I K K I N C H I B O ‘L I M ‘
M O L I Y A O R G A N L A R I D A D A V L A T B U D J E T I
I J R O S I N I N G B U X G A L T E R I Y A H I S O B I
I K K I N C H I B O B .
M O L I Y A O R G A N L A R I D A D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I N G
B U X G A L T E R I Y A H I S O B I N I T A S H K I L Q I L I S H
1. D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I N G H I S O B I B O ‘Y I C H A M O L I Y A
O R G A N L A R I N I N G V A Z I F A L A R I
Budjet daromadlari va xarajatlari bo'yicha rejaning bajarilishi
haqida ma’lumotlar bilan ta’minlash moliya organlari budjet hisobining
asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar asosida budjet ijrosi
jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik amalga oshiriladi.
Bu maqsadlar uchun moliya organlari budjet daromadlari va xarajatlari,
bank muassasalaridagi budjetning pul mablag‘lari, budjet bo‘yicha
ochilgan kreditlar va berilgan mablag‘lar, budjetlar o‘rtasidagi o ‘zaro
hisob-kitoblar, ssudalar va boshqalar hisobini yuritadi.
Moliya organlari, shuningdek, bank muassasalari tomonidan
umumdavlat daromadlari va soliqlarining alohida olingan budjetlar
bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi, budjet bo‘yicha tayinlanishiga qarab
budjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilar tomonidan foydalanilishi
ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda budjet mablag'larining butligini
ta’minlaydi.
Moliya organlari budjet ijrosi to‘g‘risidagi oylik, chorak va yillik
hisobotlami tuzadi va budjet ijrosi natijalarini aniqlaydi.
Moliya organlari o‘zlari ijro etayotgan budjetlar ijrosining
buxgalteriya hisobini bevosita amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjeti
ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
1 U s h b u b o 'l im « Q o ra q a lp o g 'is to n R espublikasi, viloyatlar va Toshkent sh ah ar
b udjeti ijrosining b u x g alteriy a hisobi b o 'y i c h a Y o 'riq n o m a» ( 0 ‘zbekiston R espublikasi
A d liy a vazirlig id a 2006-yil 10-aprelda 1560-son bilan r o 'y x a tg a olingan) asosida
yoritilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlari viloyatlar, shaharlar,
tumanlar budjetlari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Moliya organlari muayyan m a’muriy-hududiy birlikdagi barcha
boshqa budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qiladi. M oliya
organlari budjet tashkilotlarining hisob va hisobotlarini tekshiradi va
ularga tegishli ko‘rsatmalar beradi.
Har bir moliya organi o ‘zi ijro etayotgan budjetning ijrosi
to ‘g ‘risidagi hisobotni va muayyan m a’muriy-hududiy birlik budjeti
ijrosi to‘g ‘risidagi y ig‘ma hisobotni tuzadi.
Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bo'yicha moliya
organlarining vazifalariga:
1) budjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank muas-
sasalariga kelib tushgan daromadlaming budjetlar o'rtasida to‘g ‘ri
taqsimlanishi ustidan nazoratni olib borish;
2) bank muassasalarida saqlanilayotgan budjetning naqd pullari
buxgalteriya hisobini yuritish;
3) budjet ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan turli operatsiyalar (budjetlar
o ‘rtasidagi o ‘zaro hisob-kitoblar, budjetlarga ssudalar berish va
budjetlardan ssudalar olish b o ‘yicha operatsiyalar va boshqalar)
buxgalteriya hisobini yuritish;
4) budjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya
hisobini yuritish;
5) o'zlari ijro etayotgan budjetlar ijrosi to ‘g ‘risidagi hisobotlami
tuzish;
6) quyi moliya organlarida va budjet mablag'larini tasarruf qiluv-
chilarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va
uslubi ustidan nazorat qilish;
7) buxgalteriya hisobi va hisobotini markazlashtirish va mexaniza-
tsiyalashtirish bo'yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat
qilish kiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligida uning davlat budjeti bosh boshqarmasiga, boshqa moliya
organlarida esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan bux-
galteriyaga yuklatilgan.
2. M O L IY A T IZ IM I B U X G A L T E R IY A
A P P A R A T IN IN G FUNKSTYALARI
Respublika budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 0 ‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi davlat budjeti bosh boshqarmasi Davlat
budjeti ijrosi va hisobi bo'limi yuritadi. Mahalliy budjetlar ijrosining
buxgalteriya hisobini tegishli moliya organlarining buxgalteriya
xizmatlari yuritadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini davlat budjeti ijrosining
hisobi bo'yicha funksiyalari bo ‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1) mamlakatning davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini
tashkil qilish va uning ijrosi to ‘g ‘risida hisobot tuzishga uslubiy
rahbarlikni amalga oshirish;
2) budjet ijrosining buxgalteriya hisobi va budjet ijrosi to‘g ‘risida
hisobotlar tuzish bo ‘yicha moliya organlari, budjet tashkilotlari va
boshqalar uchun y o ‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalami ishlab
chiqish;
3) joriy buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini va schyotlar
korrespondensiyalarini, buxgalteriya registrlari va boshlang‘ich hujjatlar
shakllarini, hujjatlar aylanishi tartibini, hisobotlaming hajmlari va
shakllarini belgilash;
4) respublika budjeti ijrosini bevosita amalga oshirish;
5) respublika budjeti ijrosi to‘g ‘risida hisobot tuzish;
6) mamlakatning davlat budjeti ijrosi to‘g ‘risida hisobot tuzish.
Bundan tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat
budjeti bosh boshqarmasi davlat budjeti ijrosi va hisobi bo'limi mahalliy
moliya organlarida budjet ijrosining buxgalteriya hisobi tashkil qilinishi
ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar, shaharlar
va tumanlar moliya organlarining funksiyalari quyidagilardan iborat:
1) o ‘zlari ijro etayotgan budjetlaming hisobini bevosita yuritish va
bu budjetlar ijrosi to ‘g ‘risida hisobotlar tuzish;
10
2)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman budjeti
ijrosi to‘g‘risida yig‘ma hisobotlami tuzish.
Mahalliy moliya organlari tegishli budjetlar daromadlarini va
xarajatlarini, ulaming pul mablag‘larini, fondlarini, ssudalami, budjetlar
o‘rtasidagi hisob-kitoblami, boshqa budjetlarga berilgan va ulardan
olingan mablagiami va budjet ijrosi natijalarini hisobga oladi hamda
ular tomonidan moliyalashtirilayotgan budjet tashkilotlarida hisob va
hisobotni tashkil qilinishini tekshiradi.
Mahalliy moliya organlari respublika budjetini kassa ijrosining hisobi
bo‘yicha va moliyalashtirishga doir operatsiyalami banklar tomonidan
bajarilishini nazorat qiladi.
Mahalliy moliya organlari mahalliy budjetlaming daromadlari va
xarajatlarini analitik hisobini olib boradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar
ijrosining buxgalteriya hisobi 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent
shahar moliya boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya bo‘limlari
tomonidan olib boriladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va
mahalliy budjetlar kassa ijrosi 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki va 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining « 0 ‘zbekiston
Respublikasi davlat budjeti kassaijrosi bo‘yichayo‘riqnoma»sigamuvofiq
amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti,
viloyatlar, shaharlar va tumanlar budjetlari hisobvaraqlaridagi hamda bu
budjetlardan moliyalashtirilayotgan tashkilotlaming hisobvaraqlaridagi
budjet mablag‘larining qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotni « 0 ‘zbekiston
Respublikasi davlat budjeti kassa ijrosi bo'yicha yo‘riqnoma»da
belgilangan tartibda va muddatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi bank
muassasalari tegishli moliya organlariga taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan
kapital qo‘yilmalami moliyalashtirish 0 ‘zbekiston Respublikasi bank
muassasalarida ochilgan hisobvaraqlar orqali bu masala bo'yicha
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 0 ‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining amaldagi me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari va 0 ‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki muassasalari belgilangan shaklda kapital
q o ‘yilmalami moliyalashtirish bo‘yicha davriy va yillik hisobotni
belgilangan tartibda va muddatlarda tegishli moliya organlariga taqdim
etadi.
3. M O L IY A O R G A N L A R I BOSH B U X G A L T E R L A R IN IN G
H U Q U Q L A R I VA M A S ’U L IY A T L A R I
Moliya organlarining bosh buxgalterlari o ‘z ishlarida 0 ‘zbekiston
Respublikasi davlat budjeti ijrosi qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi
m e ’yoriy hujjatlarga rioya qiladi. Moliya organlari (Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya
boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya organlari)ning bosh
buxgalterlari quyi moliya organlarida, budjet m ablagiarini bosh
tasarruf qiluvchilarida va markazlashtirilgan buxgalteriyalarda buxgal-
teriya hisobini yuritishni tashkil qilish tartibi va uslubi, hisobotni tuzish
masalalari bo ‘yicha k o ‘rsatmalar beradi va nazorat olib boradi, tegishli
budjetlarda turuvchi budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosini taftish
qilishda xodimlar qatnashuvini ta ’minlaydi. Moliya organi buxgalteriya
xizmati budjet ijrosining va xarajatlar smetalarining hisobi va hisoboti
tashkil qilinishining nazoratini joylarda tekshirish va ko‘zdan kechirish,
topshiriladigan hisobotlarda xatolar aniqlangan hollarda, olinadigan
davriy va yillik hisobotlami ko ‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Bosh buxgalter lavozimidan ozod qilinganda yangi tayinlangan
bosh buxgalterga (oxirgi shaxs b o ‘lm aganda-m oliya organi rahbarining
buyrug'i bilan tayinlangan xodimga) buxgalteriya hujjatlarining
yig'majildlari topshiriladi.
Hududiy moliya organlarida ishlami topshirish va qabul qilish yuqori
moliya organining bosh buxgalteri ishtirokida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligida, Toshkent shahar
Bosh moliya boshqarmasida va viloyatlaming moliya boshqarmalarida
bosh buxgalter tomonidan ishlami topshirish va qabul qilish ushbu
moliya organining rahbari ishtirokida, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining vakilini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
12
Buxgalteriya
hujjatlarini
qabul
qilish-topshirish
jarayonida
buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma’lumotlarining realligi
tekshiriladi va moliya organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan tegishli
Do'stlaringiz bilan baham: |