Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

So‗fizm vakili Ibn Arabiy
falsafasi
Evropa falsafiy an‘anasiga yaqin bo‗lgan tilda yaratilgan 
filosofema. Uni ayni holda ratsionalistik filosofema deb nomlash mumkin (u birlik, ko‗plik, sabab, 
oqibat, birinchi asos, jism, makon, vaqt kabi kategoriyalar va atamalardan foydalanadi); tilini badiiy 
til deb belgilash mumkin bo‗lgan, biroq nafaqat estetika jabhasini, balki ontologiya va 
naturfalsafaning ratsionalistik tili bilan bir borliqni tavsiflovchi filosofema (uning kategoriyalari – 
muhabbat, intilish, ehtiros, muhtojlik, go‗zallik va sh.k.); nihoyat, «mistik» tilda yaratilgan 
filosofema (kategoriyalari: zavq, hol, fano, baqo, jon, ro‗yo va h.k.). 
Ibn Arabiyda har bir filosofema, bilishning alohida usuliga tayanadi. Shu sababli 
echimlarning har biri bo‗yicha tegishli bilish usulining qisqacha tavsifini keltirish o‗rinli bo‗ladi 
deb o‗ylaymiz.
1. 
Bilishning birinchi usuli – oqilona-mantiqiy bilish. 
Uning vositasi – aql, amalga oshirish 
usuli – sillogizmlar yoki dalillar orqali chiqarilgan xulosalar tarzidagi mantiqiy mulohazalar. Ko‗rib 
turganimizdek, Ibn Arabiy Aristotel mantiqi bilan tanish: u to‗g‗ri sillogizmni tuzish uchun zarur 
shartlarni tavsiflaydi
14
, mantiqan to‗g‗ri mulohaza yuritish uchun dalillar va xulosalar zanjiri izchil 
bo‗lishi, biron-bir bo‗g‗inda uzilmasligi lozimligini ko‗rsatadi va o‗zi isbotlashning mantiqiy 
metodlarini ko‗p karra qo‗llaydi.
Ibn Arabiy fikriga ko‗ra, oqilona bilim inson tanasini boshqaruvchi inson joniga kerak: u 
jonning dunyo haqidagi bilimi muqarrar unsuridir
15
. Oqilona bilim (ilm)ning qimmati Ibn Arabiyda 
Shubha uyg‗otmaydi: «Narsani bilish, hech Shubhasiz, uni bilmaslikdan ma‘qulroqdir»
16

Sillogizmlar orqali oqilona bilish bizga dunyo haqida to‗g‗ri bilim beradi: u, masalan, rangli oyna 
orqali o‗tgan yorug‗lik oyna rangini kasb etsa-da, o‗z holicha rangsiz ekanligini, Quyosh ko‗zga 
kichkina bo‗lib ko‗rinsa-da, aslida Erdan bir necha marta kattaligini aniqlash imkonini beradi. 
To‗g‗ri sillogizm tuzib, dunyoning borlig‗i zamirida sabab yotishini aniqlaymiz
17
.
Bilishning oqilona-mantiqiy metodidan faylasuf bizni qiziqtiruvchi muammoni echish uchun 
foydalanadi, biroq uning uchun mantiqiy mulohazalar zanjirida mutlaqo boqiy ilohiy mohiyat 
tushunchasi «boshlang‗ich nuqta», dunyoda bo‗lib turgan o‗tkinchi nomukammal mohiyat 
kategoriyasi esa – «pirovard nuqta» hisoblanadi yoki aksincha. Xudodan dunyoga yoki dunyodan 
Xudoga bunday mantiqiy harakat qilish natijasida muammoning ratsionalistik echimi topilishi 
lozim: dunyoga nisbatan transsendent ilohiy mohiyat ayni vaqtda unga ichdan xos bo‗lishi, uning 
borlig‗i substansional asosini tashkil etishi darkor. Bu biz yo dunyoni tavsiflovchi muhim 
kategoriyalarni transsendent ilohiy mohiyat tushunchasidan chiqarishimiz, yo dunyoda mavjud 
o‗tkinchi mohiyat kategoriyasini asos qilib olib, transsendent ilohiy mohiyat borlig‗ini keltirib 
chiqarishimiz lozimligini anglatadi. Shunday qilib, muammoning echimi oqilona-mantiqiy metodlar 
yordamida topilishi mumkin.
2. 
Bilishning ikkinchi usuli – muammoni mushohada yuritish yo‗li bilan echish: 
(echimdan 
shartlar sari). Mushohada yuritishni bilish usuli sifatida o‗rganar ekanmiz, dunyo va ilohiy 
mohiyatning uzviy birligi va ayni vaqtda ilohiy mohiyatning transsendentligi uning uchun muqarrar 
holdir, deb aytishimiz mumkin. Shuni ta‘kidlash lozimki, bu birlik ayniylik emas: boshqacha 
14
Қаранг: 
Ибн Араби. Геммa мудрости. – М.: -Бейрут, 1980. – С.116-117. 
15
Там же, – С.198. 
16
Там же, – С.20. 
17
Ибн Араби. Мекканские откровения. – М.: -Бейрут, 1989. – Б.105 


75 
aytganda, bu dunyo va ilohiy mohiyatning farqlangan birligidir. Har qanday narsa va hodisada 
mushohada yuritish seziluvchi va idrok etiluvchi tashqi – zohir jihatlarni va sezgilarga ham, aqlga 
ham yashirin ichki (botin) ma‘noni aniqlash imkonini beradi. Bu yashirin ma‘no borliqning birinchi 
asosi, ilohiy mohiyatning dunyoga ichdan xosligining negizi va ayni vaqtda mushohada ob‘ekti 
hisoblanadi. YAshirin ma‘noni anglash - narsalarda, dunyoda Xudoni bevosita ko‗rish demakdir.
Mushohada yuritish jarayonida bilish sub‘ekti o‗zining bilish ob‘ektidan ontologik 
mustaqilligini saqlagan holda u bilan birikadi, uni butun vujudi bilan anglab etadi. Bunga bilish 
sub‘ekti bo‗lgan insonda ham «yashirin ma‘no» mavjudligi imkoniyat yaratadi. U yagona va uzviy 
bo‗lgani uchun bilish ob‘ekti bilan «ichki mohiyat» jihatidan birikish imkoniyati Yuzaga keladi, 
«tashqi mohiyat»da esa sub‘ekt va ob‘ektning alohidaligi saqlanib qoladi
18
.
Mushohada yuritish yo‗li bilan olingan bilim ratsionalistik tildan farq qiluvchi alohida tilda 
bayon etiladi. Mushohada yuritish, mohiyat e‘tibori bilan, butundan qism sari harakatdan iborat 
bo‗lgani uchun bu tilni badiiy til deb atash mumkin. Bu tilda yozilgan matnda qismning mazmunini 
anglab etish uchun (har qanday badiiy asarda bo‗lganidek) avval butunning mazmunini anglab etish 
lozim. Vaholanki, fan tilida yozilgan matnda qismlarni tuShunmasdan butunni tushunish mumkin 
emas. Ibn Arabiy filosofemasi «badiiy» tilda yozilgan bo‗lib, mushohada yuritishga asoslanadi va u 
estetik filosofema deb ataladi..
3. Bilishning uchinchi usuli – muammoni mistik yo‗l bilan echishdir. (shartlar va echim 
ayniydir). Bu erda bilish oqilona-mantiqiy va mushohada yuritish yo‗li bilan bilishdan mutlaqo 
boshqacha shartlardan kelib chiqadi. Bu bilish sub‘ekti va ob‘ektining ayniylik shartidir. Bilish 
sub‘ekti bu ayniylikka erishgach, o‗zining sub‘ektlik mohiyatini yo‗qotadi; sub‘ekt va ob‘ekt 
o‗rtasidagi tafovut yo‗qoladi, biluvchi bilinuvchiga aylanadi, biluvchi ham, bilinuvchi ham 
yo‗qolib, faqat yagona universal qoladi. Bu holat «fano» holati, sub‘ektiv o‗zlikning «halok 
bo‗lish», yo‗qolish holati deb ataladi.
Mistik bilish jarayonini tavsiflar ekan, Ibn Arabiy girdob (xiro) obrazidan foydalanadi. 
«Xiro» so‗zi «sarosimalik» degan ma‘noni ham anglatadi. Bu o‗ziga xos sarosimalik, hamma 
narsada Allohni ko‗ruvchi, YAgonani ko‗plikda, ko‗plikni YAgonada, «aniqni yashirin, yashirinni 
aniq, Shuningdek boshqa ziddiyatli narsalarni» ko‗ruvchi so‗fiyning sarosimaligidir. «Biroq bu 
yo‗qotgan yoki tuShunmaydigan odamning sarosimaligi emas»
19
. Bu sarosimalik mistik bilish 
yo‗liga endigina kirayotgan odamni qamrab oladi; so‗ngra, mistik bilish jarayonida sarosimaga 
tushgan odam, Ibn Arabiy tavsifiga ko‗ra, «qutb atrofida aylana harakat qiladi va undan 
uzoqlashmaydi»
20
. Bu qutb – Xudo: girdob obrazining ma‘nosi Shundan iboratki, bu girdob 
harakatining boshi yo‗q, aniqrog‗i, qayd etilgan aniq bir boshlanish joyi mavjud emas: istalgan 
nuqtadan, dunyoning har qanday narsasidan boshlash mumkin, biroq oxiri bor, bu - qutb, borliq 
girdobining markazi: bilish doiralari muqarrar tarzda yagona Xudoga olib keladi. Girdob butun 
borliqni o‗z komiga tortadi. Uning ichida, markazda turib biz yo‗limiz mo‗ljaldan farq qilmasligini, 
yo‗lni qaerda boshlagan bo‗lsak, o‗sha erda – Xudoda tugatganimizni ko‗ramiz
21
.
Demak, Ibn Arabiy ijodida ilohiy mohiyatning dunyoga nisbatan transsendentligi va 
immanentligi muammosi echimining uch varianti mujassam.. B

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish