Evolyutsion epistemologiya
– bilishni jonli tabiat evolyutsiyasining momenti
va uning mahsuli sifatida o‘rganuvchi fan.
Evristik
– ijodiy, noma‘lum narsalar va hodisalarni bilishda sakrashni amalga
oshiruvchi.
Egalitarizm
– umumiy tenglikni targ‘ib qiluvchi g‘oyaviy-siyosiy oqim.
Ekzistentsializm
– diqqat markazida hayotning ma‘nosi, inson erkinligi va
mas‘uliyati muammolari turuvchi falsafiy yo‘nalish.
Ekologiya
– jonli mavjudotlarning o‘zini qurshagan muhit bilan o‘zaro
munosabatlari haqidagi fan.
Ekologik muammo
– jonli organizmlarning atrof muhit bilan muvozanatining
buzilishi.
Ekologik tanglik
– ekologik muammoning keskinlaShuvi, bunda uning
oqibatlari orqaga qaytarib bo‘lmaydigan xususiyat kasb etadi.
Eksplikatsiya
– u yoki bu predmet (yoki madaniyat ob‘ekti)ning mohiyatini
aniqlash, uning mazmunini keng tavsiflash.
425
Do'stlaringiz bilan baham: |