Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Kasbiy faoliyat sifatida dizayn va yaratuvchilik



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana02.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#424973
1   2   3   4   5
Bog'liq
3DS MAX dasturida sohaga oid jarayonlarni modellashtrish

 
Kasbiy faoliyat sifatida dizayn va yaratuvchilik 
Kasbiy faoliyat sifatida dizayn XIX asr oxirlarida shakllana boshlagan. Sanoat 
taraqqiyoti va ilmiy-texnik yutuqlar yuqori sur’atlarda turlicha mahsulotlarni 
yaratishga zamin yaratdi va raqobat muhitining shakllanishiga olib keldi. Natijada, 
obyektlarning nafaqat tashqi ko‘rinishini jozibali qilib yaratish, balki texnologik 
ishlab chiqarishda qismlarga bo‘lish va ular ustida ishlashga qodir bo‘lgan 
mutaxassislarga talab ortdi. Zamonaviy dizaynerlik faoliyatining yuzaga kelishi 
imkonini bergan bir qancha asosiy vaziyatlar mavjud. 1. 1906 yil – Drezden shahrida 
bo‘lib o‘tgan birinchi halqaro badiiy-sanoat ko‘rgazmasi. 2. 1907 yil – nemis 
rassom-arxitektor va dizayneri Peter Berens kompaniyaning firma stilini yaratadi. 3. 
1929 yil – bir qancha rassomlar (Raymond Loui, Genri Dreyfus va b.) mahsulot 
sotish qiyinchiliklarini boshidan kechirayotgan amerikalik sanoatchilarga ishlashni 
boshlashadi. 1907 yil Germaniyada sanoatchilar, arxitektorlar, rassomlar va 
tijoratchilarni birlashtirgan “Verkbund” ishlab chiqarish birlashmasi yaratiladi. Ular 
hunarmandchilik ishlab chiqarishini qayta tashkil etish, sanoat mahsulotlari uchun 
namunalar yaratish, bezak berish va naqshlar bilan ishlashga qarshi kurashishni o‘z 
vazifalari sifatida belgilab olishadi. XX asrning 20-yillarida birinchi dizayn maktabi 
yuzaga keladi. Germaniyada – Bauxauz rassomchilik konstruksiyasi va sanoat 
qurilish oliy maktabi. Moskvada – oliy badiiy-texnik ustalik, keyinchalik uni qayta 
tashkil etish natijasida oliy davlat badiiytexnik instituti tashkil etiladi. Dizayn 
nazariyotchilaridan biri, san’atshunos Gerberd Rid (1893-1968), dizaynni yuqori 
kasbiylikga bog‘liq bo‘lmagan san’atning bosh shakli, tor sohali kasbdan mustaqil 
holda talqin qiladi. “Sanoat uchun dizaynerlik loyihasi” kitobi muallifi, dizayn 
nazariyotchisi F.Ch.Eshford “Dizayn faqat yalpi iste’molchilar umidlarini ro‘yobga 
chiqarish uchun xizmat qiladi” deb hisoblaydi. Dizaynning yagona maqsadi – 
mahsulotga tashqi ko‘rk berib, yaxshi narxlarga sotish orqali foydaga ega bo‘lish. 
Shunday ekan, dizaynerlik faoliyatida muqarrar qaramaqarshiliklar yuzaga keldi: bir 
tomondan so‘rovlarga xizmat ko‘rsatish va iste’molchilarga muhtojlik (savdo 
samaradorligini ta’minlash), boshqa tomondan – rassomning erkin fikri (zamonaviy 


san’at sohasi). Dizaynerlik ta’limi bo‘yicha 1964 yilda halqaro seminarda tashkil 
qilingan ta’rif: “Dizayn – bu ijodiy faoliyat, uning maqsadi sanoat mahsulotlarining 
formal sifatini aniqlash hisoblanadi. Bu sifat mahsulotning tashqi tuzilishini o‘z 
ichiga oladi, ammo eng muhimi iste’molchi nuqtai nazarida bo‘lgani kabi, xuddi 
shunday ishlab chiqaruvchi qarashida ham mahsulotni yagona butunlikga 
aylantiradigan tuzilmaviy va funksional bog‘liqlikdir”. Dizayn – inson uchun turar 
joy, ishlab chiqarish va boshqa predmet muhitlarini shinam tashkil qilish maqsadida 
yuqori talab va estetik sifatlar bilan sanoat mahsulotlariga ishlov berish bo‘yicha 
loyihaviy-badiiy faoliyat hisoblanadi. Dizaynning nazariy bazasi texnik estetika 
hisoblanadi – sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq badiiy ijod sohasi. Tashkilotlarda turlicha sanoat mahsulotlarini ishlab 
chiqish jarayonida rassom-konstruktorlar, muhandiskonstruktorlar va texnologlar 
bilan yaqindan ishlashadi Dizaynning maqsadi sanoat mahsulotlarining funksional 
xossalari va estetik xususiyatlari uyg‘unligini ta’minlash hisoblanadi. 
Dizaynerlik faoliyatida asosiy mezonlar mahsulot arzonligi va uning shakli 
mukammal o‘ylanganligi bilan birgalikda qulaylik va shinamlik hisoblanadi. Qoida 
sifatida, biror-bir sanoat mahsulotining barcha qismlari yagona butunlikni tashkil 
etishi va firmaga yaratilgan ushbu sanoat mahsulotini taqdim qilishi kerak (masalan, 
avtomashina). Yuqorida keltirilgan mezonlarning ilmiy jihatdan o‘rganilishi 
ergonomika (grek. “ergon” - ish, “nomos” - qonun) hisoblanadi, ya’ni inson uchun 
shinam muhit yaratish. Ergonomika majmuaviy fan hisoblanadi. U o‘zida quyidagi 
fanlarni qamrab oladi: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, biomexanika va b. 
Majmuaviy, funksional mahsulotlar ergonomik nomlanadilar. Bunga shinam kreslo, 
telefon, kompyuter va doim kerak bo‘ladigan kanselyariya materiallarining qulay 
joylashuvini qamrab olgan xodimning ish o‘rnini misol sifatida keltirish mumkin. 
Birinchi dizaynerlar rassomlar bo‘lishgan, keyinchalik bu kasb rivojlandi va 
dizaynerdan nafaqat loyihalanayotgan mahsulotning nusxasini chizish malakasi, 
balki dizaynerlarga xos fikrlash va obyektlarni murakkab loyihalashga bo‘lgan talab
ortdi. 


 
Professional dizayner tafakkurini shartli ravishda uchburchakga joylashtirish 
mumkin, uning qirralari rassomning tasavvurga xos fikrlashi, olimning tizimli 
fikrlashi va ixtirochining innovasion fikrlashi hisoblanadi (1-rasm). Bundan 
tashqari, dizayner texnologiyalarni soddalashtirish va ancha foydali materiallarni 
qo‘llash hisobiga turlicha mahsulotlar ishlab chiqarish qiymatini pasaytirishga 
harakat qilishi lozim. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish