. Sezgilar qanday psixofiziologik qonuniyatlarga bo‘ysunadi?
8. Sensor moslashuvchanlik haqida gapirib bering.
9. Sensibilizatsiya nima? Sinesteziya nima?
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Sezgi - atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita
ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks
ettirilishini aytamiz.
Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib
olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga
aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |