Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Dunyoviy bilimlar rivoji va falsafiy tafakkur



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

3. Dunyoviy bilimlar rivoji va falsafiy tafakkur 
O„rta asrlar Sharq falsafiy tafakkurining rivojlanish xususiyatlari.
Markaziy Osiyo – 
sivilizatsiyaning qadimgi o‗choqlaridan biri. VIII-IX asrlarda Markaziy Osiyo arab xalifaligi 
tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari – Bag‗dod va Damashqda madaniyat va fan 
ravnaq topdi.
Xalifalar al-Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809), Ma‘mun (813-833) hukmronligi 
davrida hind va yunon adabiyotlarining tarjimalariga qiziqish ayniqsa kuchaydi, Aristotel, Galen, 
Gippokrat, Arximed, Evklid kabi yunon faylasuflarining ilmiy merosi o‗rganildi. IX asr boshida 
Bag‗dodda «Dor ul hikmat» - «Bilim uyi» tashkil etildi. Bu dargohda xalifalikning turli 
shaharlaridan taklif qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, kimyo, falsafa va 
boshqa fanlarni sinchiklab o‗rgandilar.
IX asrda boshlangan arab istilosiga qarshi kurash mustaqil davlat qurish va xalifalikka 
qaramlikdan xalos bo‗lish uchun kurashga aylandi. Natijada Markaziy Osiyo mo‗g‗ullar istilosini 
boshdan kechirdi va unga qarshi kurash jarayonida XIII asr boshlarida bir necha davlatlar – 
22
Қаранг: Шайх Баховуддин Накшбанд: его значение для религиозного мировоззрения, влияние его учения на этику и 
политику. – Т.: Мовароуннахр, 1997. – С 13 


78 
Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar va G‗aznaviylar davlatlari paydo bo‗lib, ular keyinchalik tor-
mor qilindi.
IX asr boshlarida dastlab Somoniylar davlati vujudga kelgan bo‗lsa, XIII asrning 20-yillarida 
Xorazmiylar davlati mo‗g‗ullarning uzluksiz hujumi ostida qoldi. Biroq, ko‗p asrlik urushlarga 
qaramay, Markaziy Osiyoda madaniyat, fan, san‘at va adabiyot rivojlanishda davom etdi.
Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, va boshqa buyuk allomalar 
yashab ijod qildilar. Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga ko‗ra o‗sha davrni Markaziy Osiyoda 
uyg‗onish davri deb nomlash mumkin. Uyg‗onish davri fani va madaniyatining o‗ziga xos 
xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1. barcha odamlarni ma‘rifatli qilishga intilish, bu yo‗lda o‗tmish merosidan va qo‗shni 
mamlakatlarning fan, madaniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni 
rivojlantirish; 
2. tabiatni o‗rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni oqilonalikka tayanib rivojlantirish, aqlning 
kuchiga ishonish, asosiy e‘tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb 
bilish; 
3. insonga xos tabiiy, badiiy, ma‘naviy fazilatlarni yuksaltirish, insonparvarlikni ulug‗lash, 
barkamol avlodni tarbiyalashda oliy ma‘naviy qonunlarga rioya qilish;
4. universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish, bu davr 
madaniyatining muhim jihatlaridir.
Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. Savdo-
sotiqning rivojlanishi, iqtisodiy aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli viloyatlari o‗rtasida 
madaniy qadriyatlar almashinuvi va uning boshqa mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi, 
tabiiy va madaniy boyliklar, turli xalqlarning an‘analari, tili va tarixini o‗rganish bilishning eng 
to‗g‗ri yo‗llari va usullarini yaratish, bilish jarayonining butun apparatini takomillashtirishga 
bo‗lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Fanning optika, matematika, astronomiya kabi tarmoqlarining jadal 
rivojlanishi tabiatni chuqur o‗rganish va tadqiqot metodlarini kengaytirishga imkoniyat yaratdi. 
O‗rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qo‗ynidagina emas, balki fan qo‗ynida ham 
rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya sohasida 
qo‗lga kiritgan yutuqlar ma‘lum. Odatda tabib, munajjim, sayyoh bo‗lgan Sharq faylasuflari 
asbtrakt mulohazalardan ko‗ra ko‗proq tabiatShunoslik va tajribaga tayanganlar.
Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida Markaziy Osiyolik mashhur 
faylasuf, qomuschi-olim, YAqin va O‗rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk 
faylasuf va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik, shoir va mutafakkir Umar 
Xayyom, tabib va faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish