Safarbarlik paytida bunday jamoalardan 180 ming so‘mdan 250 ming
so‘m
gacha pul yig‘ilgan.
Xiva xoni
Muhammad Aminxon (1845-1855)
hukmronligining
oxirlarida Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga harbiy tahdidi kuchayib
ketdi.
1855-yil
qoraqalpoqlarning
qo‘ldovli
qabilasidan bo‘lgan
Ernazarbiy
boshchiligidagi qo‘zg‘olon boshlanadi. Ernazarbiy Rossiya ta’sirida bo‘lgan
qozoq urug‘ boshliqlaridan biri
Zarliqni
xon qilib ko‘tarish va imperiya
tobeligiga o‘tishga intilardi.
1856-yili Said Muhammadxon
Xiva taxtiga o‘tirgach, Ernazarbiy
qo‘zg‘olonini bostirish uchun katta qo‘shin yuboradi. Xivadan yuborilgan
yasovulboshi
Muhammadniyoz
Ernazarbiy qo‘zg‘olonini tor-mor etish
uchun otlandi. Buni eshitgan Ernazarbiy o‘zi qurdirgan
Qozoqdaryo
qo‘rg‘oniga joylashib olib, mudofaaga tayyorlandi .
Do'stlaringiz bilan baham: |