2. Islom dini vafalsafasi. Tasavvuf va uning oqimlari.
Sirasini aytganda, mamlakatimiz tarixi islom dini yurtimizga kirib kelgan davrdan
boshlanmaydi. U islomga qadar ham ming yillar mobaynida rivojlanib kelgan shonli tarixiga ega.
Lekin, afsuski, Vatanimizning ana Shu davr tarixi nihoyatda kam o‗rganilgan. Bu davrga oid
manbalarning aksariyati esa yo‗q qilib yuborilgan. Bu vayronkorlikning boshida miloddan avval
makedoniyalik Aleksandr turgan bo‗lsa, mamlakatimizni zabt etgan keyingi bosqinchilar ham ana
Shu yo‗ldan borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot to‗g‗risidagi maqsad-
muddaolarni butunlay yo‗qotib yuborishga urinishgan. Buning natijasida ma‘naviy qashshoq va
tarixiy xotirasiz kishilar tarbiyalanishi lozim edi. Bosqinchilar Movarounnahrda nihoyatda boy
madaniyat shakllanganini e‘tirof etgan. Ammo uning bosqinchilik g‗oyalariga mos kelmaydigan
juda ko‗p namunalarini ayovsiz yo‗q qilishgan. Ayniqsa, ma‘naviy qadriyat va madaniy boyliklarni
shafqatsizlarcha g‗orat qilish asosiy o‗rinda turgan. YUrtimizda arablar istilosiga qadar ustuvor
bo‗lgan ma‘naviy va madaniy durdonalar qadrini yaxshi anglaydigan va ularning ahamiyatini
to‗g‗ri tuShunadigan kishilar birinchi navbatda yo‗q qilib yuborilgan. Bu to‗g‗rida Abu Rayhon
Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida quyidagilarni yozgan: «Qutayba
Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o‗rgangan va bilimini boshqalarga
o‗rgatadigan kishilarni halok etib va butkul yo‗q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va
rivoyatlar) islom davridan keyin haqiqatni bilib bo‗lmaydigan darajada yashirin qoldi»
11
. Ushbu
asarning boshqa sahifasida ulug‗ vatanparvar olim yuqoridagiga o‗xshash yana bir fikrni
quyidagicha ifoda etgan: «Qutayba xorazmliklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o‗ldirib,
kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz bo‗lib, o‗z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga
suyanadigan bo‗ldilar»
12
.
Beruniy zamonida islom yagona hukmron diniy mafkura bo‗lib turganini e‘tiborga olsak, zikr
etilgan asar va undagi teran fikrlarni bunday o‗ktamlik bilan aytish g‗oyat ulkan jasoratni talab
etgani ayon bo‗ladi. Istilochilarning bunday vayronkor siyosati keyin ham davom etgan. Xususan,
mustabid sho‗rolar mafkurasi hukmronlik qilgan davrda ham ana Shunday hol ro‗y bergan.
Nihoyatda boy qadriyatlarimiz, falsafiy ta‘limotlarimiz, umuman o‗z merosimizdan bebahra bo‗lib
qoldik.
Istiqlol tufayli ajdodlarimiz yaratgan boy va o‗lmas madaniy merosni o‗rganish imkoni
tug‗ildi. Tarixiy xotirani tiklash, xalqimiz qalbida milliy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik
tuyg‗ularini shakllantirish hozirgi kunda ma‘naviy hayotning ustuvor yo‗nalishiga aylandi.
Mazkur mavzuga asos bo‗lgan davr falsafasi arab istilosi va mamlakatimizda islom dinining
taraqqiy etishi bilan uzviy bog‗liqdir. Bu falsafa, ba‘zi chet ellik mutaxassislar aytgani kabi, faqat
arablar madaniyatining bir qismi emas. Balki bizning Vatanimiz farzandlari ulug‗
bobokalonlarimizning islom diniga, islom falsafasiga, butun arab dunyosi va jahon sivilizatsiyasiga
katta ta‘sir ko‗rsatgan ta‘limotlari dunyoga kelgan davr falsafasi hamdir.
Shu bilan birga, bu ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi kurashini aks ettirgan, xalqimiz
madaniyati va ma‘naviyati nihoyat darajada rivojlanganini butun jahonga yaqqol namoyon qilgan
davr falsafasidir.
Bu Muqanna kabi milliy qahramonlarimiz keng xalq ommasiga bosh bo‗lib ozodlik kurashi olib
borgan paytlarda elning ruhini ko‗tarib, ilhomlantiruvchi ezgu g‗oyalar shakllangan davr falsafasidir.
Bu Amu va Sirdaryo bo‗ylarida yashagan xalqning dahosi eng yuksak darajaga ko‗tarilgan, uning
atoqli namoyandalari jahon madaniyati sahifalariga o‗zlarining o‗chmas nomlarini muhrlab ketgan davr
falsafasidir. Bu falsafaning xususiyatlari o‗sha davrda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o‗ziga
xosligi bilan belgilanadi.
Mazkur mavzuni o‗rganishdan maqsad, Prezidentimiz Islom Karimov ta‘biri bilan aytganda,
yosh avlod qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantrish, «Yoshlarimizning iymon-e‘tiqodini
mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‗z mustaqil fikriga ega bo‗lgan barkamol insonlar
11
Абу Райҳон Беруний. «Танланган асарлар». 1-жилд. Т. «Фан», 1968, 72-бет.
12
Абу Райҳон Беруний. «Танланган асарлар». 1-жилд. Т. «Фан», 1968, 82-бет.
72
etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‗zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini
asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish»dan iborat
13
.
Do'stlaringiz bilan baham: |