Munira Nodirova 4-kurs 405-guruh
Mustaqil ish
Ovoz ustida ishlash uchun nutqiy
material tanlang.
Reja
1.Tevarak-atrofni o‘rganish yo‘li bilan yordamchi maktab o‘quvchilari nutqini
o‘stirish;
2.Aqli zaif o‘quvchilarni savodga o‘rgatish ;
3. yordamchi maktabda o‘qish darslarining vazifasi;
4.Grammatika, imlo va nutq o‘stirish darslari.
Munira Nodirova 4-kurs 405-guruh
Mustaqil ish
Kadrlarni tayyorlash milliy dasturiga binoan yaratilgan uzluksiz ta’lim tizimidagi
har qanday muassasada ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari talablariga
mos ravishda yaratilgan o‘quv rejasi, fanlar bo‘yicha dasturlar, darsliklar va
qo‘llanmalarda o‘z aksini topadi. Aqli zaif o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan
yordamchi mehnat ta’limi maktablarining o‘quv rejasi O‘zbekiston
Respublikasining »Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni» ,»Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi», O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16
avgustdagi 390-sonli qarori asosida yaratilgan. Yordamchi mehnat ta’limi
maktabining «Ona tili, o‘qish va nutq o‘sstirish» dasturi ushbu rejaga mos,
umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari
asosida mahsus maktablarning o‘ziga hos korreksion ta’lim hususiyatlari hisobga
olingan holda ishlab chiqilgan. Aqli zaif bolalar uchun mo‘ljallangan mahsus
maktab 9 yil muddatda o‘quvchilarga boshlang‘ich ma’lumot, tayanch
bosqichining ayrim fanlari bo‘yicha elementar bilimlar beradi va mahsus kasb-
hunar maktablariga tayyorlaydi. Yordamchi mehnat ta’limi maktabining o‘quv
rejasida eng ko‘p soat ona tili, o‘qish, nutq o‘stirish darslariga ajratilgan bo‘lib, ona
tili darslari jadvalda boshlang‘ich sinflarda nutq o‘stirish, o‘qish, yozuv deb
nomlanadi. Yuqori sinflarda esa ona tili, o‘qish deb nomlanadi. Ushbu predmetlar
1-9 sinflarda o‘tkaziladi. Yordamchi maktabda ona tili, o‘qish va nutq o‘stirish
darslarining vazifasi: 14 -aqli zaif uquvchilarni savodga o‘rgatish; -o‘quvchilar
ongiga mos keladigan matnni ongli, to‘g‘ri, tez, ifodali o‘qishga o‘rgatish; -
o‘quvchilarni o‘z fikrlarini, ko‘rgan-kechirganlarini og‘zaki va yozma shakldagi
nutq orqali atrofdagilarga izchil va to‘g‘ri bayon etishga o‘rgatish; -
o‘quvchilaning bilim doiralarini kengaytirish, hayot haqidagi tushuncha va
tasavvurlarini boyitish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish, milliy istiqlol g‘oyalari
ruhida tarbiyalash. Ta’limiy va tarbiyaviy ishlardan tashqari, yordamchi maktabda
barcha darslarda korreksion ishlar keng tarzda amalga oshiriladi. Yordamchi
maktab ona tili dasturining barcha bo‘limlarida nutk ustirish ishlari ta’lmiy,
tarbiyaviy hamda kooreksion ish sifatida berilgan, chunki bolaning bilish
Do'stlaringiz bilan baham: |