Majlis bayoni yozib olinishiga ko’ra, qisqa, to’liq, stenografik, fonografik,
konspektiv shakllarda bo’ladi.
Qisqa majlis bayonida faqatgina kun tartibi, ma’ruzachi va muzokaralarda
qatnashuvchilar familiyasi va qabul qilingan qaror ko’rsatiladi. Ularda ma’ruzalar
mazmuni batafsil bayon qilinmaydi. Bunday majlis bayonlari masalani muhokama
qilinishi haqida to’liq tasavvur bera olmaydi. SHu nuqtai nazardan yig’ilishda so’zga
chiqqan barcha qatnashchilarning bayon qilgan fikr va mulohazalarini qamrab olgan
to’liq majlis bayoni afzaldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |