Ikkinchi
bosqich
(2015-yilning
noyabr
oyida)da
“Chizmachilik”
darsligidagi “Tutashmalar”
mavzusini o‘qitish metodikasi o‘rganildi.
I.Rahmonovning “Chizmachilik 8”, “Chizmachilik 9” darsliklari, ushbu
darsliklarga
moslab
yozilgan
“O‘qituvchi
kitobi”,
E.Ro‘ziyev
va
A.Ashirboyevlarning “Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi” darsligidagi
metodik tavsiyalar tahlil qilindi. Ushbu darslikda tutashmalardan foydalanib islimi
naqsh elementini va milliy naqsh islimi bajarishga, tutashma yordamida milliy uy-
ro‘zg‘or buyumi tasvirini bajarishga oid namuna chizmalar keltirilgan. Bunday
amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishda o‘quvchidan tutashma bajarish qoidalarini bilish
talab etilishi va buning natjasida ulani milliylikka, o‘z tarixini hurmat qilishga
yo‘nalishtirishga erishish mumkinligi aytib o‘tilgan
9
.
9
Ro‘ziyev E.I., Ashirboyev A.O
. Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi. T., “Fan va texnologiya”,
2010 y. 83-84- betlar.
85
V.N.Vinogradov va boshqalar hammuallifligida yozilgan “Metodika
obucheniya chercheniyu” o‘quv qo‘llanmasida ham “Asosiy geometrik
yasashlarni o‘qitish”
10
paragrafi mavjud. Unda geometrik yasashlarni o‘qitishda
deduktiv yondashuvga amal qilishni tavsiya qilingan.
A.Umronxo‘jayevning “Maktabda chizmachilik o‘qitishni takomillashtirish”
nomli metodik qo‘llanmada o‘quvchilarni grafik faoliyatga undash, ularda grafik
savodni
rivojlantirishning
ilmiy-metodik
asoslari
yoritilgan.
Bunda
o‘quvchilarning tabiat va texnikani ko‘rgazmali idrok etish, predmetlarni obrazli-
belgili modellash vositasida ularning tuzilishi va fazoviy munosabatlarini
chuqurroq o‘rganish va shu bilan birga ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan jarayonlar
va hodisalarni sinchiklab o‘rganishda yordam berishi asoslab berilgan
11
.
Tajriba-sinov paytida mazkur o‘quv adabiyotlaridagi metodik tavsiyalarga
ham amal qilindi.
2015- yilning noyabr oyidan 2016- yilning aprel oyigacha 277- maktab,
Toshkent qurilish kommunal KHK va Nizomiy nomidagi TDPU larda
“Tutashmalar” mavzusini o‘qitishda shu kungacha qo‘llanilgan material va
metodlar, shuningdek, biz taklif qilayotgan tavsiyalardan foydalanildi. Bunda
nazorat sinfi (yoki guruhi) va tajriba sinfi (yoki guruhi) tashkil qilindi. Nazorat
sinfida avvalgi o‘qitish shakliga o‘zgartirish kiritilmadi, tajriba guruhida esa
o‘qitishda bizning metodik tavsiyalarimizga amal qilindi.
O‘quvchi va talabalar “Tutashmalar” mavzusini to‘laqonli o‘zlashtirishi va
grafik
savodxonlignii
rivojlantirishga
qaratilgan
bir
necha g‘oyalar
umumlashtirildi va metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Amaliy ahamiyatga oid
namunalar aniqlab chiqildi va tahlil qilindi. Chizmachilik fanining ishchi
dasturlaridagi “Tutashmalar” bajarish bo‘yicha grafik ishlarga tegishli deyarli
10
Виноградов В.Н., Василенко Е.А., Альхименок А.А., Коваленко Л.Н., Малашенков С.И.,
Преображенская Н.Г., Степакова В.В
. Методика обучения черчению. –Москва: «Просвещение»,
1970 г. 116-117 стр.
11
Umronxo‘jayev A
. Maktabda chizmachilik o‘qitishni takomillashtirish. –T.: “O‘qituvchi”, 1993
y. 5-6-betlar.
86
barcha ma’lumotlar ajratib olindi va ayrim qiyinchilik va metodik jihatdan
yetishmovchiliklarni oldini olish borasida tavsiyalar ishlab chiqildi va u ta’lim
jarayonida sinab ko‘rildi.
“Tutashmalar” mavzusini o‘qitish jarayonida o”quvchi va talabalarning
fazoviy tasavvurini rivojlantirish omillarini quyidagi tartibda olib borishni
metodik jihatdan maqbul deb topdik.
1. “Tutashmalar” mavzusini ta’lim bosqichlarida o‘qitishda didaktikaning
qonuniyatlaridan biriga, ya’ni, oddiydan murakkabga qarab borish tamoyiliga
amal qilinishi lozim.
Buning natijasida umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi va
oliy ta’lim muassasalarida tutashmalarning qay bir jihatlari chuqurroq o‘qitilishi
lozimligi belgilab olinadi va ta’lim jarayoni ushbu ketma-ketlikda tashkil qilinadi.
2. Avvalo, tutashmalarning mazmun-mohiyati, maqsad-vazifalarini, turlari va
elementlarini, uning texnikada, turmushda, loyihalashdagi o‘rnini, detal
chizmasini tuzish va o‘qishdagi amaliy ahamiyatini o‘rgatish lozim.
Buning
natijasida o‘quvchi (yoki talaba)ning nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligini
tushunishi, bilish jarayonidagi idrok, tasavvur, xotira kabi psixologik jihatlari
rivojlanadi.Geometrik terminlarni o‘zlashtiradi.
3. Tutashmalar va uning turlarini model va detallar, ko‘rgazmali plakatlar,
hayotiy misollar orqali o‘qitish tavsiya qilinadi.
Bunda o‘quvchi (yoki talaba)
tutashmaning turli geometrik yasashlar va qonuniyatlar yordamida bajarilishini
anglaydi
.
4. Tutashmani uning radiusi berilgan holda va radiusi berilmagan, biroq
radius o‘rniga tutashish nuqtasi berilgan holda bajarishni o‘zaro bog‘liqlik va
farqli tomonlari tahlil qilish kerak.
Bunda o‘quvchi (yoki talaba) chizmani o‘qish
va tuzish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Shuningdek, o‘quvchi (yoki talaba)da mantiqiy
fikrlash, avvalgi bilimlardan o‘rinli foydalanish malakasi oshadi, ya’ni idrok,
xotira, tasavvur, hayol va tafakkur kabi psixologik operatsiyalarni o‘zidan
o‘tkazishi ta’minlanadi.
87
5. Mavzuni o‘qitish va uni mustahkamlash jarayonida muammoli va o‘yin
texnologiyalardan foydalanishni joriy etish o‘quvchi (yoki talaba)ning
fazoviy
tasavvurini rivojlantirishda eng samarali vosita hisoblanadi.
Muammoli ta’lim
texnologiyasi yoki didaktik o‘yinlarda guruhchalar tashkil qilinadi va komandada
ishlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. Har bir o‘quvchining faol qatnashishi
ta’minlanadi. Bunda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, fikrini himoya qilishi,
muomula va o‘zaro suhbat o‘tkazish madaniyati shakllanishi amalga oshadi.
6. Mavzuni o‘qitish va uni mustahkamlash jarayonida turli multimediya,
animatsiyalardan foydalanish va test savollari ustida ishlashni joriy etish o‘quvchi
(yoki talaba)ning
fazoviy tasavvurini rivojlantirishda eng samarali vosita
hisoblanadi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi yoki didaktik o‘yinlarda guruhchalar
tashkil qilinadi va komandada ishlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. Har bir
o‘quvchining faol qatnashishi ta’minlanadi. Bunda o‘quvchilarning mustaqil
fikrlashi, fikrini himoya qilishi, muomula va o‘zaro suhbat o‘tkazish madaniyati
shakllanishi amalga oshadi.
“Tutashmalar” mavzusini qanday o‘qitish, darsni qanday tashkil qilish va
tajriba-sinov ishlarimizni o‘tkazish metodikasiga qaratilgan tavsiyalarimiz
yuqorida bayon etildi. Tajriba-sinov ishlarimizni shular asosida o‘tkazdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |