TADBIRKORLIK FAOLIYATI (TADBIRKORLIK) -
tadbirkorlik faoliyati sub‘ektlari
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy
javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.
FERMER XO‟JALIGI
- ijaraga berilgan er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi
tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub‘ektdir.
FUQAROLAR YIG‟INI –
shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar,
shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yig‘inlari fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlaridir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga
kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi.
- 142 -
Do'stlaringiz bilan baham: |