O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/230
Sana02.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#425258
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   230
Bog'liq
ozbekistonning eng yangi tarixi

Ikkinchi 
tamoyil shundan iborat bo'ldiki, xususiylashtirishga dasturiy yondashuvni ta'minlash 
va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi. 
Shuning uchun 1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII 
sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida»gi Qonun qabul 
qilindi. Unga ko'ra mulkchilik shakllarini o'zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy 
maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida 
amalga oshirilishi qat'iy belgilab qo'yildi. 
Albatta, bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo'nalishlarni belgilash imkonini beradi. 
Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy 
sanoat, xizmat ko'rsatish korxonala-rini hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, 
xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga 
murojaat qilaylik. 1992-1993-yillarda 28 ming 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt 
egasi bo'ldi. Bu jarayon vaqt o'tgani sayin ko'paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995-yilda 8584 ta, 
1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obyektlar egasi bo'ldi. 
Yuqorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir million kvartira xususiylashtirildi 
yoki O'zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o'rtacha 4,7 kishi bo'lsa, qariyb 5 millionga yaqin 
kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi. 
1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chu-qurlashtirish chora-tadbirlari 
to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi Prezident 
Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog'onaga ko'tarish, uni sifat jihatidan 
yaxshilash imkonini berdi. 
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxonalarni ochiq turdagi hissadorlik 
jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayon-ga aholini va chet ellik investorlarni kengroq jalb qilish 
jarayonini avj oldirish vazifasi qo'yildi. 
Qimmatli qog'ozlar va ko'chmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos yaratildi. Davlat 
mulkini sotish bo'yicha kimoshdi sav-dolari va tanlovlari o'tkaziladigan bo'ldi. 
Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borila boshlandi. Hozirgacha 
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul 
qilindi. 
Dehqon xo'jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon xo'jaligi paydo 
bo'ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi. 
Mustaqillikning o'tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming 300 taga yetdi. 
Birgina 1996-yilning o'zida kichik va xususiy korxonalar soni 19 ming 100 taga ko'paydi. 1997-
yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi. 
1997-yil 1-yanvariga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Agar 1993-yilda jami 
korxonalarning 39,4 foizdan ortig'i dav-latga tegishli bo'lmagan korxona bo'lsa, 1994-yilda bu 
ko'rsatkich 57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi. 
Agar 1993-yilda xalq xo'jaligida band bo'lgan aholining 48 foi-zi nodavlat sektorida ishlagan 
bo'lsa, ayni paytda ularning 70 foizi mazkur sektorda faoliyat ko'rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat 
mahsuloti hajmining yarmidan ko'pi, qishloq xo'jalik mahsulotining 97 foizi, chakana tovar 
oborotining 94 foizi, pudrat ishlarining 61 foizi nodavlat sektori hissasiga to'g'ri keladi. 


- 43 - 
Kichik va xususiy biznes faol rivojlanmoqda. Ro'yxatdan o'tgan kichik va xususiy korxonalar 
soni 1999-yil 1-iyunga kelib 160,1 ming birlikka yetdi, bu esa respublika hududidagi yuridik 
shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 260 mingdan ortiq respublika fuqarosi yakka 
tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni - 1,4 ba-
robar, fermer xo'jaliklari soni - uchdan bir hisobida ko'paydi. Bu borada izchil siyosat olib borilishi 
tufayli 2007-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni qariyb 350 mingtaga yetdi. Bugungi kunda kichik 
biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 42,1 foizni tashkil etmoqda. 2006-yilning o'zida ushbu 
so-hada qo'shimcha ravishda 290 mingta yangi ish o'rni yaratildiki, bu ko'rsatkich mamlakatimizda 
ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig'ini tashkil etadi. 
Xususiy sektor, kichik biznes iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish-ning faol harakatlantiruvchi 
kuchiga aylanganicha yo'q. Shuning uchun yaqin yillar ichida mulkchilik munosabatlarini yanada 
chuqurlashtirish, mulkdor huquqlarini amalga oshirish va himoyalash uchun yanada kuchliroq 
kafolatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli dasturni amalga oshirish kerak bo'ladi. 
Shuni ta'kidlash lozimki, bularning barchasi o'zining ijobiy na-tijasini berdi. Faqat 2006-yilning 
o'zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo'shimcha ravishda 290 ming yangi ish o'rni 
yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig'ini tashkil etadi. 
Ayniqsa, 2006-yilda yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsi-yalashish negizida kasanachilik 
faol rivojlanib, buning natijasida 60 mingdan ziyod ish o'rni tashkil etildi. 
paxta tolasini chuqur qayta ishlash bo'yicha ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag'batlantirish 
qishloq joylarida o'zaro hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish korxonalarning moliyaviy holatini 
mustahkamlash ish haqi va aholi daromadlarining o'sishi 
Katta sarmoya, mablag' talab qilinmaydigan kasanachilikni yo'lga qo'yish maqsadida joylardagi 
ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan turli xil dastgoh va uskunalar qo'lidan ish keladigan 
odamlarga, oilalarga berildi. Natijada 60 ming odam, 60 ming oila qo'shimcha daromadga ega 
bo'ldi. 
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy davlat, 
demokratik, adolatli jamiyat qurish-ga kirishdi. 
Birinchi Prezident I. Karimov o'zining «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish 
yo'lida» nomli kitobida yozganidek, 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish