Imom Bekmuratov 4-kurs 405 - guruh
Mustaqil ish
sanab o`tilgan nazariyalarning hech biri tilning paydo bo`lishi masalasini inson, tafakkur
va jamiyatning paydo bo`lishi bilan bog`lab o`rganmaydi. Shunga ko`ra, ular tilning kelib
chiqishi va rivojlanishi masalasini to`g`ri yoritishga ojizdir. Bu masalaga XIX asr oxiri
XX asr boshlarida paydo bo`lgan dialektik matearializm asoschilari, yuqoridagilardan
farqli o`laroq, bir qadar to`g`ri yondashadilar. Dialektik materializm oqimining
namoyandalari nemis olimlari K.Marks va F.Engelslar bo`lib, ular “Maymunning
odamga aylanish protsessida mehnatning roli”, “Oila, xususiy mulk va davlatning kelib
chiqishi” kabi qator asarlarida tilning paydo bo`lishi muammosiga katta e‟tibor
qaratganlar. Ularning yozishlaricha, bundan taxminan bir million yillar muqaddam yer
yuzida odamsimon maymunlarning juda taraqqiy etgan nasli yashagan. Ular, odatda,
yerda yurishgan, oldingi ikki oyoqlari qo`l vazifasini bajargan. Odamsimon maymunlar
oldingi oyoqlari bilan dastlab tabiatdagi tayyor predmetlardan qurol sifatida
foydalanganlar va ko`proq tik yurishni o`rgana boshlaganlar. Tik yurish asta-sekin ular
uchun hayotiy zaruratga aylangan, shu tariqa ozod bo`lgan qo`l borgan sari ko`proq va
turli-tuman ishlarni bajarishga moslashgan. Kishilik jamiyatining, til va tafakkurning
paydo bo`lishi mehnat tufayli maymunning odamga aylanishi bilan bog`liq. Bu nazariya
bir qancha asosli biologik va sotsial faktorlarga tayanib, ilmiy farazlar qiladi. Hozirgi
tarix, antropologiya kabi ko`pgina fanlar odam, jamiyat, til, tafakkur va nutqning paydo
bo`lishi to`g`risidagi talqinlarda shu ilmiy farazlardan foydalanadi. Biroq, shuni ham
ta‟kidlash zarurki, keyingi yuz yillar davomida odamsimon maymunlar ustida olib
borilayotgan maxsus tajribalar “odam odamsimon maymunlardan tarqalgan” degan fikrni
bir qadar rad etmoqda. Diniy ta‟limotga oid muqaddas kitoblarda esa til insoniyatga
olloh tomonidan in‟om etilgan ne‟matdir, mazmunidagi fikrlar ilgari suriladi. Xullas,
tilning kelib chiqishi tafakkurning paydo bo`lishi, qolaversa, yer yuzida inson zotining
paydo bo`lishi kabi muammolar bilan uzviy bog`liq bo`lib, bu muammolar insoniyat
tarixida uzil – kesil yechimini topgan emas. Yuqorida bayon etilgan fikrlardan ma‟lum
bo`ladiki, til hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan kishilar ibtidoiy jamoasining mehnat
jarayonida eng zaruriy ehtiyoji natijasida paydo bo`lgan. Garchi qadimgi ibtidoiy jamoa
tillarning qachon paydo bo`lganligi, u tillar qanday til ekanligi, ularning lug`at tarkibi,
Do'stlaringiz bilan baham: |