134
umuman, u hech qanday narsa emas. Xuddi sezgilar, fikrlar, tushunchalarni ko‗rish, suratini chizish
yoki tavsiflash mumkin bo‗lmaganidek borliqni ko‗rish ham, tavsiflash ham, suratini chizish ham
mumkin emas. Sezgilarni his etish, fikrlarni ta‘riflash, tushunchalarning mazmuniga tavsif berish
mumkin. Ammo borliq sanab o‗tilgan fenomenlarning birortasiga mansub bo‗lsa, u qanday qilib
hamma narsaning avvalida turishi, hamma narsaning asosi bo‗lishi mumkin.
Falsafa fikrlashning Yangicha uslubini kashf etdi. Bu fikrlash uslubi yordamida biz aslida
narsa bo‗lmagan fenomenlarga ham narsa sifatida yondashishimiz mumkin. Masalan, narsalarning
xossalari, narsalar o‗rtasidagi munosabatlar. So‗ngra fikrlar, sezgilar, so‗zlar, nomlar, qilmishlar.
Nihoyat, mazmunning o‗zi. Mazmunni o‗rganish bilan XX asrda pragmatistlar, fenomenologlar,
neopozitivistlar
Shug‗ullandilar.
Natijada pragmatistlar semiotikani, fenomenologlar –
germenevtikani, neopozitivistlar esa – tilning mantiqiy tahlili va harakatning lingvistik tahlilini
yaratdilar. Ammo bu yondashuvlarning barchasi aslida nomoddiyni moddiylashtirishga tayanadi.
So‗zlar, fikrlar, sezgilar va qilmishlar tahlil predmetiga aylanishi uchun o‗ziga xos narsalarga
aylantiriladi. Qadimgi tahlilning maxsus vositasi – mantiq ularni teng huquqli tushunchalar sifatida
birlashtiradi, faqat «yakka – umumiy» va «mavhum – konkret» yo‗nalishlari bo‗yichagina ularni
ajratadi.
Oradan Yuz yilliklar o‗tdi va faylasuflar falsafiy tushunchalarning mazmunini go‗yoki
ularning moddiy tabiatiga hech kim Shubha qilmagandek muhokama qila boshladilar. Platonning
mazkur g‗aroyib mohiyatlar mavjud bo‗lgan alohida dunyo haqidagi fantastik ta‘limotiga ehtiyoj
qolmadi. Bu ta‘limotsiz ham eng teran aql egalari zamirida borliqqa o‗xshash «kuzatilmaydigan
mohiyatlar» yotuvchi nazariy tizimlarni yaratish bilan Shug‗ullana boshladilar. Faylasuflar borliq
nimaga o‗xshashi va uning tabiati qandayligi xususida bahsga kirishdilar. Ayrimlar borliq moddiy
va idealga bo‗linadi, degan fikrni ilgari suradilar, ayrimlar uni faqat ideal, ma‘naviy yoki ilohiy
fenomen sifatida tasavvur qiladilar, yana bir guruh faylasuflar borliqning yagonaligi to‗g‗risidagi
masalani kun tartibiga qo‗yadilar. Xaydegger buni g‗arb metafizikasi deb nomladi va unga
Parmenid yashagan zamondan boshlab Kant va Gegel zamonigacha bo‗lgan davrdagi barcha
falsafiy ta‘limotlarni kiritdi. Ulardan farqli o‗laroq Xaydegger borliq haqida boshqa tilda so‗zladi: u
so‗zning yoki harakatning mazmuni haqida qanday so‗rasalar, borliqning mazmuni haqida ham
Shunday so‗radi.
Xaydeggerning javobi – bu borliqning mazmuni nimada, degan savolga javob emas, balki
savolning mazmuniga oydinlik kiritishdir. Borliq haqida Shunday bir tilda gapira boshlashdiki, u
mazmunning tagiga etish imkoniyatini bermaydi, deb hisoblaydi Xaydegger va bu fikrda u yaratgan
ta‘limotning fenomenologik ildizlari ayniqsa bo‗rtib namoyon bo‗ladi.
Borliq mohiyatini tushunib etishda eng Yangi qarashning o‗zagini insonning ijtimoiy ijodi
tashkil etadi. Bunda borliq hayot faoliyati jarayoni sifatida tuShuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining
sur‘atlari tobora jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda mazkur dunyoqarash ko‗pincha
texnokratik dunyoqarash deb ataladi.
XX asrda Borliq– dunyo miqyosidagi tartibsizlik, absurd va intiho asri - bunyod etgan Yangi
postmodernistik shaklini e‘lon qilgan postmodern instinkt, boshboshdoqlik, va yurish-turishlarning
rang-barangligi, spontanlik hamda tartibsizlik tomon Yuz tutgan. San‘at va borliq orasidagi masofa
tobora qisqarib, mutlaqo yo‗qolish darajasiga yaqinlashgan. Ko‗chadagi narsalar badiiy asarlar
ahamiyatini kasb etgan. Postmodern hayotdagi haqiqiy qarama-qarshiliklardan kelib chiqishga
harakat qilib, borliqdan «nusxa» ko‗chirgan va «o‗z tartibi»ni taklif qilgan. Odatdagi narsalarning
oddiy bog‗lanishlarini neytrallashtirib, ularni obrazli-badiiy dunyoqarash maqomiga da‘vogar
bo‗lgan Yangi ma‘nolar tizimiga kiritishga intilish ijodning mohiyatiga aylangan.
Borliq haqidagi o‗ta keng, falsafiy tasavvurlar dunyoning yaxlit tabiiy-ilmiy manzarasini
yaratishga harakat qilayotgan hozirgi zamon fanining xulosalari va qoidalariga asoslanishi lozim.
Ammo ayrim fanlardan iborat fan o‗z holicha borliqning umumiy talqinini bermaydi, zero bu vazifa
avvalo falsafiy darajada hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: