Formuladan Nusxa olish/Qo’yish
Siz formuladan nusxa ko’chirganingizda, Excel katak raqamlarini nusxa
ko’chirilgan katakka mos yangi katak raqamlariga avtomatik tarzda o’zgartirib
chiqadi. Buni tushunish uchun quyidagilarni bajaring.
1. Quyida ko’rsatilgan formulani A4 katakka kiriting.
2a. A4 katakni belgilang, o’ng tomonni bosing, va Copy (Копировать) (yoki
CTRL + c)ni bosing…
…so’ng, B4 katakni belgilang, o’ng tomonni bosing va ‘Paste Options:’
(Параметры вставки)ni tagidagi “Paste” (Вставить)ni (yoki CTRL + v ni) bosing.
2b. Shuningdek, siz formulani B4 katakka sudray olasiz. A4 katakni tanlang, uning
pastki o’ng burchagiga bosing va uni B4 katakka sudrang. Bu ancha oson va aynan
bir xil natijani beradi!
Natija. B4 katakdagi formula B ustundagi qiymatlar bo’yicha hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |