Sevara Mamatqulova 4-kurs 405 - guruh
Mustaqil ish
hodisaga faol ta’sir etishni, ularni qo'yilgan vazifaga muvofiq o'zgartirishni
nazarda tutadi. Bu o'zgartirishda bolalar faol ishtirok etadilar.
Og'zaki usullardan foydalanish bir qator vazifalami hal etadi. So‘z yordamida
kuzatishlar va tabiatdagi
mehnat jarayonida egallangan, bolalarga ma’lum
bo'lgan tabiat hodisalari va hayvonlar hamda o‘simliklar
hayotiga tegishli
faktlar haqidagi
bilimlar konkretlashadi, to'ldiriladi, aniqlanadi.
Og'zaki usullar yo‘li bilan bolalar yangi hodisalar
va tabiat predmetlari
haqidagi bilimlarni egallaydilar. Bunday hollarda og'zaki usulni ko‘rgazmali
metod bilan qo‘shish,
rasmlardan, diafllm va
kinofilmlardan foydalanish
zarur.
Og'zaki usul tabiatda mavjud bo'lgan aloqa va bog‘liqliklarni
chuqurroq
tushunishga, anglashga yordam beradi.
Ko‘rsatmali usullar. O‘qitishning ko'rsatmali usullari
bolalarga kuzatishlar
asosida bilimlar olish imkonini beradi. Atrof-muhitdagi
narsa va hodisalar
hamda ularning turli-tuman modellari (turli xildagi ko‘rsatma-qo‘llanmalar)
kuzatish obyektlari hisoblanadi. Bundan o‘qitishda keng foydalaniladi.